Farg‘ona davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti


Tayach harakat apparati ,nafas olish ,ko’rish a’zolari kasalliklar oldini olish,choralari quyidagicha



Yüklə 432,66 Kb.
səhifə40/61
tarix05.04.2023
ölçüsü432,66 Kb.
#93551
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   61
valeologiya maruza matni

Tayach harakat apparati ,nafas olish ,ko’rish a’zolari kasalliklar oldini olish,choralari quyidagicha Chiqish- tutashgan ikki suyakning bo’gimlarda bir-biridan batamom ajralishidir.
Kuzatishlarning ko’rsatishicha, turli o’yinlar vaqtida va yugurib kelayotgan yiqilish natijasida suyaklar chiqishi mumkin. Suyak chiqishi ikki xilda bo’ladi: tug’ma va ortirilgan. Tug’ma suyak chiqishi ona qornida sodir bo’ladi. Bunday holatning kuzatilishiga sabab homilador ayol travma olishidir. Masalan tug’ma son suyagi boshchasi chiqqan bolalarda belgilari bola yuriy boshlaganda kuzatiladi. Orttirilgan suyak chqishi hayot davomida sodir bo’lib ikki xilda kechadi: travmatik va potologik. Travmatik suyak chiqishi travma natijasida sodir bo’lib to’liq va qisman turlariga bo’linadi. To’liq suyak chiqqanda suyaklarning bo’gim yuzalari bir-biriga nisbatan to’liq siljiydi. Qisman suyak chiqqanda esa suyakning bo’g’im yuzalari qisman siljiydi. Potologik suyak chiqishi kasalliklar natijasida sodir bo’ladi. Masalan: suyak silida, osteoporoz, osteomielid. Suyak chiqqanda birinchi yordam bemor tinchlantiriladi, qulay sharoitda yotqiziladi. Chiqqan suyak harakatsiz qilib bog’lab qo’yiladi.Suyak sinishi deb suyak butunligining buzilishiga aytiladi. Suyak sinishi ochiq va yopiq turda bo’ladi. Ochiq suyak chiqishi tashqi suyak chiqishi deb ham yuritiladi. Yopiq suyak chiqishi esa ichki suyak sinishi deb aytiladi. Ochiq suyak singanda teri butunligi buzilib, suyak tashqariga chiqadi, tashqi qon ketish kuzatiladi. Bu holatda birinchi yordam jarohatlangan sohaga infeksiya tushmasligi uchun toza narsa bilan yopiladi, qon ketish to’xtatiladi. Qon ketishni to’xtatish uchun jarohatlangan sohadan yuqoriroqda jgut bilan bog’lanadi. Qon to’xtatilgandan keyin jarohatlangan suyak harakatsiz qilib bog’lab qo’yiladi. Yopiq suyak singanda teri butunligi buzilmaydi, ichki qon ketish, shish bo’ladi. Birinchi yordam ko’rsatish uchun ichki qon ketish jgut yordamida bog’lab to’xtatiladi va harakatsiz qilib bog’lab qo’yiladi. Ikki xildagi suyak sinishida ham birinchi yordam ko’rsatilgandan keyin shifoxona sharoitida davolanadi.
Boylamlarning cho’zilishi. Bo’g’im sohasida uni cho’zib yuboradigan va hatto boylamlarni uzub yuboradigan zo’r keladigan harakatlar natijasida kelib chiqadi.
Boylam cho’zilganda qattiq og’riq paydo bo’ladi. SHikastlangan soha tezda shishadi va bo’g’im funksiyasi ancha buziladi, qon tomirlari uzilishi oqibatida qo’shni bo’g’im bo’shlig’iga qon quyiladi (gemartroz).Boylamlarning cho’zilishi yoki uzilishi boldir oyoq panjasi bo’g’imida, tizza va tirsak bo’gimlarida ko’p uchraydi. Boylam cho’zilganda, bo’g’im sohasiga bosib turadigan bog’lam qo’yish kerak. Og’ir hollarda gipsli bog’lam qo’yiladi. Lat eyish. Shikastlanishlar ichida urib olish tufayli lat yeyish juda ko’p uchraydi ko’pincha bu holat, o’tmas predmet ta’sirida sodir bo`ladi. Lat yeyish musht, tosh, tayoq bilan urish yiqilish natijasida kelib chiqishi mumkin.Yumshoq to’qimalarning shikastlanishi bilan qon tomirlarining uzulishi lat hosdir. Bunda to’qimaga qon quyiladi. Lekin teri qoplami butunligi buzilmaydi. To’qimalar orasiga qon tarqalishi, qontalash deb ataladi. Kattaroq qon tomir shikastlangan bo’lsa, qon ko’p miqdorda to’planadi va gematoma hosil bo’ladi. Urib olish natijasida ichki organlar (o’pka, jigar, buyrak, ichaklar) shikastlanishi mumkin. Bunda shok holati ro’y beradi. Lat yeyishning belgilari turli darajadagi og’riq shu joyning shishishi, organ funksiyasining buzilishi va qon quyilishidir. Harakat qilganda og’riq kuchayadi. Tinch holatda og’riq kamayadi. Teri ostiga quyilgan qon rangi vaqt o’tishi bilan o’zgaradi va so’rila boshlaydi.Qontalashning rangiga qarab qachon paydo bo’lganligini aniqlash mumkin: birinchi kunlari gemotoma sohasi qizil bo’ladi, so’rilish boshlangandan so’ng yasxil va sarg’ish rangga kiradi. Lat yegan odamga birinchi yordam berish uchun uni tinch quyish, qon quyilishini kamaytirish va og’riqni qoldirish uchun shikastlangan sohani yuqori ko’tarib qo’yish kerak, hamda sovuq kompress buyuriladi (sovuq suvga namlangan sochiq qo’yiladi), bintli bog’lam qo’yiladi. Gematomaning so’rilishini tezlatish uchun 2-3 kundan keyin issiq kompress, vanna, UVCH, sollyuks va massaj qo’llaniladi. Nafas olish a’zolari kasalliklar oldini olish,choralari:bronxit,bronxial astma,nafas olish azolariga yot jism tushushi .Korish azolari bilan boglik kassaliklar.Nafas olish a’zolari kasalliklaridan bronhitlar. Bronhit ro’y rost ifodalangan, bemorni tinka madorini quritadigan va uni mehnat qilish layoqatidan batamom mahrum qiladigan bo’lishi mumkin. Biroq ba'zan u shu qadar yashirin bo`ladiki uni ihtisoslashgan shifohona sharoitlaridagi qund bilan tekshirilib aniklanadi. Bu kasallik bilan aksariyat bolalar, katta, ya'ni 50 yoshdan oshgan shaxslar kasallanib, erkaklar ayollarga nisbatan 2-3 marta ko’proq og’riydilar. Bundan tashqari surunkali bronhit aksariyati shahar aholisi orasida, asosan chekuvcxilar orasida uchraydi. Unda yuz beradigan letallik (o’lim) o’pka rakidagi letallikka teng.
O’tkir bronhit rivojlanishga moyillik qiladigan omillar:
- organizmni sovuq qotishi,
- asabiy zo’riqish,
- al’kogolli ichimliklarini ichish,
- turli tuman surunkali va ekzogen intoksikasiyalari,
- chekish, infeksiya o’choqlari
- bronhial devoridagi modda almashinuvinig buzilishlari,
- bronhlarning mator va evakuator funksiyalarining buzilishi.
O’tkir bronhit bilan kasallangan bemorlarda organizmning umumiy intoksikasiyasi belgilaridan va bronhlarni o’zlarini zararlanishi belgilardan iborat belgilar haroratni ko’tarilishi, et junjikishi, umumiy holsizldik, mushaklar og’rishi, tumov, tovush bo’g’ilishi, tamoq qichishi, quriq, keyinchalik balg’amli yo’tal va boshqalar kuzatiladi. O’pka tamonidan ham bo’ladigan harakterli fizikali hodisalar bu ausqo`ltativ ma'lumotlar, ya'ni qattiq veziqo`lyar nafas, kuruk tarkek hirillagan tovush, branhialit rivojlanganda esa yallig’langan bronhlarning kaibri va ulardagi yallig’lanish harakteriga ko’ra tovushsiz kam hirillashlar yoki hushtakli hirillashlar eshitiladi. Etiologiyasi organizmni dastlabki holati, jarayonni tarqalganlik darajasiga ko’ra nafas funksiyasi, yurak tomirlar tizimi va boshqalar tomonidan turli tuman o’zgarishlar kuzatiladi. Kasallikda o’tkir hodisalar odatda 1-hafta ohiridan o’tib bo’ladi. 2-hafta va 3-hafta boshida bemorlar sog’ayib qoladi. O’choqli pnevmaniya kasallik hisoblanib, o’pkani ayrim uchastkalarining mayda, odatda sonli o’choqlar ko’rinishida yallig’li zararlanish bilan harakterlanadi. Yallig’lanish o’chog’ining katta-kichikligiyu ko’ra mayda o’choqli, yirik o’choqli va tutash pnevmaniyalar farqlanadi. O’choqli pnevmaniya aksariyat boshqa kasalliklarga qo’shilib keladi.
O’choqli pnevmaniyalarni rivojlanishida quyidagi omillar muhim ahamiyatga ega bo’lib,bular:
- infeksion agentlar ( bakteriyalar, pnevmokoklar, stafilakokla),
- bakterial flera orasida pnevmakoklar ustunlik qiladi,
- kimiyoviy va fizikaviy omillar,
- aralash (infeksion, kimiyoviy, fizik omillar birga uchrashi),
- turli xil kasalliklardan keyin rivojlangan,
- organlar va tizimlar kasalliklari ular vaqtida o’choqli pnevma-niyalar qo’sxiladi),
- infeksion agentning tarqalishi yo’li gematogen, limfagen, bronhegen,
- makroorganizm holati uning reaktivligi va immunoligik hossalari.

Yüklə 432,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin