Ko’zning shikastlanishi. Ko’pincha ko’z chang, kum tushib, ko’mir metall bo’laklari, shisha, o’tin, tosh zarralaridan shikastlanadi. Bunda ko’z achishib og’riydi. Ko’p yosh oqadi. Kishi yorug’likka qaray olmaydi. Birinchi yordam darhol shifokorga murojat qilish kerak. Kimyoviy moddalardan kuyganda ko’zni yumub turib, yuzni yuvib, keyin toza idishdagi suv bilan 10-15 daqiqa davomida yuviladi. Kislotadan kuygan bo’sa ozgina soda qo’sxilgan suv bilan ishqordan kuygan bo’lsa, kaliy permanganatning och pushti rang eritmasi bilan yuvish kerak. Olimlarning aniqlashicha kunduzi ko’rish to’r pardaning kolbachalariga, kechqurin yoki qorang’ida ko’rish esa tayoqchalariga bog’liq ekan, narsalarni o’zinigina emas rangini sezish ham kolbachalarga bog’lik. To’r pardadagi kolbachalar 3 xil bo’lib, ular asosiy ranglarni qizil, yashil va ko’k ranglarni sezadi ba'zi odamlar rang ajrata olmaydi. Bu kasallik daltonizm deb ataladi. Tayoqchalarda maxsus moda ko’rish purpuri hosil bo’ladi. Bunda A vitamini ishtirok etadi. Ko’rish purpuri yorug’lik ta'sirida parchalanib, qorong’ida qayta tiklanadi. Agar organizmga yetarli miqdorda A vitamini kirib turmasa hosil bo’lmaydi, odam kechqurun ko’rmaydigan bo’lib qoladi. Chunki odam kuchli yorug’likdan qorong’ulikka kirsa ancha vaktgacha hech narsani ko’rmasdan koladi. Kuchli yorug’lik ta'sirida ko’rish purpuri parchalanib, yo’qolib ketadi. Qorong’i joyda purpur asta-sekin hosil bo’la boshlaydi. Oradan 12-15 daqiqa o’tgandan so’ng odam atrofdagi narsalarni ko’ra boshlaydi. Ko’zning yorug’likda va qorong’ida ko’rishga moslashish qobiliyati adaptatsiya deb ataladi.
REJA: 1. 1. Sog‘lom turmush tarzi. Sog‘lom turmush tarzi asoslari. O‘z sog‘ligi va yon- atrofdagilar salomatligi haqida g‘amxo‘rlik qilish mas’uliyati. 2. Sog‘lom turmush tarzining asosiy tarkibiy qismlari. Faol harakatli kun tartibi, chiniqish, jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanish; ovqatlanish, mehnat va dam olish gigienasi, kun tartibiga rioya qilish; shaxsiy va umumiy gigiena qoidalariga amal qilish; atrof-muhitni muhofaza qilish (ekologiya va salomatlik); 3. Shikastlanishlar va baxtsiz hodisalarni oldini olish; zararli odatlar (toksikomaniya, alkogol iste’mol qilish, nos chekish, chekish va giyohvandlik) ning oldini olish; to‘g‘ri jinsiy tarbiya; muloqot psixogigienasi