Farhod va Shirin (I- qism) Alisher Navoiy


Farhod va Shirin (II- qism)



Yüklə 1,43 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə163/270
tarix05.04.2022
ölçüsü1,43 Mb.
#54728
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   270
Q-P5Z3jVp1RjnKfKxLaSChq1eRjDUex8

Farhod va Shirin (II- qism) 
Alisher Navoiy 
 
45 
library.ziyonet.uz/ 
 
Arigʻ avqotu avrodidin oning.  
Anga boʻlmish edilar oʻyla maftun  
Ki, boʻlgʻay ishq aro Layligʻa Majnun.  
Ulumi xufyakim Suqroti komil  
Aning holigʻa qilmish erdi shomil.  
Alardin biri bir ism erdi nomi,  
Bu xosiyat ani aylab kiromi  
Ki, yuz ming band aro gar boʻlsa qoyil,  
Qayonkim borsa boʻlmay band hoyil.  
Yoʻlida boʻlsa yuz mahbus darband,  
Chu ul yetgach ochilgʻay sarbasar band.  
Ani chun ism gʻamdin forigʻ etgay,  
Qayonkim istar oʻlsa koʻngli ketgay.  
Qilib ul ism amrigʻa itoat  
Ki, ojiz boʻlmagʻay qilmoqqa toat.  
Yarim tunlar ochib har bandkim bor.  
Yana ollinda har darbandkim bor  
Chiqib aylar edi ul togʻni gasht,  
Matofi erdi gohi togʻu gah dasht.  
Beribon toshqa koʻksidin ozor  
Ki, yigʻlab togʻ aning ahvoligʻa zor.  
Urub jonigʻa tigʻi louboli,  
Qilib dard oʻtidin koʻnglini xoli.  
Chekib togʻ ichra yuz afgʻonu faryod,  
Urub oʻz jonigʻa ming tigʻi bedod.  
Yonib ul chogʻdakim ketmay qarongʻu,  
Hanuz el koʻzlarida sokin uyqu.  
Tutub rinhoni ul bandu kushodin  
Ki, el fahm etmagaylar ul arodin.  
Chu boʻlsa el aro bu nukta mashhur,  
Hamono Xusrav etkay elni maqhur.  
Supub fahm etmay ul ishni kamohi,  
Ul el ahvoligʻa yetgay tabohi.  
Va lekin sirrin anglab erdilar xayl,  
Aning komigʻa aylab jon bila mayl.  
Bilibkim ul humoyi charxrarvoz,  
Bora olur qayonkim qilsa andoz.  
Vale yeb ul ulus fikrini behad,  
Oʻzin band ichra qilmishdur muqayyad.  
Dedilar borcha: «K-ey olamda nodir,  
Valoyat nuri ruxsoringda zohir.  
Nedin bilduk oʻzingni band etibsen,  
Salosil qaydida xursand etibsen.  
Bizingdek xalq joni benavosi,  
Sening bir tori moʻyungning fidosi.  
Qayonkim xotiring istar, qadam ur,  
Bu mahzun xaylni Tengriga torshur.  
Nechakim yetsa Xusravdin gʻaromat,  
Ne boʻlsoq biz boʻlub, sen boʻl salomat».  
Dedi Farhodkim: «Yey notavonlar,  
Falakdin men kibi ozurda jonlar
(1)
.  
Qachon kelgay bu ish ahli vafodin,  
Xususan men zaifi mubtalodin  



Yüklə 1,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   270




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin