Farg‘ona davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti


Yakka tartibdagi va ommoviy salomatlik



Yüklə 432,66 Kb.
səhifə60/61
tarix05.04.2023
ölçüsü432,66 Kb.
#93551
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   61
valeologiya maruza matni

Yakka tartibdagi va ommoviy salomatlik.
Ommoviysalomatlik - inson salomatligini mustah-kamlash, turli kasalliklarning oldini olish va ularni keltirib chiqaruvchi sabablarni bartaraf qilishni anglatadi.
Ijtimoiy profilaktikaning zamonaviy tushunchasi inson salomatligiga salbiy ta’sir etuvchi omillarni bartaraf etish, uni jismoniy va ruhiy quvvatini har taraflama rivojlantirishni o’ziga maqsad qilib olgan davlat, jamoat va tibbiy tadbirlarning kompleks tizimini o’z ichiga oladi. Tibbiyot sohasida kasallik-larning oldini olish, inson salomatligini mustahkamlash, uning umrini uzaytirish bo’yicha yetarlicha tadbirlar ishlab chiqilgan.
Aholini ommoviy salomatligini asrash va mustahkamlash rivojla-nayotgan davlat sharoitida alohida ijtimoiy mazmun kasb etadi va quyidagi vazifalarni hal etishni talab etadi:
- aholi madaniyati va hayot darajasini muntazam oshirish;
- tabiiy muhitning inson hayoti uchun qulay parametrlarini asrash;
- ishlab chiqarish va turmush uchun optimal sharoitlarni yaratish;
- har bir insonni, uning ilk bolalik chog’idan boshlab, jisoniy va ruhiy rivojlantirish;
- sog’lom hayot tarzi, mehnat va dam olishning ratsional rejimini shakllantirish;
- aholining turli qatlamlari xususiyatlarini e’tiborga olib har tomonlama gigienik tarbiyalash;
- aholi salomatligini umumdispanserizatsiya asosida dina-mik kuzatish tizimini tadbiq etish.
Ommoviy salomatligi ahvolini kuzatish quyidagilarni ko’r-satdi:
- aholining 16-20% salomatligi darajasi qoniqarli;
- aholining 32-44% salomatligi darajasi qoniqarsiz;
- aholining 10-34% turli kasalliklarga chalingan yoki kasal-lik oldi holatida.
Salomatlik darajasi qoniqarsiz holatda fiziologik tizim-ning elementlari o’rtasida kelishmovchiliklar ro’y beradi, organlar o’z vazifalarini yaxshi bajarmaydilar, natijada, charchash va holdan toyish kuzatiladi.Shuning uchun tibbiyotning zamonaviy bosqichida asosiy e’tibor profilaktikaga qaratilgan.
Tibbiyotda profilaktika vositalari yetarlicha, lekin o’sib kelayotgan avlod, asosan, davolovchi jismoniy tarbiya, medikamen-tlar va x.z. vositalar asosida sog’lomlashtiriladi. Ya’ni, kasal-liklarning oldini olish emas, ularni davolash usullaridan foydalaniladi. Axir, salomatlikni asrovchi, kasalliklarning ol-dini oluvchi, umrni uzaytiruvchi tadbirlar tibbiyot uchun ham muhim. Ko’p mamlakatlarda davolovchi tibbiyot profilaktik tib-biyotdan ajratib qo’yilgan.
Ijtimoiy profilaktika masalalarini hal etish maqsadida «Aholi salomatligini mustahkamlash va kasalliklar profilak-tikasini kuchaytirish ishlarining kompleks dasturi» ishlab chiqildi va uning davlat va jamoat tashkilotlari tomonidan bajarilishi masalalari hal etildi. Profilaktik yo’nalish taraqqiyotining asosiy bosqichlari ko’rsatib berilgan. Atrof-muhitni sog’lomlashtirish, mehnat sharoitlarini va muhofazasini yaxshilash, sog’lomlashtiruvchi sanitar tadbirlarini o’tkazish, aholining ratsional ovqatlanishini ta’minlash, aholini gigienik tarbiya qilish bo’yicha ishlarni faollashtirish masalalari ham keng yoritilgan. SHuningdek, oliy o’quv yurtlarida «salomatlik» maq-sadli kompleks dasturi ishlab chiqilgan. Ushbu dasturga quyidagi bo’limlar kiritilgan: mehnat sharoiti va muhofazasini tashkil etish; tibbiy ta’minot; ratsional kun tartibini tashkil etish; jismoniy sog’lomlashtiruvchi tadbirlar; uy-joy xizmati; moddiy-texnik ta’minot; sanitar yorituv ishlari.
2005 yili respublikamizda aholini sog’lomlashtirish bo’yicha davlat dasturi qabul qilingan va unda quyidagi bo’limlar mavjud:
1) sog’lom hayot tarzi muammolarini o’rganish;
2) bolalar bog’chasi va maktabda sog’lom hayot turziga ehtiyojni shakllantirish;
3) litsey, kollej va pedagogika oliy o’quv yurtlarida sog’lom hayot tarziga ehtiyojni shakllantirish;
4) o’rta maxsus o’quv dargohlarida sog’lom hayot tarziga ehtiyojni shakllantirish;
5) malaka oshirish tizimida sog’lom hayot tarziga ehtiyojni shakllantirish muammolarini o’rganish;
6) sog’lom hayot tarzini shakllantirish jarayonini o’rganish va uni nazorat qilish tizimi;
7) aholining sog’lom hayot tarziga ehtiyoji asoslari;
8) sog’lom hayot tarzini tashviqot va targ’ibot qilish;
9) sog’lom hayot tarzini O’zbekiston Respublikasining xalqaro aloqalariga tadbiq etish.
Xulosa qilib aytganda, ijtimoiy profilaktika tibbiyotda keng ishlab chiqilgan, har bir shaxs salomatligining garovi bo’lgan individual profilaktikaga esa yetarlicha e’tibor berilmayapti. Ijtimoiy profilaktika individual profilaktik tadbirlar uchun sharoit yaratib berishi kerak.

Yüklə 432,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin