Boʻlub ruxsorigʻa har sori gullar,
Jelilik barcha gardanbasta qullar.
Demon gul bandasidur boʻyni bogʻligʻ,
Gadoyedur toʻni haryon yamogʻligʻ.
Quchoq birla tikan basdur kamohi,
Gadoliq tavrida oning guvohi.
Qadi xam boʻldi goʻyo bu mihandin,
Toʻni yirtugʻlari ham bu tikandin.
Tikan boʻlmoqta a’dosigʻa xunrez,
Qilib Bathoda noʻgin xomadek tez.
Gar ilgi xoma sori qilmayin mayl,
Qoʻyub xattigʻa boshin yuz tuman xayl.
Necha choki giribon qildi xoma,
Toʻkub ashkini afgʻon qildi xoma.
Ochib ogʻzin qilay deb dastboʻsi,
Muyassar boʻlmayin bu orzusi.
Chu bu davlatqa boʻlmay komron ul,
Qaro ogʻriqqa boʻldi notavon ul.
Dema noleki sihhat tormayin hech,
Tushubtur rishtai jonigʻa yuz rech.
Emas tirnogʻi uzra xoma gar shaqq,
Boʻlub barmogʻi noʻgidan qamar shaqq.
Ilik tigʻinki tortib fil-ishora,
Qamar qolqonin aylab ikki rora.
Boʻlub qursi mahi tobonni ikki,
Kishi andoqki boʻlgʻay nonni ikki.
Qilib chun roʻza koʻnglin nongʻa moyil,
Iki boʻlgʻach topib kom ikki soyil.
Yemak komini koʻnglidin yoʻq aylab,
Malakdek zikr ila koʻnglin toʻq aylab.
Kavokib oyigʻa devona oning,
Maloyik sham’igʻa rarvona oning.
Munga devonaligʻ solib taku toz,
Anga rarvonaligʻ har sori rarvoz.
Chu shar’i shorii xattin qilib fosh,
Ayoq andin chiqorgʻon tormayin bosh.
Bu xatdan tosh angakim roʻya etmak,
Yugurmak birla yoʻq manzilgʻa yetmak.
Qoʻyar assor uyi chun egri gomin,
Yoʻl etmas qat’ tez aylab xiromin.
Yoʻlida egrilar assor uyidek,
Yarab oʻlturgali rarvor uyidek.
Bu shori’ birla torqon yoʻl yaroqi,
Yetib manzilgʻa andoqkim Buroqi.
V Ul shahsuvor vasfidakim, qarongʻu tunda tiyra xokdondin Buroqi barqvash uzra chiqqoni
«Minaz-zulumoti ilan-nur»
(1)
din muxbir erdi, balki ul pokibning pok zoti ostidagʻi pok oti, bila
«nurin alo nur»
(2)
din xabar berdi va bu nurlar malakut shabistonini munavvar va malak
Ul aqshomkim, yuziga lu’bati Chin,