Farg’ona politexnika instituti Mexanika-mashinasozlik fakulteti 26-20 tmj guruh talabasi Yoqubjonov Abdurasulning “Falsafa” fanidan tayyorlagan taqdimot loyihasi
Turan International Unversity Sirtqi Ta’lim departamenti Axborot Texnologyalari va Dasturiy ta’minoti
Mavzu : Estetik tarbiyaning turlari va yo‘nalishlari
SATDT-22-AU Gurux Talabasi Abdumutalova Feruzaning Falsafa fanidan Mustaqil ishi
1. Voqe’likka estetik munosabatni milliy va umumbashariy ahamiyati.
1. Voqe’likka estetik munosabatni milliy va umumbashariy ahamiyati.
2. Milliy ma’naviyatga ta’sir o‘tkazuvchi tashqi tahdidlar ayni paytda estetik tarbiya jarayoniga ham sezilarli ta’sir ko‘rsatmoqda
3. Estetik tarbiyaning turlari va yo’nalishlari.
Reja Voqe’likka estetik munosabatni milliy va umumbashariy ahamiyati. Estetik tarbiyaning turlari va yo‘nalishlari. SHaxsni estetik tarbiyalashda fan, ta’lim va madaniyatning o‘zaro bog‘liqligi. Mehnat- turmush estetikasining muhim omili. Insonning tabiiy, ahoqiy va estetik didining mutanosibligi. “Ommaviy madaniyat”ning yoshlar estetik didiga ta’siri. Sport va uning ma’naviy-estetik jihatlari. Voqe’likka estetik munosabatni milliy va umumbashariy ahamiyati. Olamni estetik anglashda texnologiyalarning roli. Reklamaning estetik jihatlari va g‘ayriestetik holatlar.
Milliy ma’naviyatga ta’sir o‘tkazuvchi tashqi tahdidlar ayni paytda estetik tarbiya jarayoniga ham sezilarli ta’sir ko‘rsatmoqda Ta’kidlash o‘rinliki, estetika niqobi ostida turli xil ko‘rinishdagi “sog‘lom turmush tarzi targ‘ibotchilari”, “ko‘ngilochar” va “musaffo tuyg‘u” baxsh etuvchi saytlar talaygina. Eng dahshatlisi keyingi paytlarda internet tarmog‘ida vampirizm estetikasi va uning targ‘iboti bilan bog‘liq saytlarning ko‘payib borayotganligi tashvishlanarli xoldir. Bunday tahdidlarga qarshi go‘zal qadriyatlarni dunyoga tanitish, xalqimizning boy va betakror estetik dunyosini aks ettiradigan personajlarni yaratish orqali kurashishni zamon talab etmoqdaki, bu yoshlarni ma’naviy jihatdan yuksaltirishda estetik tarbiyaga zaruriyat mavjudligidan dalolat beradi. Bu estetik tarbiyaga nisbatan tahdidlarning birinchi jihati.
Estetik tarbiyaga tahdidning ikkinchi jihati insonning tashqi va ichki ko‘rinishidagi bog‘liqlikni o‘rganishga bo‘lgan zaruriyat bilan belgilanadi. Bu ilm bugungi kunda biologiya va tibbiyotda fizionomiya nomi bilan mashhur. Vaholangki, o‘tmishda bu sohaga jiddiy e’tibor berilib, qator risolalar yaratilgan.