Farg‘ona shahar hokimligi, mahalla fuqarolari yig‘ini, umumiy o‘rta ta’lim maktabi va ota-ona o‘rtasida tuzilgan shartnoma



Yüklə 68,49 Kb.
səhifə2/7
tarix07.01.2024
ölçüsü68,49 Kb.
#201486
1   2   3   4   5   6   7
Shartnoma - 4 tomonlama

2.2. Hokimlikning majburiyatlari:
Maktabning xo‘jalik, ijtimoiy-iqtisodiy va moddiy-texnik jihatdan faoliyatini ta’minlash;
maktab bitiruvchilari bandligini ta’minlashga ko‘maklashish;
ta’lim sohasida xalqaro hamkorlikni amalga oshirishda maktabga ko‘maklashish.


2.3. MFY quyidagi huquqlarga ega:
O‘quvchining xulq-atvori, davomati hamda fanlarni o‘zlashtirish ahvoli to‘g‘risida maktabdan kerakli ma’lumotlarni olish;
o‘quvchining xulq-atvorida salbiy o‘zgarishlar yoki jinoyatga moyillik aniqlangan taqdirda profilaktika inspektoriga xabar berish;
o‘quvchining xulq-atvorida salbiy o‘zgarishlar yoki jinoyatga moyillik aniqlangan taqdirda ota-onasini yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarni chaqirtirib, tegishli ko‘rsatmalar berish va ushbu holatlar yuzasidan muhokamalar o‘tkazish;
o‘quvchini sog‘lom turmush tarziga jalb etish maqsadida tegishli shart-sharoitlar yaratib berish yuzasidan hokimlikka ko‘mak so‘rab murojaat qilish.


2.4. MFYning majburiyatlari:

o‘quvchining xulq-atvorini kuzatib borish va uning ruhiyatida salbiy o‘zgarishlar bo‘lgan taqdirda uning ota-onasi va maktab ma’muriyati bilan hamkorlikda tegishli ma’naviy va tarbiyaviy ishlarni amalga oshirish;


jinoyat va huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshirish, mahalladagi profilaktika inspektori bilan birga har chorakda kamida bir marotaba o‘quvchi bilan profilaktik suhbatlar o‘tkazish;
o‘quvchining o‘quv davomatini nazoratga olishda maktab ma’muriyatiga yaqindan ko‘maklashish;
o‘quvchi xorijiy davlatga ketayotganda, bu haqida zudlik bilan maktab ma’muriyatiga xabar berish.
o‘quvchini ta’limdan bo‘sh vaqtlarda sog‘lom turmush tarziga targ‘ib qilish maqsadida, jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanishiga shart-sharoitlar yaratib berish.


2.5. Maktab quyidagi huquqlarga ega:

Maktab xodimlarining qonuniy xuquq va manfaatlarini, qadr-qimmati va qiziqishlarini himoya qilish;


Maktab ustavida belgilangan tartibda ota-onalarning istaklari, o‘quvchilarning yosh xususiyatiga ko‘ra bolani sinflarga taqsimlash;
O‘quvchining Maktabda bo‘lishini tasdiqlovchi tibbiy xulosa bo‘lmagan taqdirda, uni Maktabga (vaqtincha) qabul qilmaslik;
O‘quvchini oilada o‘qitish va tarbiyalash bo‘yicha tavsiya berish;
Maktabda zarur moddiy-texnik baza hamda malakali pedagog xodimlar mavjud bo‘lgan taqdirda, asosiy ta’lim-tarbiya jarayoniga xalaqit bermagan holda pullik ta’lim-tarbiya xizmatlarini ko‘rsatish;
O‘quvchilarda o‘z maktabiga, mahallasiga, Vataniga sadoqatli qilib tarbiyalashda qonunchilikda taqiqlanmagan barcha choralarni ko‘rish;



Yüklə 68,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin