Farg‘ona davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti


So’glom ehtiojlar va salomatlikka nisbatan ehtioj



Yüklə 432,66 Kb.
səhifə58/61
tarix05.04.2023
ölçüsü432,66 Kb.
#93551
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   61
valeologiya maruza matni

So’glom ehtiojlar va salomatlikka nisbatan ehtioj. Insonning sog’lom ehtiojlari amalda uning hayotiy faoliyatining barcha sohalari bilan bog’liq. Ularning istalgan biridagi o’zgarishlar bevosita yoki vositali holda sog’liqning psixosomatik darajasiga chiqadi. Insonning sog’lig’i hayot sifatining kategoriyasi bo’lib, fiziologik mexanizmlar, tashki muhitning sharoitlariga moslasha olish, o’z-o’zini tashkil etish qobiliyati, o’z-o’zini rivojlantirish va o’z-o’zini saqlashga layoqati bilan belgilab beriladi. Solomatlikka nisbatan bo’lgan ehtiyoj umumiy tusga ega, u ham alohida bir individga, ham umuman jamiyatga xos bo’ladi. Sog’liqning ahvoli insonlar hayotining barcha sohalariga ta’sirini o’tkazadi. U insonning jismoniy, psixik va aqliy qobiliyatining yuqori salohiyatini belgilab beradi va uning to’laqonli yashashining garovi bo’lib xizmat qiladi. Aholining salomatligi jamiyatning iqtisodiy rivojlanishining dinamikasiga ulkan ta’sir ko’rsatadi, hamda uning ijtimoiy-etik yetukligining o’lchovi bo’ladi. Bularning hammasi shaxsga o’zining salomatligi, uning avlodlarining salomatligi hamda u yordam berishi mumkin va lozim bo’lgan kishilarning salomatligiga nisbatan ma’lum mas’uliyatni yuklaydi. O’z salomatligiga e’tibor berish, uning buzilishlarining individual profilak-tikasini ta’minlay olish, sog’lom turmush tarzi kishining jamiyatdagi o’z tutgan o’rni hamda o’zi va yaqinlarining oldidagi mas’uliyatini anglashining ko’rsatkichlari bo’ladi.SHunday qilib, sog’liq – bu absolyut va boqiy qadriyat bo’lib, butun insoniyat qadriyatlarining ierarxik zinapoyasida eng yuqori pog’onalardan birini egallaydi.
Salomatlikni saqlash muhiti tizimlarining dasturi va bola huquqlari deklaratsiyasi nizomlari.
O’zbekiston Respublikasi aholisining sog’lig’ini saqlash, mustahkamlash, sog’lom turmush tarzini to’g’ri tashkil etish masalalari yuzasidan juda ko’p chora va tadbirlar amalga oshirilmoqda. Prezidentimiz I.A.Karimov 1999 yilni “Onalar va bolalar” yili, 2000 yilni “Sog’lom avlod” yili, 2005 yilni “Qariyalar yili”, 2006 yilni “Homiylar va shifokorlar” yili deb e’lon qilishi aholi sog’lig’ini saqlashga qaratilgan chora-tadbirlardan hisoblanadi. Prezident qarorlari asosida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasi davlat dasturini ishlab chiqdi. Dasturlarda aholiga tibbiy hizmat sifatini yaxshilash, aholini ijtimoiy muhofaza qilish, sog’lom turmush tarzini to’g’ri tashkil etish, jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish, yigit-qizlarni bo’lajak oila hayotiga tayyorlash, aholiga tibbiy bilimlar berish va boshqa masalalar bayon etilgan. “Sog’lom avlodni tarbiyalash buyuk davlat poydevorini, farovon hayot asosini qurishdir” deydi. Prezidentimiz I.A.Karimov, inson tanasining xaqiqiy go’zalligi bu uning jismoniy etukligi, intelekti va sog’lig’idir, aytgan edi.«Salomatlikni saqlash muhiti tizimlari»dasturga quyidagi bo’limlar kiritilgan: mehnat sharoiti va muhofazasini tashkil etish; tibbiy ta’minot; ratsional kun tartibini tashkil etish; jismoniy sog’lomlashtiruvchi tadbirlar; uy-joy xizmati; moddiy-texnik ta’minot; sanitar yorituv ishlari.
2005 yili respublikamizda aholini sog’lomlashtirish bo’yicha davlat dasturi qabul qilingan va unda quyidagi bo’limlar mavjud:
1) sog’lom hayot tarzi muammolarini o’rganish;
2) bolalar bog’chasi va maktabda sog’lom hayot turziga ehtiyojni shakllantirish;
3) litsey, kollej va pedagogika oliy o’quv yurtlarida sog’lom hayot tarziga ehtiyojni shakllantirish;
4) o’rta maxsus o’quv dargohlarida sog’lom hayot tarziga ehtiyojni shakllantirish;
5) malaka oshirish tizimida sog’lom hayot tarziga ehtiyojni shakllantirish muammolarini o’rganish;
6) sog’lom hayot tarzini shakllantirish jarayonini o’rganish va uni nazorat qilish tizimi;
7) aholining sog’lom hayot tarziga ehtiyoji asoslari;
8) sog’lom hayot tarzini tashviqot va targ’ibot qilish;
9) sog’lom hayot tarzini O’zbekiston Respublikasining xal-qaro aloqalariga tadbiq etish.

Yüklə 432,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin