Nekim lutfi nasimi birla mavjud,
Boʻlub qahri sharori birla nobud.
Agar mavjudu ma’dum oʻlsa olam,
Anga ijodu e’domi musallam.
III Munojot
(1)
insonning adam nihonxonasidin vujud koshonasigʻa kelmakda adami ixtiyoridin
nishona demak va vujud shohrohidin adam xobgohigʻa bormoqda vujud iztiroridin fasona
aytmoq va gunoh qilurda begunohligʻin devonavor da’vo qilmoq va devona zanjirin
sogʻingʻondek bu devonaligʻ daf’in shar’ silsilasi bila raf’i kulli qilib
Ilohiy, andakim yoʻq erdi budum,
Adam uyqusida erdi vujudum.
Ne ruhum gulshanidin dard raydo,
Ne jismim tufrogʻidin gard raydo.
Vujudimda anosir band tormay,
Tanim ichra soʻngak rayvand tormay.
Oʻtumda yoʻq tiriklik mehri tobi,
Suyum yoʻqluq biyoboni sarobi.
Boʻlunmay tufrogʻim gardi fanodin,
Nasime yoʻq vujudumda havodin.
Ne tan, ne tanda bosh, ne bosh aro koʻz,
Ne yuz, ne yuzda lab, ne lab aro soʻz.
Ne jonu anda ne yuz dardi jonsoʻz,
Ne koʻngul, ne anga ming neshi dildoʻz.
Nechukkim yoʻq koʻngul yoʻq gʻamdin ozod,
Boʻlub yoʻq jon dogʻi yoʻq qaygʻudin shod.
Vujud ichra yoʻq oloyish alargʻa,
Adam kunjida osoyish alargʻa.
Borin ul uyqudin uygʻotting oxir,
Yigʻibon bir-biriga qotting oxir.
Bu yoʻqlargʻa yoʻq erdi rasmu roye,
Ne imkon xudkim oʻlgʻay muddaoye.
Borisin bir-biriga band qilding,
Oʻkush hikmat bila rayvand qilding.
Oʻzung surdung raqam torqoch bu noma,
Shaqiy yoxud said erkonga xoma.
Nasib etting ani qilgʻonda jonliq,
Tuman ming ajz birla notavonliq.
Rahm ichra gʻizo ham ulki ma’lum,
Havoyi dilkusho ham ulki ma’lum.
Bu zindondinki jismin ranja aylab,
Chiqording yuz tuman ishkanja aylab.
Qilib hissu quvodin oni ma’yus,
Ham etting mahd zindonida mahbus.
Yetib besh-olti qatra sutga muhtoj,
Ul oʻlsa toʻq, agar ul boʻlmasa och.
Och oʻlsa yoʻq tili istarga ma’kul,
Boʻlub oʻz holigʻa yigʻlargʻa mashgʻul.
Toʻq oʻlgʻach daf’igʻa yoʻq aqli yori,
Ne ul quvvatki boʻlgʻay ixtiyori.