Kezib ishq ahligʻa qilgʻil munodi
Ki, Farhod oʻldi oshiqliq aro zor,
Vale yetti anga Xusravdin ozor.
Bukim, der erdingiz sultonimizdur,
Raiyat biz-bizu ul xonimizdur.
Bukun sultoningizgʻa zulm yetti,
Jahondin notavonligʻ birla ketti.
Kerakkim jam’ oʻlub tortib sirahlar,
Tutub soʻg oʻylakim, oʻlganda shahlar.
Burun Xusravgʻa chun abri bahoron,
Qilib oh oʻqlaridin tirboron.
Figʻon oʻtidin oʻrtab kishvarini,
Kul aylab toju taxtu afsarini.
Boʻlub giryon bu zori benavogʻa,
Bering boru yoʻqin seli fanogʻa.
Vafo qasrin bu yangligʻ aylab obod,
Ravonimni oʻzungizdin qiling shod.
Yana Shorurgʻa deb xayrbodim,
Degaysen: «K-ey rafiqi nomurodim.
Ne qonkim, yutmading hamdamligʻimdin,
Ne gʻamkim, chekmading mahramligʻimdin.
Manga ul vaqtdinkim hamdam oʻldung,
Giriftori balou motam oʻldung.
Vafo oyinu sharti muncha boʻlgʻay,
Magarkim Tengri-oʻq uzrungni qoʻlgʻay.
Hamisha voqif oʻl qabrim toshidin,
Ayogʻing chekma tufrogʻim boshidin».
Chu bu yerlarga yetkurdi navoni,
Yetishti ogʻzigʻa ozurda joni.
Boʻlub mundoq maqolotidan ogoh,
Dedi: «lohavl», etib «astagʻfirulloh».
Buzulgʻon joni jononigʻa tushti,
Balo oʻti buzuq jonigʻa tushti.
Ul oʻt bir nav’ kuydurdi vujudin
Ki, kul qildi vujudi toru rudin.
Qilib jononi otin tilga ta’lim,
Tutub jonon otin, jon etti taslim.
gʻamu dardu balogʻa tushti gʻavgʻo
Ki, gardun ahligʻa yovushti gʻavgʻo.
Bu motam ichra ishqi otashangez,
Solib boʻynigʻa aynidin qaro kiz.
Qolib dardu balo beyoru munis,
Boʻlub hijron tuni besham’i majlis.
Falak mung birla oning jonin olib,
Bularni dogʻi onsiz munggʻa solib.
Sibo’ ul holni aylab nazora,
Qilib Farhodkushni rora-rora.
Koʻzidin ashki gʻaltonin oquzmay,
Yer uzra qatrai qonin tomuzmay.
Tishu changol ila yirtib damo-dam,
Dema Farhodkushkim, oʻzlarin ham.
Koʻrub ul zoru bekas motamidin
Ki, hayvon beh vafosiz odamidin.