Farg’ona politexnika instituti I. Ch. B fakulteti menejment (tarmoqlar va sohalari bo’yicha) 84-23 guruh talabasi mirzaliyev samandarning falsafa fanidan tayorlagan t
FARG’ONA POLITEXNIKA INSTITUTI I.CH.B FAKULTETI MENEJMENT (TARNOQLAR VA SOHALARBO’YICHA) 84.23-GURUH TALABASI MIRZALIYEV SAMANDARNING FALSAFA FANIDAN TAYORLAGAN Taqdimoti
Taqdimot mavzusi :
Taqdimot mavzusi :
Insonni tushunishga dualizm
va monizm nuqtai nazarlaridan yondashuv
REJA:
REJA:
1.Dualizmni vujudga kelishi
2.Monizm tushunchasi
3.Dualizm va Monizm nizbati
Dualizm
Dualizm
Dualim bu-ong va tana alohida va bir-biridan farq qiluvchi mavjudotlar ekanligi haqida falsafiy e’tiqoddir.Dualizmga ko’ra aql jismoniy emas va nomoddiy, tana esa jismoniy.Bu nuqtai nazar aqliy va jismoniy hodisalar o’rtasida tub farq borligini va ular qandaydir tarizda o’zaro ta’sir qilishni ko’rsatadi.Dualizm ko’pincha ong va tananing o’zaro ta’siri va bir-biriga qanday ta’sir qilishi haqida savollar tug’diradi .Qadim zamonlarda vujudga kelgan insonga nisbatan dualistik yondashuv shundan iboratki, odamzod,bir tomondan, moddiy organizmdan,boshqa tomondan esa –mustaqil mohiyat snaladigan va bu organizmni boshqaradigan nomoddiy jondan tashkil topgan mavjudot sifatida qaraladi.Bu yondashuv, masalan, boqiy g’oyalar dunyosida yashaydigan o’lmas jon inson tug’ulayotgan paytda uning tanasiga xuddi zindonga tushgandek kirib o’rnashadi, uning o’limidan keyin esa vujudini tark etib, yana g’oyalar dunyosiga qaytadi, deb hisoblagan Platon falsafasida ayniqsa b’rtib namoyon bo’ladi. Jonlarning o’lmaslik g’oyasi Sharq falsafiy ananasiga hosdir.
Monizm.
Monizm.
Monizm esa faqat bitta asosiy substansiya yoki voqelik borligini ta’kidlaydi. Insonni tushunish kontekstida monizm ong va tana alohida mavjudotlar emas, balki bir xil asosiy substansiya yoki ko’rinishlari ekanligini ko’rsatadi. Monizmni turli shakllari mavjud, masallan, matiryalistik monimz (u hamma narsa oxir –oqibat materiyaga qaytarilishligi mumkin deb hisoblaydi) va idealistic monism ( barcha narsa oxir-oqiobat ong yoki ongga tushirilishi mumkin deb hisoblaydi).Hozirgi olimlarning aksaryati qo’llab-quvvatlaydigan inson talqinining monistik konsepsiyasi inson ruhiyati, uning tuyg’ulari, fikirlari, emotsiyalari va kayfiyati inson organizmining tarkibiy qismi sanalgan bosh miyya nerv hujayralari hayot faolyatining mahsulidan o’zga narsa emas, degan tushunchadan kelib chiqadi.Bu yondashuv tarafdorlarining fikriga ko’ra, ruhiy hodisalar qandaydir nomoddiy asosga ega, deb hisoblash uchun yetarli dalillar mavjud emas, shu sababli ruhiyat tabiatini tushuntirishda inson organizimida yuz beradigan moddiy jarayonlar chegarasidan chetga chiqishning hojati yo’q.