Tayanch iboralar: gigiena, psxogigiena, uyqu, jinsiy tarbiya, zararli odatlar, kamxarakatlilik, ruxiy zo‘riqish, ma’suliyat, inkubatsiya, kasallik. Sog’lom turmush tarzi. (STT). Sog’lom turmush tarzini birinchi o’rinda sog’liqni saqlash va yaxshilashga qaratilgan, faoliyati deb xarakterlash mumkin. Bunda shuni tushunish kerakki, odamning turmush tarzi sharoitga qarab o’z-o’zidan doimo maqsad sari intilish jarayonida shakillanadi.STT ni shakllanishi aholini sog’lig’ini mustahkamlash, hayot shaklini o’zgartirish, gigienik bilimlar, zararli odatlar bilan kurashish, gipodinamiya va hayot situatsiyalarini noqulay jihatlari bilan kurashishdan iborat. Shunday qilib, sog’lom turmush tarzi deganda odamni har kungi tipik hayot shakli tushuniladi. Sog’lom turmush tarzi organizmni mustahkamlaydi, takomillashtiradi, o’zini ijtimoiy va kasbiy funktsiyalarini takomillashtiradi.Aholini sog’ligini geolitika holatiga ta’sir etuvchi hayot tarzini asosiy shakllari 1-rasmda keltirilgan (Yu.N. Lisitsin bo’yicha).
Faollik avvalo shaxs sog’ligini saqlash bo’lib, bu oila sog’ligiga, ishlab chiqarish jamoasiga, jamoat sog’ligiga ta’sir etadi. Millatni sog’lomlashuvi ijtimoiy-iqtisodiy muhitni sog’lomlashuviga bog’liq. Faollik sog’lom turmush tarzini tashkil etishda muhim o’rinni o’ynaydi, chunki faollik tufayli odam o’z maqsadlariga erishadi. Ayniqsa sangivinik xolerik temperamentdagi odamlar hayotda juda faol bo’lib, o’z oldiga qo’ygan maqsadini amalga oshirishga astoyidil harakat qiladilar. Bular keksayib qolganda ham faol hayot kechiradilar. Profilaktik tibbiyot g’oyalari o’rta asrlarning buyuk olimi Abu Ali ibn Sino risolalarida ham o’z aksini topgan. U inson salomatligini asrash va mustahkamlashda, kasalliklar profilak-tikasi va ularni davolashda jismoniy mashg’ulotlarni universal vosita deb hisoblagan, jismoniy mashqlarni inson hayotining turli bosqichlarida uning salomatligi, yoshi, jismoniy tayyorgar-ligi, jismoniy yuklamaga chidamliligini, shuningdek, iqlim sharoitlari va boshqa omillarni e’tiborga olib kundalik rejimga kiritishni tavsiya etgan.
Abu Ali ibn Sino sog’liqni saqlash uchun etti omilga Valeologiyaning boshqa bir markaziy tushunchasi «sog’lom turmush tarzi»dir. Turmush tarzi amalda insonning deyarli barcha hayotiy faoliyatining turlari bilan bog’liq bo’lib, uning sog’lig’ining holatini bevosita belgilab beradi. Bu kishilarning butun hayoti mobaynida maqsadli shakllantiriladigan faol faoliyatidir. Insonning sog’lom turmush tarzining tushunchasi ta’riflarining ichida eng maqbuli - akademik YU.P.Lisitso’n ifodalagan ta’rif: «Sog’lom turmush tarzi - insonning sog’lig’ini saqlashga va mustahkamlashga qaratilgan hayotiy faoliyatining usulidir».
Sog’lom turmush tarzi - bu nafaqat tibbiy-biologik faoliyat, balki jismoniy va ma’naviy ehtiyojlarning oqilona qondirilishi, insonning shaxsiy madaniyati va ta’limining shakllanishidir. Bu yuksak tibbiy faollik, o’z kasbiy va ijtimoiy vazifalarini mamlakatdagi siyosiy va iqtisodiy vaziyatdan qat’i nazar bajarish imkoniyatidir.Sog’lom turmush tarzining shakllanishi inson hayotiy faoliyatining sharoitlarini uning valeologik savodxonligi, gigienik malakalarga o’rgatilishi, uning salomatligini yomonlashtiradigan asosiy omillarni bilishi asosida takomillashtirishni maqsad qilib qo’yadi. Sog’liqni saqlash ko’p jihatdan insonning yashash muhitiga bog’liq. Insonning salomatligiga ta’sir etuvchi omillarning uchta guruhi ajratiladi:
jismoniy (havo, suv, tuproq, oziq-ovqat mahsulotlarining ifloslanishi, shovqin, elektrmagnit maydoni, radiatsiya va boshqalar);
psixologik (mehnat, oilaviy, shaxslararo, madaniy munosabatlar, psixoemotsional ta’sir o’tkazilishi va boshqalar);
ijtimoiy (ijtimoiy va siyosiy o’zgarishlar, ishsizlik, vaqt etishmasligi, energiya-g’ayrat etishmasligi va hokazo).
Insonning yashash muhitining shakllantirilishi uning valeologik madaniyati, jismoniy, psixologik va ijtimoiy bosimning ta’siriga qarshi tura olishiga bevosita bog’liqdir.Sog’lom turmush tarzining asosiy sharti: sog’liqning uyg’un rivojlanishi va mustahkamlanishini, kishilar ishlash qobiliyatini oshirishni, ularning uzoq ijodiy umrini uzaytirishni ta’minlaydigan sog’lomlashtiruvchi tadbirlarning majmuasidir.
Harakatlarga ehtiyoj organizm o’sishining qonuniyatlari bilan belgilab berilgan bo’lib, ular normal rivojlanish, sog’liqni mustahkamlash, to’g’ri qomatni shakllantirish va asosiy harakatlanish ko’nikmalarini egallashning zaruriy shartidir. Qadimgi yunon faylasufi Plutarx harakatni «hayoting ombori» deb nomlagan. Frantsuz olimi B.Paskal ta’kidlaganidek: «Odam uchun eng chidash qiyin bo’lgan narsa - na ehtiroslar, na ish, na ko’ngil ochishlar, na mashg’ulotlar bilan buzilmaydigan sokinlikdir. Bunda u o’zining hech kim emasligini, tashlandiqligini, nokomilligini, tobeligini, kuchsizligini, bo’shashganligini sezadi». Inson doimo kuch, epchillik, tezlik, chidamlilik kabi jismoniy xususiyatlarini rivojlantirishga intilishi lozim. Sog’lom turmush tarzining asosi va tarkibiy qismi bu - shaxsiy gigienadir. U oqilona sutkalik kun tartibini, tanani parvarish qilish, kiyim va poyafzalning gigienasini o’z ichiga oladi. Kun tartibiga aloxida e’tibor beriladi. Unga to’g’ri va qat’iy rioya etilganda organizm faoliyatining aniq ritmi yuzaga keltiriladi, bu esa ishlash va tiklanish uchun eng yaxshi sharoitlar yaratib, shu bilan sog’liqni mustahkamlash va ishlash qobiliyatining tiklanishiga yordam beradi. To’laqonli uyqu - asosiy va o’rnini hech narsa bosa olmaydigan dam olish turiga alohida e’tibor berish lozim. Doimiy uyquga to’ymaslik shunisi bilan xavfliki, asab tizimining zo’riqib charchashi, organizm himoya kuchlarining susayishi, ish qobiliyatining pasayishi, o’zini yomon sezishga olib kelishi mumkin.Sog’liqning ajralmas tarkibiy qismi - oqilona ovqatlanishdir. U insonni energiya bilan hamda organizm quriladigan va almashinuv jarayonlarini rostlab turuvchi moddalar bilan ta’minlaydi. Ortiqcha ovqatlanish ham, ovqat etishmasligi ham organizmga salbiy ta’sir ko’rsatadi, shu tufayli oqilona, muvozanatlangan va to’laqonli ovqatlanish qoidalariga amal qilish muhim.Sog’lom turmush tarzining ajralmas sharti zararli odatlardan voz kechish bo’lib, ular sog’liqni o’ta darajada buzib, umrning uzunligini keskin qisqartiradigan ko’pgina xavfli kasalliklarning sababi ulardan kelib chiqadi.CHiniqish kuchli sog’lomlashtirish vositasi bo’lib, uning yordamida ko’pgina kasalliklarga duch kelmaslik, umrni uzaytirish hamda uzoq yillar davomida ishlash qobiliyatini, shuningdek hayotdan xursand bo’la olish tuyg’usini saqlab qolish mumkin. SHamollash kasalliklarining profilaktikasida chiniqishning tutgan o’rni ayniqsa kattadir. CHiniqish organizmga umumiy mustahkamlovchi ta’sir ko’rsatadi, markaziy asab tizimining tonusini oshiradi, qon aylanishini yaxshilaydi, moddalar almashinuvini normaga soladi.Sog’liqning ushbu asosiy tarkibiy qismlaridan foydalanish va qo’llash zamonaviy dinamik rivojlanish sharoitida o’ta zarur bo’lgan shaxsning yuksak aqliy va jismoniy ishlash qobiliyati, ijtimoiy faollik, ijodiy umr uzoqligi kabi qimmatli fazilatlarini ancha darajada namoyon qilishga imkon beradi va e’tibor qaratgan:
- bosiqlik;
- ovqatlanish tartibi;
- gavdani tik tutish;
- toza havo;
- qulay kiyim;
- jismoniy va ruhiy harakatlar (uyqu va uyg’oqlik holati) ning ravonligi.
Gippokrat tibbiyotga falsafa sifatida qaragan olim bo’lib, kasalliklarning kelib chiqishida turmush tarzi va atrof-muhit-ning roliga ahamiyat bergan, insonlarning gavda tuzilishi va temperamentiga qarab bemorga tashxis qo’ygan va uni davolagan.Tibbiyot fanining ilg’or arboblari va shifokorlari ijtimoiy profilaktika taraqqiyoti, davolovchi va profilaktik tibbiyotning o’zaro birligi tibbiyotning kelajagini belgilaydi, deb hisoblashgan.