Bronhial astma deb-bronh o’tkazuvchanligi bo’g’ilib qolish bilan namoyon bo’ladigan kasallikka aytiladi. Kasallikni keltirib chiqaradigan sabablar allergiya-turli moddalar ta'siriga organizmning odatdan tashqari sezgir bo’lib qolishi katta ahamiyatga egadir. Oziq ovqat mahsulotlari masalan: tuxum, shakolod, klupnay, baliq, hidli moddalar, pichan, gullarning mayda-mayda zarralari, changlar sabab bo`ladi. Nafas organlarida infeksiya o’chog’i bo’lsa, organizm sezgirligiga yo’l ochib, kasallikning avj olib borishi va o’tishiga katta ta'sir ko`rsatadi.
Belgilari: bronhial astma ko’pincha shu qadar tipik bo`lib o’tadiki, unga tashhiz qo’yish qiyincxilik tug’dirmaydi. Kasallik huruji bemorga nafas chiqarish qiyinlashib, bo’gilib qolayotgandek tuyuladi. Bo`g’ilish hurujlari ko’pincha kechasi tutadi. Buning sababi quyidagicha: kechasi vegetativ asab tizimi parasimpatik bo`limining to`nusi ortib ketadi. Bu bronhiolalarning spazmiga olib keladi. Ko`pcxilik hollarda kasallik huruji to`satdan boshlanadi, badan terisi qichishadi, huruj tutib turgan paytda qo`llarini tizzalariga tirab oladi. Shu tariqa yordamchi nafas mushaklarining ishini yengillashtirmokchi bo`ladi. Bo’yin va qorinning yordamchi nafas mushaklari tarang tortilib turadi. Bemorning yuzi oqarib ko’kish tus oladi, yuzidan azob chekayotganligi bilinib turadi, peshonasi ter bilan qoplanadi. O`pka eshitib ko’rilganda bir talay quruq hushtak ovoziga o’xshash hirillashlar aniqlanadi. Puls tezlashgan bo`ladi, harorati ba'zan 38 darajaga ko’tariladi. Bronhial astma huruji o`rtacha 2-3 soat davvom etadi. Balg’am tekshirib ko`rilganda o`ziga hos kiritmalar: Kurshman sperallari va Sharko-Leyden kristallari, eozinofillar uchraydi. Oldini olish va davolash: kasallik huruj paytida turli bemorlarga turli vositalar yordam beradi. Ko’pincha teri ostiga 0,1 % adrenalin eritmasidan 0,3 ml yuboriladi. Ba'zi kasalliklarga 5 % li efedrin eritmasidan 1 ml ni teri ostiga innektsiya qilish yordam beradi. Adrenal bilan efidrinni qo’shib inektsiya qilish bir muncha uzoqroq ta'sir qiladi. Ko’pincha eufillinning 2,4 % li eritmasidan 7-10 ml asta-sekin venaga yuborish yo’li bilan kasallik huruji bartaraf qilinadi. Ba'zi bemorlarga tabletka holidagi murakkab preparatlarni ichish usulidan foydalaniladi. Bronhial astma bilan og’rib yurgan kasallarga tog’ iqlimi, ko’pincha umuman iqlim va hatto turar joyni o’zgartirish yaxshi ta'sir kiladi. O’pka sili yoki tuberkulyoz-organizmning turli organ va tizimlarini shikastlantiradigan, lekin o’pkaning shikastlanishiga hammadan ko`ra ko`proq sabab bo`ladigan surunkali infektsion kasallikdir. Sil qo`zg’atuvchisi-sil tayoqchasi 1882 yilda nemis olimi Robert Koh tamonidan kashf etilgan va Koh batsillasi deb atalgan (VK). Hozirgi paytda bu tayoqcha sil mikrobakteriyasi deb ataladi. Kasallik odatda bemor bilan yaqin munosabatda bo’lish natijasida yuqadi, bemor yo’talganda, aksirganda, gaplashganida undan chiqadigan shilimshiq tomchilar bilan tarqaladi (tomchi orqali tarqaladigan infektsiya). Balg’amdagi bakteriyalar ko’riganidan keyin chang bilan tarqalib, atrofdagilarning nafas yo’llariga tushadi. Kasallik shaxsiy orqali ham yuqadi. Tashqi muhitga tushgan sil mikrobakteriyalari hususan qorang’i, zah binoalarda uzoq yashaydi. Turar joy xonalarining yorug’, oftob tushib turadigan bo’lishi va yaxshi shamollatilishi ana shuning uchun ham juda muhimdir. Silning o`tish hususiyatlarini ta'riflab berish uchun quyidagi klassifikatsiya qabul kilingan.
1. Rivojlanish fazalari.
a) infiltrativ faza.
b) yemirilish, tarqalish.
v) so`rilish.
g) zichlashish, ohaklanish.
2. O`pka maydonlari bo`ylab, har bir o`pkada alohida tarqalish va joylashish.
3.Kompensatsiya darajasi: kompensatsiyalangan (A), subkompensatsiyalangan (V), dekompensatsiyalangan (S).
4. Batsillalarni chiqarib turish: VKK.,VK-.,VKK-(batsillalar vaqti-vaqti bilan chiqib turadi).
Bu tasnifda o`pkadan tashqaridagi sil formalari: suyak va bo`g’imlar, limfa tugunlari, teri, serro`z pardalar sili, ichak, siydik tanosil o`rganlari sili, sil meningiti ham ko’rsatilgan.Asosiy belgilari haroratning ko’ratilib turishi, kechalari terlash, balg’am tashlab yo’talish, qon tupirish, ishtaha yo’qolishi, ozish, salga charchab qolish va jizzakilik kabi belgilar kuzatiladi. Birlamchi o`pka sili ko`pincha bolalik davrida paydo bo`ladi va o`pka hamda bronhial limfa tugunlarini shikastlantiradi. Silning bu formasi qlinik jihatdan ko`pincha namoyon bo`lmaydi. Mantu reaktsiyasining musbat chiqishi va rentgenologik tekshirishgina kasallik yuqqanligini ko’rsatib beradi. Birlamchi kompleksning shakllanishi ba'zi hollarda intoksikatsiya: lanjlik, ishtahaning pasayishi, subfebril harorat, teri osti periferik limfa tugunlarining bir oz kattalashuvi bilan birga davom qiladi. Rentgenologik tekshirganda bir talay uchoqlar topiladi. Balg’am bilan birga mikrobakteriyalar chiqib turishi, me'da ichak yo`li, Hiqildoqqa sil yuqishini osonlashtirib qo’yadi.
Oldini olish va davolash. Silga qarshi samarali kurash olib borish uni ko`p uchraydigan kasallik sifatida tugatish uchun hamma shart-sharoitlar yaratilgan, buning uchun quyidagi vazifalar oshiriladi.
1. Aholining farovonligini ta'minlash, salomatlikni mustahkamlash va organizmning umumiy qarsxiligini kuchaytirishga yordam beradigan chora-tadbirlarni amalga oshirish.
2. Spetsifik yo’l bilan silning oldini olish.
3. Ilk bosqichdagi silni o’z vaqtida aniqlash.
4. Kasallar yaxshi davolanishi uchun silga qarshi muassasalarning keng tarmog’ini barpo etish.
5. Sil infektsiyasi o’chog’ida sog’lomlashtirish ishlarini olib borish.
6. Sanitariya maorif ishlarini olib borish.
Spetsifik silni oldini olishda teri ichiga emlash amalga oshiriladi. Bu juda samarali bo`lganligi holda. Vaqsina birinchi marta 1921 - yili fransuz olimlari Kalmett va Geren tamonidan olingan, familiyalarining birinchi harflari bilan ataladi. Emlash chap yelka ustki 1G`3 qismining tashqi yuzasiga Mantu reaktsiyasi tipida qilinadi. Odatda emlashdan 4-6 hafta o’tgandan keyin ukol qilingan joyda diametri 5-8 mm keladigan infiltrat ko’rinishida spetsifik reaksiya paydo bo`ladi. U 2-3 oy maboynida yo`qolib ketadi, ba'zida bir muncha uzoqroq turadi, keyin o`rnida kichkina chandiq yoki infiltratsiya qoladi. Emlash chaqoloqlar uchun gart deb topilgan va ularga 5-7 kunligida o’tkaziladi. Emlash natijasida immunitet paydo bo`ladi. Bolalar birinchi sinfga borganda takror ravishda mantu sinamasi qo`yiladi. Emlangan odamlar orasida sil bilan og’riq va undan o`lish hollari emlanmaganlarga qaraganda ancha kam bo`ladi. Bemorlarga alohida xona ajratiladi, xonaga quyosh nuri yaxshi tushib turishi shart, bemor tutgan idishni alohida saqlash va 5-10 daqiqa davomida qaynatish shart. Balg’ami cho’ntak tufdoniga yig’iladi va hloramin eritmasi bilan zararsizlantiradi. Bemor bilan yashaydigan kishilarning hammasi, silga qarshi dispanser tomonidan hisobga olinadi va kamida yiliga 2 marta, bolalar esa yiliga 4 marta tekshirib turiladi.
Suhbatlar o`tkazilib, bir qancha gigienik qoidalarni bolalarga tushuntirish zarur:
1. Yo’talganda yoki aksirgan paytda og’iz va burunga dastro`mol tutish.
2. Po`l yoki yerga hech qachon tuflamaslik, sutni faqat qaynatib
ichish.
3. Uyda, jamoat joylarida tozalikka rioya qilish changni faqat ho`l latta bilan artish va muntazam shamollatib turish.
4. Ovqat oldidan qo’lni yuvish, alohida idishda ovqat eyish.
5. Alohida sochiq, tish cho’tkasi, dastro`moldan foydalanish.
6. Organizmni oqilona chiniqtirib borish, sport bilan shug’ullanish.
Davosi: Kasallikning faol davrida bemorga jismoniy va ruhiy jihatdan orom berishni-kasallikning o`tkir fazosida o`rindan qimirlamay yotishdan tortib, jarayonning sog’ayish davrida uy rejimigacha o’tishni ta'minlab berish zarur.
Aeroterapiya muhim ahamiyatga ega. Toza havoda bo`lish intoksikatsiyani kamaytirib, sil o’choqlarida gazlar almashinuvini yaxshilaydiki, bu-yallig’lanish jarayonini bosilib qolishiga yordam beradi. Silga davo qilishda bekami ko`st yaxshi ovqatlanish katta ahamiyatga ega. Bularga vitaminli oqsilli moddalar berib turish kerak (go`sht, baliq, tvorog, sut, kefir, qatiq, pishloq, ikra, tuxum). Ba'zi bemorlarga dasht tumanlarda qimiz bilan davolashni tavsiya qilsa bo`ladi.
Dori preparatlaridan esa streptomitsin, PASK, ftevazin, tubazit,tibon beriladi. Bu davolash uzoq, kamida 10-12 oy davom etisxilishi kerak. So’ngi yillarda jarroxlik yo’li bilan davo qilishning roli ancha ortib qoldi. Bunday davo sil jarayonining harakteri va bemorning umumiy ahvoliga qarab qilinadi. Nafas yo'liga yot jism tushganda birinchi yordam ko’rsatish. Agar yosh bola nafas yoliga yot jism tushgan bo'lsa, darxol bola oyoqidan ushlab pastga qaratib kuraklar orasidan uriladi. Yot buyum chiqarib tashlanmaguncha xarakatlar takrorlanadi. Agar katta odamlarni nafas yo'liga yot jism tushgan bo'lsa, darxol bemorni tizzaga yotqizib, boshini pastga egiltirib kuraklar orasidan uriladi. Yot buyum chiqarib tashlanmaguncha xarakat takrorlanadi. Glaukoma asosan 45-55 yoshdan oshgan odamlarda ba'zan yoshlarda, bolalarda tug’ma ko’rinishda uchraydi. Ko’z ichki bosimining mudom oshishi ko’z funksiyasini buzadi, ko’rish qobiliyati pasayadi, hatto ko’rlikka olib kelishi mumkin. Glaukomaga chalingan odam narsalarni aniq ko’ra olmaydi, ertalab uyg’ongandan so’ng 1-3 soatgcha peshona va chakka tomonidan og’riq sezadi. Glaukoma to’satdan o’tkir huruj bilan boshlanishi mumkin. Bemor ko’zi qizaradi qovoqlari shishadi, umumiy ahvoli yomonlashadi, ko’ngli aynib, qayd qiladi, harorat oshadi. Oldini olish va davolash asosan kasal ko’zga va butun organizmga qaratilmog’i lozim. To’g’ri kun tartibi o’rnatiladi: 8 soat uxlashi, uyqudan oldin ovqatlanmaslik, xonani shamollatish, toza havoda sayr qildirish zarur. Boshini baland qo’yib yotishi kerak. Aks holda ko’zda suyuqlik to’planib ko’z ichki bosimi ortib ketishi mumkin. Shuning uchun uyg’ongandan keyin o’rnida uzoq yotish yaramaydi. Ertalab yengil badan tarbiya qilish foydali. Jismoniy va aqliy mehnatda o’ta charchaguncha ishlash yaramaydi. Qora ko’z oynak taqish mumkin emas. Yasxil ko’z oynak taqish tavsiya etiladi, bu ko’z ichki bosimini bir oz pasaytiradi. Qovurilgan, sho’r, achchiq moddalarni iste'mol qilmasligi kerak. O’tkir huruj paytida ko’zga har 15-20 daqiqada pilokarpin-prozelin eritmalari tomiziladi. Kuchli og’riq bo’lsa, analgin, amidopirin buyuriladi. Agar ko’z ichki bosimi 24 soat davomida me'yoriga tushmasa operasiya qilinadi.