Farhod va Shirin (I- qism) Alisher Navoiy


Farhod va Shirin (I- qism)



Yüklə 1,43 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/270
tarix05.04.2022
ölçüsü1,43 Mb.
#54728
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   270
Q-P5Z3jVp1RjnKfKxLaSChq1eRjDUex8

Farhod va Shirin (I- qism) 
Alisher Navoiy 
 
11 
library.ziyonet.uz/ 
 
Hakimi sun’ oni aylab tilismi.  
Tanigʻa za’f gʻolib, koʻrmayin ranj,  
Vale javfi aro yuz ma’naviy ganj.  
Aning bu ganjidin tormay kishi kom,  
Nechukkim ganjroshi Ganja orom7.  
Agarchi Ganjada oromi oning,  
Vale ganj uzra doim gomi oning.  
Koʻngul kunjin qilib ganji maoniy,  
Ogʻiz abvobi savtidin nihoni.  
Iki labdin eshiklar aylabon ul  
Ki, har kim tormagʻay ul ganj aro yoʻl.  
Vale me’mori hikmatsozi oning,  
Burundin qildi sangandozi oning.  
Angakim oʻgʻriliq rasmin qilib fosh,  
Yetib aflok sangandozidin tosh.  
Yogʻib chun toshi har yon oshkoro,  
Topib ahbob – gavhar, xasm – xoro.  
Otay deb xora, ganj ogʻzini ochmay,  
Vagar ochib, ne gavharlarki sochmay.  
Tutub gavharlari yaksar jahonni,  
Nechukkim xayli axtar osmonni.  
Yoʻq, ul gavharki chun turroqqa qolgʻay,  
Ayogʻ ostigʻa chun qolgʻay, usholgʻay.  
Aningdek gavharekim jilva chogʻi,  
Muzayyan boʻlgʻay andin el qulogʻi.  
Ne ul ziynatki osilgʻay quloqtin,  
Vagar ochilsa ayrilgʻay quloqtin.  
Durekim chun quloqni qildi maskan,  
Kirib qilgʻay koʻngul durjini maxzan.  
Koʻngul durjin demay boʻlgʻay labolab –  
Kim ul daryoga solgʻay durni to lab.  
Kim ul gavhardin olsa xalq har dam,  
Yuz ilda boʻlmagʻay mingdin biri kam.  
Kishi mundoq boʻla olmay guharrez,  
Magar ul hinduyizodi8 shakarrez.  
Ne hindu, toʻtii shirin maqol ul,  
Ne toʻti, bulbuli shoʻridahol ul.  
Tushub olamgʻa toʻtidek bayoni,  
Yetib gardungʻa bulbuldek figʻoni.  
Boʻyigʻa nazm solgʻon hulla axzar,  
Dema toʻti, degil Xizri9 rayambar.  
Aning zulmoti Hindustoni oxir,  
Ravon soʻz chashmai hayvoni10 oxir.  
Agar bulbul desang, Hinduston – tun,  
Qaro zulmat dema, anbarfishon tun.  
Bu andoq tun aro shabxez bulbul,  
Shabiston ichra shoʻrangez bulbul.  
Dema bulbul, de oni qaqnusi11 zor,  
Topib lahnidin oning qaqnus ozor.  
Agar qaqnus chekib yuz nola jonsoʻz,  
Anga ming nola oʻqi borcha dildoʻz.  
Dema oʻq, balki har bir barqi ohi  



Yüklə 1,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   270




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin