FARG’ONA POLITEXNIKA INTITUTI QURILISH FAKULTETI MKQ YO’NALISHI 7-21 GURUH TALABASI HAMIDOV SHAHZODNING “ORTOGONAL PROEKSIYALARDA SOYALAR QURISH” MUSTAQIL ISHI
Narsalarning o‘z soyalarini aniqlashda va ularning tushgan soyalarini yasashda asosan ikki xil yoritish bolishi mumkin.
a) Yorug‘lik manbai jismdan uncha uzoq bo‘lmagan masofada joylashgan bo‘lishi mumkin. Masalan, lampa yoki fonar bilan yoritish (sun’iy) yoritish. Bu holda yorug‘lik nurlari bir nuqtadan chiqqan deb qaraladi va bunday yoritish markaziy yoritish deyiladi.
Bir nuqtadan chiqqan sun’iy yoritishdan asosan bino ichki ko‘rinishlarining perspektiv tasvirlaridagi soyalarning yasashda foydalaniladi.
b) Yorug‘lik manbai jismdan juda olis masofada joylashgan bo‘lishi mumkin. Masalan, Quyosh va Oy bilan (tabiiy) yoritish. Quyoshdan chiqqan nurlar parallel nurlar deb qabul qilinadi va bunday yoritish parallel yoritish deyiladi.
Yorug‘lik nurlarining yo‘nalishi ixtiyoriy olinishi mumkin. Ko‘pincha ortogonal va aksonometrik proeksiyalardagi chizmalarda soya qurishda yorug‘lik nurining yo‘nalishi kubning diagonaliga paralel deb olinadi. Bunda kub uch tomoni bilan uchchala proeksiyalar tekisliklariga yopishib turadi. Diagonal kubning yuqoridagi chap burchagidan quyi o‘ng burchagiga yo‘naladi.
a)
b)
1-shakl
Nuqtadan tushgan soyani yasash
Nuqtadan tushgan soyani qurish uchun:
Bu nuqta orqali S yorug‘lik nuriga parallel to‘g‘ri chiziq o‘tkazish kerak.
To‘g‘ri chiziq bilan soya tushayotgan sirt yoki tekislikning kesishgan nuqtasini topish kerak.
2-a va b shakllarda ortogonal proeksiyalarda V tekislikka A nuqtadan tushayotgan soyasini qurish ko‘rsatilgan.
A nuqtaning soyasini qurish uchun A orqali S(s, s)ga parallel to‘g‘ri chiziq o‘tkazilgan.
Ac nuqta A nuqtaning frontal tekislikka tushgan soyasidir, (As) esa A nuqtaning gorizontal tekislikdagi mavhum soyasidir.