Organizmning biologik imkoniatlari– bu insonning biologik va ijtimoiy xususiyatlarining uyg’un yaxlit birikmasi bo’lib, unga makro- va mikrosferaning sharoitlarga moslashish, shuningdek ijtimoiy va iqtisodiy jihatdan mahsuldor hayot bilan yashashga imkon beradi. Organizmning biologik imkoniyatlari juda keng bo’lib oliy asab tizimi orqali boshqariladi. Jismoniy barkamollik salomatlik garovi bo’lib u shaxsni xar tamonlama rivojlantirish va yoshlarni tarbiyalashga yordam beradi. YOshlar xayotda o’z o’rinlarini endi topayotgan vaqtda ularning imkoniyatlaridan foydalanib sag’lom turmush tarzini shakllantirish muhim axamiyat kasb etadi. Organizmda zaxiralar mavjud bo’lib, vaqti-vaqti bilan bu zaxiralardan foydalanib turiladi.Butunjahon Sog’liqni saqlash Tashkilotining ekspertlari ta’rifiga ko’ra, sog’liq – bu bor-yo’g’i kasalliklar va jismoniy nuqsonlarning yo’qligi emas, balki to’liq jismoniy, ruxiy va ijtimoiy farovonlik holatidir. Zamonaviy olimlarning ko’pchiligi sog’liq tushunchasini kishining optimal fiziologik, psixologik va ijtimoy faoliyat yuritishga layoqati deb ta’riflaydilar. Insonning salomatligi amalda uning hayotiy faoliyatining barcha sohalari bilan bog’liq. Ularning istalgan biridagi o’zgarishlar bevosita yoki vositali holda sog’liqning psixosomatik darajasiga chiqadi. Sog’liq – bu insonning biologik va ijtimoiy xususiyatlarining uyg’un yaxlit birikmasi bo’lib, unga makro- va mikrosferaning sharoitlarga moslashish, shuningdek ijtimoiy va iqtisodiy jihatdan mahsuldor hayot bilan yashashga imkon beradi.
Organizmning ko’nikmalariga asoslangan imkoniatlar, organism zahiralari. Sog’liq shunday bir zaxiraki, insonning deyarli barcha ko’nikmalarigaasoslangan imkoniatlarini qondirish darajasi unga ega bo’lish darajasiga bog’liq bo’ladi. U faol, ijodiy va to’laqonli hayotning asosi sifatida yuzaga chiqib, qiziqishlar va ideallar, uyg’unlik va go’zallikning shakllanishida ishtirok etadi, inson mavjudligi va yashashining ma’nosi va baxt-saodatini belgilab beradi. Sog’liqning ob’ektiv va sub’ektiv ko’rsatkichlari farqlanadi. Sub’yektiv ko’rsatkichlarga o’zini sezish, ishlash qobiliyati, uyqu, ishtaha ko’rsatkichlari kiradi. Ob’ektiv ko’rsatkichlar antropometrik o’lchovlar bilan (tana vazni, bo’yi, ko’krak qafasining aylanasi, bo’yin, elka, son, tizza, qorin va h.k.), nafas olishning tezligi, o’pkaning hayotiy sig’imi, tomir urish, arterial qon bosimi va hokazolar bilan bog’liq.
Inson sog’lig’ining ahvolini baholash “norma” tushunchasi bilan bog’liq. Yosh va individual-shaxsiy normalar farqlanadi. Yosh normalari turli yosh guruhlarida o’tkazilgan o’lchovlar hamda har bir tadqiq etilgan guruh uchun o’rtacha qiymat hisoblanishiga asoslanadi. Har bir yosh guruhi uchun olingan o’rtacha qiymat normaning standarti deb olinadi. SHaxsiy-individual norma jinsiy, konstitutsional belgilari, kasbi, turar joyi, turmush tarzi va boshqalarni hisobga olinishini ko’rsatib beradi.
Zamonaviy tibbiyot o’z imkoniyatlari yig’indisida sog’liq ahvoliga tashhis qo’yishning yangi uslublarining yetarli soniga ega bo’lib, ularning ichida noan’anaviy uslublar va usullar katta o’rin tutadi.
Sog’liqning asosiy mezonlari quyidagilardir:
genetik–inson genotipining tuzilishi va faoliyatining xususiyat-lari;
fiziologik – inson anatomo-fiziologik tizimlarining tuzilishi va faoliyat yuritishining xususiyatlari;
psixik – inson asab tizimining tuzilishi va faoliyat yuritishning xususiyatlari, psixikasi va shaxs statusining xususiyatlari;