Farhod va Shirin (I- qism) Alisher Navoiy


Farhod va Shirin (II- qism)



Yüklə 1,43 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə205/270
tarix05.04.2022
ölçüsü1,43 Mb.
#54728
1   ...   201   202   203   204   205   206   207   208   ...   270
Q-P5Z3jVp1RjnKfKxLaSChq1eRjDUex8

Farhod va Shirin (II- qism) 
Alisher Navoiy 
 
87 
library.ziyonet.uz/ 
 
Agarchi bu umid aylab ani shod  
Ki, Shirindur aning, chun bordi Farhod.  
Vale bu vahmdin har lahza gʻamgin  
Ki, netgay kinigʻa, charx aylasa kingʻ  
Kelib chun jahl gʻolib, nafs tolib,  
Boʻlub ul nafs joʻyoyi matolib.  
Muni bilmayki, tutqon zahrlik jom,  
Qilur ham zahr oshomin saranjom.  
Fatila dogʻ uchun oʻt solsa har dam,  
Agarchi kuydurur, lekin kuyar ham.  
Yilondin kimga zaxmi boʻlsa hodis,  
Hamul zaxm-oʻq boʻlur qatligʻa bois.  
Dedi: «Bu ish kerakmas erdi mundoq,  
Chu boʻldi, boʻlmas ishda sust boʻlmoq».  
Yibordi kordonlar qal’a sori,  
Berib har birga soʻzning ixtiyori  
Ki, arz aylab sitam, taslim dogʻi,  
Umid etkaylar ifsho, biym dogʻi.  
Koʻp afsunlar bila boʻlub mulozim,  
Iki tavsanni qilgʻaylar muloyim.  
Fusungarlar chu bu guftor topib,  
Borib qoʻrgʻon ichinda bor topib;  
Debon Bonugʻa jondin koʻp sanolar,  
Yana mahvashqa andin koʻp duolar.  
Debon Xusravdin oncha mehribonliq,  
Niyozu ajz birla notavonliq.  
Fusundin koʻrguzub oncha daloyil  
Ki, Bonuni qilib ul ishka moyil.  
Kirib arkoni davlat ham arogʻa,  
Boʻlub hamdoston ul mojarogʻa.  
Debon xilvatda koʻp rozi nihoni  
Ki, Xusravdur jahonning hukmroni.  
Nasabda borcha sultonlar shahidur,  
Hasab ichra nihonlar ogahidur.  
Bizing birlaki qilmish mayli rayvand,  
Ne derbiz boʻlmayin bu ishga xursandgʻ  
Tirik boʻlsa edi Farhodi gʻamgin,  
Qilur erdi kiroy qilmoq munga kin.  
Chu ul bordi, xusumat bejihatdur,  
Bu shah ra’yigʻa kirmak maslahatdur.  
Nechuk qilgʻay bir ish ahli maoni  
Ki, sudi ozu koʻp boʻlgʻay ziyonigʻ!  
Kerak Rarvez paymonigʻa kirmak,  
Erur bevajh el qonigʻa kirmak.  
Bu kishvarniki zulmi qildi barbod,  
Magar ham qilgʻay oning adli obod!  
Harif ermas durur xorogʻa shisha,  
Chu tushti oʻt, kuyar xirmon hamisha.  
Mihinbonu bu soʻzlar aylagach goʻsh,  
Koʻrub ma’qul, bir dam boʻldi xomush.  
Bu ishni dogʻikim Farhodi mazlum,  
Ne yangligʻ oʻldi qilmish erdi ma’lum.  
Aning dardigʻa koʻp qon yutmish erdi,  



Yüklə 1,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   201   202   203   204   205   206   207   208   ...   270




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin