Zararli odatlar (toksikomaniya, Akogolizm, nos chekish, giyohvantlik) oldini olish. Toksikomaniya.Toksikomanlar yuridik jihatdan narkotik preparatlarga kirmaydi, lekin unga odam o’rganib qoladi. Taksikoman preparatlar guruhiga: a) psixoleptik (seduksen, elenium, tazepam, trioksazin, meprobanat); b) psixoanaleptik (sidanofen, atsefsn va 6.); v) boshqa stimulyatorlarga (fenamin, benzidrik, kofe, choy) kiradi.Nerv sistemaning ko’zg’aluvchanligini oshirish uchun yoki charchaganda, ishchanlik qobiliyati kamayganida, uyquni qochirish uchun fenomin yoki benzedrin preparatlarini qabul qilib, ko’pincha narkomaniya rivojlanadi. Bu preparatlarni tez-tez qabul qilish natnjasida odam bularga o’rganib qoladi. Kayfiyatni yaxshilash uchun bu preparatlarni qabul qilgisi keladi. Ba’zan odam kofe yoki achchiq choyni ichib taksikoman bo’lib qolishi mumkin. Kofe yoki achchiq choy (chivir) ichmasa uyqusizlik, bosh og’rig’i, qo’rqinchli tush ko’rish, qaltirash holatlari sodir bo’lishi mumkin. Achchiq choy (chivir) ichgandan 30-40 minut o’tgach «mast bo’lish» yaxshi kayfiyatni ko’tarilish ko’eg’oluvchanlikning ortishi kuzatiladi. Ish qobiliyatini ortishi, charchoqlikni qondirish mumkin. CHivirni surunkali qabul qilish oqibatida uyqu, psixikaning buzilishi, qiziqishni kamayishi vujudga keladi.
Alkogolizmga qarshi kurash. Tabiiy savol beriladi? Qachonlardir alkogolizmga qarshi kurash olib borilganmi: bunga ishonch bilan ha deb javob berish mumkin. Ichkillikbozlikka qarshi dastlabki qonunlar juda qadim zamonda bizning eramizdan avval qabul qilingan. Bu qonunlardan biri shox Xammurapi tomonidan chiqarilgan, Bu qonunda shunday deyilgan «Vino sotuvchi ichkilikbozlar bilan xonada janjal ko’tarsa, ularni tartibga chaqirish xonasiga olib kirmasa u javobgarlikka tortiladi va o’lim jazosiga hukm qilinadi.Bizning eramizdan avval 1220 yilda Xitoy imperatori Vu Veng mast odam otilishga hukm etilishi haqida qonun qabul qilgan. Qadimgi Gretsiya haramlarini asrovchilar va yashovchilar spirtli ichimliklar sotiladigan erga kirishlari man etilgan, aks xolda ularni olovda endirishgan. Spartadada yoshlarni salomatligi haqida qayg’urishgan, ularni mastbozlikdan himoya qilishgan. Rimliklarning qonuniga binoan 30 yoshgacha ichish man etilgan. CHunki, shu davrda odam voyaga etadi, oila quradi. To’y va marosimlarda kelin kuyovga vino berilmagan. U zamonnig yuqori tarbiyali kishilari mastlikni zarar haqida ogohlantirishgan. Aristotel va Gippokratlar mastlik ixtiyoriy tentaklik, aqlsizlik deb bilganlar. «Pianistadan pianista dunyoga keladi» deyilgan. Xitoyda juda pianista odamni o’lim jazosiga buyurilgan. Hindistonda pianista odamning og’ziga qaynagan vino qo’yilgan. Angliyada pianista odamlarga latta boylab unga pianista deb yozib qo’yilgan. SHvetsiyada ichkilikbozni boshini kesishgan. Birlashgan Arab davlatida, Emiratlarda alkogolik ichkiliklarni ichish butunlay taqiqlangan. Spirtli ichimlik ichgan musulmon 40 darra urilgan. Musulmon bo’lmaganlarga 750 funsterling jarima solingan.Chet elliklar ichsa 3 oydan 6 oygacha qamoqa, ichimlik sotganlarga bir yilgacha qamoq jazosi qo’llangan. Rossiyada birinchi marta ichkilikbozlikka qarshi choralar ko’rilgan. 1652 yilda 1 haftada 4 marta spirtli ichimlik sotshiga ruxsat berilgan. Pyotr 1 mast odamlarni tayoq bilan urdirgan chuqurga tushirgan. Ichkilikbozlik bilan qamalgan odamning bo’yniga (6 kg 800g) medal osib qo’ilgan. Bu medalga «pianistaligi uchun» deb yozib qo’yilgan. YUz yil avval Samara gubernasida qadimgi odat saqlangan edi. Pianista odamga ruslar machitida duolar o’qish, xor bo’lib ashula aytish man etilgan. O’lgan odamni daryoga tashlab yuborishga o’rmonga tashlab qo’yishgan.XIX asrda Angliyada (1808) yilda birinchi marta alkogolga qarshi turli tashkilotlar tuziladi. XIX asrning 30 yillarida Ovropada ham alkogolga qarshi harakatlar kuchayib ketadi. Germaniya, Irlandiyada hushyorlar jamiyati tuziladi. 1914 yilda SHvetsiyada alkogolni faqat oila boshlig’i sotishi haqida farmon qabul qilindi.1917 yilda AQSH da ichmaslik haqida qonun qabul qilinadi. Lekin 1932 yilda bu qonun bekor qilindi. 1919 yilda Rossiya territoriyasida spirtli ichimliklarni uyda tayyorlash, uni sotishni man etish haqida farmon qabul qilinadi. 1928 yilda alkogolizm bilan kurashish haqida Farmon qabul qilinadi. 1972 yilda «ichkilikbozlik va alkogolizmga qarshi kurashish haqida farmon qabul qilinadi. 1985 yilda O’zbekisgon Respublikasining Prezidiumi «Ichkilikbozlik va alkogolizmga qarshi kurashish va spirtli ichimliklarni uyda tayyorlashni oldini olish haqida» farmon qabul qilgandi. Bu farmonda jamoat joylarda spirtli ichimliklarni ichish man etilgan.
Voyaga etmagan bolalarni ichkilikka o’rgatgan odamga yirik miqdorda jarima yoki 5 yil ozodaliqdan mahrum etish ko’zda tutilgan.
Avtomobil haydovchilar uni xaydayotganda ichgan bo’lsa katta jarima yoki bir yildan 3 yilgacha haydash xuquqidan mahrum etiladi. Mast odamni transport haydashga ruxsat bergan odamga 10 karra oyligidan jarima solinadi. Agarda haydovchi qayta mast holda transportni boshqarsa bir yil ozodlikdan mahrum etiladi.Nos chekish ham odam organizmiga ta’sir qiladi.U oshqozon shirasini ajralish va uning kislotalligini izdan chiqaradi. Nos chekish jarayonida oshqozon tomirlari torayadi, oshqozonning shilliq qavati yalig’lanadi. SHuning uchun, ota-onalar, guruh murabbiylari, professor-o’qituvchilar shaxsiy xususiyatlariga ko’ra, ruhan turg’un bo’lmagan, xulqni simobdek har tomonga buraveradigan, biror ishni oxiriga, etkazmaydigan, o’zlashtirishi yaxshi bo’lmagan, ko’nimsiz yoshlarni nazorat qilib borishlari kerak.