Farg’ona davlat universitetida matematika-informatika fakulteti talabalarini fakultetlararo o’tkazilgan futbol musobaqasida o’tkazilgan sport musobaqasiga ma’lumotnoma



Yüklə 20,1 Kb.
tarix21.01.2023
ölçüsü20,1 Kb.
#79959
FUTBOL


Farg’ona davlat universitetida matematika-informatika fakulteti talabalarini fakultetlararo o’tkazilgan futbol musobaqasida o’tkazilgan sport musobaqasiga


MA’LUMOTNOMA

2021 yil 25-noyabr kuni Tyutorlar tashabbusi bilan Farg’ona davlat universitetida mini futbol bo’yicha fakultetlararo sport musobaqasiga start berildi. Mazkur musobaqaga har bir fakultetdan 2 tadan jamoa ishtirok etdi. Natijada futbol musobaqasining final bosqichiga Matematika-informatika va Filologiya fakulteti futbol jamoalari yetib kelishdi.


2021 yil 29-noyabr kuni Farg’ona davlat universiteti Filologiya fakulteti sport maydonida fakultetlararo futbol musobaqasining final bosqichi bo’lib o’tdi. Final bosqichiga Matematika-informatika va Filologiya fakulteti futbol jamoalari etib kelishdi. Final bosqichida Matematika-informatika fakulteti yoshlar bilan ishlash bo’yicha dekan o’rinbosari O.Erkaboev, O’quv ishlari bo’yicha dekan o’rinbosari B. Umarov, Tyutorlar, va fakultet futbol jamoasi talabalari. Filologiya fakulteti dekan o’rinbosari A. Abdullayev, Filologiya fakulteti tyutorlari, fakultet futbol jamoasi talabalari ishtirok etdi. O’yin oldidan Matematika-informatika fakulteti yoshlar bilan ishlash bo’yicha dekan o’rinbosari O.Erkaboev ochib, final o’yini davomida jamoa a’zolari bir-birlarini hurmat qilgan holda o’ynashlarini aytib, final bosqichi ikki taymdan iborat bo’lib, har bir taym 15 minutdan iborat ekanligini aytib, har ikki jamoa a’zolariga omad tiladi.
Shundan so’ng Filologiya fakulteti dekan o’rinbosari A. Abdullayev so’z olib, final o’yinining ahamiyati haqida ikki jamoa vakillariga tushintirib o’tdi. Final bosqichi qizg’in va murosasiz o’tdi. O’yin yakuniga ko’ra Matematika-informatika futbol jamoasi g’oliblikni qo’lga kiritdi.
Matematika-informatika fakulteti
yoshlar bilan ishlash bo’yicha dekan o’rinbosari: O.Erkaboev.

Farg’ona davlat universitetida matematika-informatika fakulteti “Talabalar forumi” doirasida 29-noyabr kuni talaba yoshlari o’rtasida “Men sevib o’qigan kitob” ko’rik tanlovi haqida


MA’LUMOTNOMA

Tadbirda Matematika-informatika fakulteti yoshlar bilan ishlash bo’yicha dekan o’rinbosari O.Erkaboev, fakultet tyutorlari, Universitet Axborot resurs markazi yetakchi mutaxasislari va talabalar ishtirok etdi. Tadbirni Matematika-informatika fakulteti yoshlar bilan ishlash bo’yicha dekan o’rinbosari O.Erkaboev ochib berdi. U o’z so’zida kitob o’qish inson tafakkurini o’stirishi va charhlashi dunyoqarashini kengaytirishi teran fikrlashga olib borishi, so’z boyliklarini kengaytirishi haqida to’xtalib o’tib tanlov tartib qoidalari bilan tanishtirib o’tdi. Talabalar kitob taqdimotida faol ishtirok etishdi va o’zlari sevgan adiblar hayoti va ijodi bilan tanishtirib o’tdilar hamda “Men sevgan kitobim” sharti bo’yicha o’z fikrlarini bildirib, o’zlari o’qigan badiiy asarlar nomlarini ko’p aytish bo’yicha musobaqalashishdi. Tadbir yakuniga ko’ra Fakultetning amaliy matematika yo’nalishi talaba qizlari g’olib bo’lishdi.


Matematika-informatika fakulteti
yoshlar bilan ishlash bo’yicha dekan o’rinbosari: O.Erkaboev.


Farg’ona davlat universitetida matematika-informatika fakulteti “Talabalar forumi 2021” doirasida 29-noyabr kuni fakultet talaba yoshlari o’rtasida “Men sevgan adib” uchrashuvi haqida davra suhbati bo’yicha


MA’LUMOTNOMA

2021 yil 29-noyabr kuni Matematika-informatika fakultetida “Talabalar forumi 2021” doirasida “Men sevgan adib” loyihasi bo’yicha O’zbekiston Respublikasi Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, Shuhrat medali sohibi, mustaqillikning 25 yillik va 30 yillik ko’krak nishonlari sohibi shoir Bahodir Iso bilan uchrashuv bo’lib o’tdi. Uchrashuvda shoir Bahodir Iso o’z hayoti va ijodi, yoshlik davrlari, hozirgi zamon yoshlariga yaratilgan imkoniyatlar haqida to’lqinlanib gapirib o’tdi. Talaba yoshlar shoirning she’rlaridan o’qib berdilar hamda shoirdan o’zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar. Uchrashuvda talabalar shoir Bahodir Isoning yangi she’rlaridan va shoir hayotining qiziqarli jihatlari bilan tanishishga musharraf bo’ldilar. Bahodir Iso davra suhbatida o’z ustozlari va shogirdlari: xalq shoiri Iqbol Mirzo, Farida Anis, Ravshan Madumarov, Oybek G’aniyevlar haqida ham ma’lumot berdi va ustozi Yo’ldosh Sulaymonga bo’lgan cheksiz hurmatini bildirib o’tdi.



Matematika-informatika fakulteti
yoshlar bilan ishlash bo’yicha dekan o’rinbosari: O.Erkaboev.

Farg’ona davlat universitetida matematika-informatika fakulteti “Konstitutsiya farovon hayotimiz poydevori” mavzusida davra suhbati o’tkazilganligi haqida
MA’LUMOTNOMA

2021 yil 7-dekabr kuni Matematika-informatika fakultetida Farg’ona viloyati Farg’ona tumani Adliya bo’limi boshlig’i B. Toxirjonov matematika-informatika fakulteti yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha dekan o’rinbosari O. Erkaboev va tyutorlar tashabbusi bilan taklif etildi. Tadbirda matematika-informatika fakulteti yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha dekan o’rinbosari O. Erkaboev, tyutorlar, 86 nafar talabalar ishtirok etdi. Davra suhbatida Adliya bo’limi boshlig’i B. Toxirjonov “Konstitutsiya farovon hayotimiz poydevori” , korupsiyaga qarshi kurashish hamda odam savdosiga qarshi kurashish to’g’risidagi qonunlarning mazmun moxiyatini yoritish yuzasidan targ’ibot tadbiri o’tkazildi.



Matematika-informatika fakulteti yoshlar masalalari
va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha dekan o’rinbosari: O.Erkaboev.
Yüklə 20,1 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin