Farhod va Shirin (I- qism) Alisher Navoiy


Farhod va Shirin (I- qism)



Yüklə 1,43 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/270
tarix05.04.2022
ölçüsü1,43 Mb.
#54728
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   270
Q-P5Z3jVp1RjnKfKxLaSChq1eRjDUex8

Farhod va Shirin (I- qism) 
Alisher Navoiy 
 

library.ziyonet.uz/ 
 
Qoʻyargʻa ollida boshin mukarrar.  
Topib quvvatligʻ andoq necha Xarchang  
Ki, tortib ranjasidin sheri nar chang.  
Tutub mahsuli hirzin xoʻsha xirman,  
Chayongʻa Kaffaning ostida maskan.  
Oʻzin qoshigʻa chun qurbon qilib yo,  
Qilib Jady anga shoxu ray muhayyo.  
Dema Dalv ichra suvkim, kavsari roh,  
Topib Hut oʻzni ul bahr ichra timsoh.  
Bulardin chun biyik tortib amori,  
Savobit durlarin aylab nisori.  
Alardin yuqoriroq chun qilib mayl,  
Oʻpub yoʻlin maloyik yuz tuman xayl.  
Qanot birla yoʻli gardin qilib pok,  
Bu eldin qolmayin ul yoʻlda xoshok.  
Berib chun Arshqa zoti tafoxur,  
Boʻlub Arsh afsar, ul afsar uza dur.  
Chu Kursi toʻridin riroya topib,  
Biyik Lavhu Qalamdek roya topib.  
Yuqorroq koʻrguzub chun raxshi novard,  
Chiqorib lomakon maydonidin gard.  
Tushub andin biyik chun ittifoqi,  
Borib andoqki tebranmay Buroqi.  
Samandin tashlagach ul ma’naviy ganj,  
Samandidek tutub raykin dogʻi ranj.  
Quvonib royboʻsi birla Rafraf
(6)
,  
Maloyik yer Oʻpub ollida saf-saf.  
Yetak silkib, ayoq tortib boridin,  
Qoʻyub yuz benishonliq har soridin.  
Yetak yengdin ilik tortib ayoq ham,  
Ayoq birla ilik borib qiroq ham.  
Tanidin toʻrt gavhar naqshi borib,  
Boʻyi olti jihat toʻnin chiqorib.  
Demakim toʻrtu oltidin mubarro  
Ki, beshu ikkidin dogʻi muarro.  
Chiqorib oʻzlugi tufrogʻidin gard,  
Ne oʻzlukkim, oʻzidin ham boʻlub fard.  
Makoni boʻlmayin juz bemakonliq,  
Nishoni qolmayin juz benishonliq.  
Chu qolmay ne nishoni, ne makoni,  
Topib maqsad makonidin nishoni.  
Nasimin zohir aylab vasl bogʻi,  
Topib maqsud isi yoʻqlugʻ dimogʻi.  
Chekib dam ajdahoyi ganji maqsud,  
Yugurtub aylabon budini nobud.  
Chu qildi jilva shodurvoni vahdat,  
Nasimi vasl ochib domoni vahdat.  
Inoyat ilgi olamdin nihoni,  
Harimi vahdat ichra chekti oni.  
Sururgach «Motagʻo»
(7)
 tufrogʻin ul bogʻ,  
Chekildi nargisiga kuhli «mo zogʻ»
(8)
.  
Anga bu surma boʻlgʻoch qurratul-ayn,  



Yüklə 1,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   270




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin