Bu kishvarlargʻa koʻrguzgay xiromin.
Chekib magʻribda tigʻi kini bedod,
Tirik mushkilki qoʻygʻay odamizod.
Madoyin shahrin odamdin oritqay,
Xito mulkigʻa tufrogʻin toshitqay.
Chu osorini mahv etkay jahondin,
Su quygay anda bahri bekarondin.
Ravoqu toq boʻlgʻay anda noyob,
Ayon boʻlgʻay minor oʻrnigʻa girdob.
Tugangay odam avlodi hisobi,
Kishi oʻrnigʻa boʻlgʻay shaxsi obi.
Oʻlub men begunah, Xusrav gunahkor,
Bu vayronliqqa ul boʻlgʻay tabahkor.
Manga charx etsa yuz ming kinu bedod,
Bu soʻzdin xud ne nav’ etgay edim yod.
Vale Rarvezning nodonligʻidin,
Boʻlurgʻa dahrning vayronligʻidin,
Tahammulsiz boʻlub torti soʻzim tul,
Xaloyiq qilmasun vahmigʻa mahmul.
Soʻzumni har ne erdi koʻtah ettim,
Jahondin doʻst yodi birla kettim.
Bu soʻzlarni debon qoʻrgʻongʻa boqti,
Oʻpub yer, oʻt ulus jonigʻa yoqti.
Dedi: «Yemdi qiling nekim qilursiz,
Osarsiz, gar chorarsiz, siz bilursiz!
Tugatgach, soʻzni bedod ayladilar,
Ani Xusrav qoshidin sudradilar.
Anga tegruki dor urmishlar erdi,
Oʻtun, oʻt dogʻi kelturmishlar erdi.
Tushub bori ulus ichra gʻirevi
Ki, oʻlgay begunah andogʻ xidevi.
Xabar qoʻrgʻonda boʻlmish erdi ravshan
Ki, mundogʻ la’b qildi charxi rurfan.
Parirux3 birla Bonudin nihoni.
Kuyarlar erdi el yod aylab oni.
Koʻrub dor ostida jismi xarobin,
Hamul boʻynigʻa bogʻlangʻon tanobin.
Hisor ahli aro vayronligʻ erdi,
Yetib oʻlmoqqa ulkim jonligʻ erdi.
Buyon Xisrav bila jam’i xavosi,
Xavosi demayinkim, omu xosi.
Qolib hayron aning donoligʻidin,
Tahavvur birla berarvoligʻidin.
Xaloyiq yigʻlabon bekasligiga,
Siyosat4 loyiqi ermasligiga.
Yebon Xusrav dogʻi ul ishdin afsus,
Vale qoʻymoy aning tarkiga nomus.
Buzurg Ummid daxl etmak Koʻrub farz,
Tilab xilvat ravoni ayladi arz.
Ki, oʻlturmaklik oni bejihatdur,
Junungʻa bandu zindon maslahatdur.
Anga oʻxsharki ozroqdur gunohi,
Tahoshisizligʻi basdur guvohi.