Genetik tadqiqotlar natijasida qator Irsiyat qonunlari kashf etildi. Mendel tadqiqotlaridan kelib chiqadigan Irsiyat qonunlari quyidagilardan iborat: organizm belgi va xususiyatlarining irsiy asosini genlar tashkil etadi; Irsiyat birligi boʻlgan genlar nisbatan turgʻundir; har bir gen har xil allel (dominant va retsessiv) xrlatda boʻladi; tana hujayralarida genlar jinsiy hujayradagiga nisbatan ikki hissa koʻp.
Mendel qonunlari - irsiy belgilarning avlodlarda taqsimlanishi toʻgʻrisidagi G. Mendel yaratgan qonuniyatlar. Mendel qonunlari Mendelning oʻzi yaratgan duragay avlodlarini genetik taxlil qilish metodini qoʻllash orqali olib borilgan koʻp yillik (1856— 63) tadqiqotlar tufayli asoslab beriddi.
Mendel oʻz-oʻzidan changlanuvchi noʻxat oʻsimligining oʻrganilayotgan belgi boʻyicha irsiy toza, yaʼni genotipi gomozigotali hamda fenotipiga koʻra keskin farq qiluvchi (guli qizil-oq, doni sariq-yashil va silliq-burishgan) navlarini oʻzaro chatishtirgan.
Olingan duragay avlodlarda ota-ona oʻsimligi belgilarining irsiylanishi va yana ajralib xilma-xillik namoyon qilishini oʻrgangan. Olingan natijalarni statistik taxlil qilish asosida irsiyat qonunlarini ochib bergan.
Organizmning ikki xususiyati irsiyat va o‟zgaruvchanlikni
o‟rganadigan fanga genetika fani deyiladi. Zamonaviy
genetikaning vujudga kelgan vaqti 1805 yil hisoblanadi, shu yili
chex olimi Gregor Mendel bir va ikki belgisi jihatidan bir-biridan
fark, qiladigan nuxat navlarini chatishtirib, belgilarning irsiy yo‟l
bilan nasldan-naslga o‟tish qonuniyatlarini aniqlagan. U qizil gulli
sariq nuxatni oq gulli yashil nuxat bilan changlatadi. Qizil va oq
gulli o‟simliklar 3 : 1 nisbatda vedominant va retsessiv belgi
asosida yuzaga chiqadi. Mendelning bu buyuk ishlariga
zamondoshlari munosib baho bera olmadi. O‟z tajribalarida xuddi
shunday natijalarni olgan golland olimi De Friz unutib yuborilgan
Mendel tajribalarini qayta tahlil qilib, uning tadqiqotlarini to‟la