Fargʼona Politexnika Instituti “Kompyuterlashgan loyihalash tizimlari” fakulteti “Elektronika va asbobsozlik” kafedrasi katta oʼqituvchisi M. M. Nishonova tomonidan “Elektronikaning fizik asoslari” fanidan tayyorlangan ma’ruzalar kursiga



Yüklə 17,01 Kb.
tarix29.04.2023
ölçüsü17,01 Kb.
#104859
Tashqi taqriz ma\'ruzalar kursiga


Fargʼona Politexnika Instituti “Kompyuterlashgan loyihalash tizimlari” fakulteti “Elektronika va asbobsozlik” kafedrasi katta oʼqituvchisi M.M. Nishonova tomonidan “Elektronikaning fizik asoslari” fanidan tayyorlangan ma’ruzalar kursiga
TAQRIZ

Hozirgi davrda elektronikaning fizik asoslari fani texnikada muhim o‘rin egallab bormoqda. Yarimo‘tkazgichli elektron asboblar xalq xo‘jaligining turli sohalarida qo‘llanilmoqda. Yildan yilga yarimo‘tkazgichlarning shu kunga qadar noma'lum bo‘lgan xossalari aniqlanmoqda va ulardan yangi yangi asboblar tayyorlanmoqda. Shu sababli yarimo‘tkazgichlar fizikasiga bo‘lgan qiziqish tobora ortib bormoqda.


Elektronikaning fizik asoslari o‘z ichiga elektronika, fizika, kimyo va matematika kabi fanlar asosida shakllangan keng qamrovli alohida fan bo‘lib, zamonaviy elektrotexnika va elektronika sohasida qo‘llanilayotgan barcha materiallarning xususiyatlarini o‘rganishga bag‘ishlangan. Bundan tashqari texnika va texnologiyaning rivojlana borishi ushbu tasniflanishdan tashqarida bo‘lgan boshqa materiallarning paydo bo‘lishiga olib kelmoqda.
Ma’ruzalar kursida qattiq jismlar, yarimo‘tkazgichlarning xossalari, ularning tuzilishi, atom va molekulalarining xususiyatlaridan o‘zaro bog‘lanishdagi parametrlardan kelib chiqqan holda ko‘rib chiqilgan. Matematik mulohazalar minimumlashtirilgan, yarimo‘tkazgichlarning fizikaviy xususiyatlari, tayyorlanishlari va ishlatilishiga ko‘proq e'tibor berilgan. Ba'zi yarimo‘tkazgichlarning elektr maydoni, magnit maydoni, temperatura, kimyoviy faol muhitlardagi holatlari ham yoritilgan. Ularning mexanikaviy elementlariga alohida e'tibor berilgan.
Ma’ruzalar kursi 15 ta ma’ruzadan iborat bo’lib, kristalldagi elektronlar energetik spektrining zona harakteri, qattiq jismlarning elektrik xususiyatlari, kontakt hodisalari, ikkilamchi elektronlar emissiyasi mavzularidan tashkil topgan. Har bir bobning mavzularida qattiq jismlarning kristall tuzilishlari, yarimo‘tkazgich materiallarida energetik satxlar, zaryad tashuvchilar, kirishma atomlari va nuqsonlari, yarimo‘tkazning donor va akseptor satxlari, Xoll effekti, Eynshteyn tenglamasi, yarimo’tkazgichlarda p-n o’tish va ularning grafiglari, ko’chkili va issiqlik teshilish hodisalari, yarimo‘tkazgich materiallarida bog‘lanishlar to‘g‘risida to‘liq ma’lumot berilgan.
Ushbu ma’ruzalar kursi namunaviy dasturdan foydalangan holda tayyorlangan. Ma’ruzalar kursi 5310800 – elektronika va asbobsozlik yoʼnalishida taxsil olayotgan talabalar uchun foydali boʼlishi mumkin.
Ma’ruzalar kursining maqsadi - elektronikaning fizik asoslari bo‘yicha yo‘nalish profiliga mos, ta'lim standartida talab qilingan bilimlar, ko‘nikmalar va tajribalar darajasini ta'minlashdir.


Muhammad al-Xorazmiy nomidagi
TATU Farg’ona filiali direktori,
f.m.f. doktori, prof.: A.Rasulov
Yüklə 17,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin