Farhod va Shirin (I- qism) Alisher Navoiy


Farhod va Shirin (II- qism)



Yüklə 1,43 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə207/270
tarix05.04.2022
ölçüsü1,43 Mb.
#54728
1   ...   203   204   205   206   207   208   209   210   ...   270
Q-P5Z3jVp1RjnKfKxLaSChq1eRjDUex8

Farhod va Shirin (II- qism) 
Alisher Navoiy 
 
89 
library.ziyonet.uz/ 
 
Yoʻq ersa boʻlmish elning toqati toq,  
Yaqindurkim boʻlub Bonu bila oq
(3)
.  
Berib tatvil mundoq guftu goʻgʻa,  
Ochib qoʻrgʻonni bergaylar aduvgʻa.  
Eshitgach boʻyla har yondin takallum,  
Tushub koʻngliga haddin koʻp tavahhum.  
Kirib Shirin qoshigʻa ochti rozin,  
Falakdin oshurub soʻzu gudozin  
Ki: «Yey jismimgʻa, bal jonimgʻa rayvand,  
Yuzungga jismu jonim orzumand.  
Bir ishdurkim takallum sursa boʻlmas,  
Netaykim oni ham yoshursa boʻlmas».  
Ulus bu nav’ deydurlar hikoyat,  
Tamomin ayladi bir-bir rivoyat.  
Dedi Shirinki: «Yey quti hayotim,  
DeKimdur, garchi mone’dur uyotim.  
Manga juft ul, ulusning fardi erdi  
Ki, koʻnglum quti, oning dardi erdi.  
Chu kechti juftdin ul toqi ofoq,  
Nechuk men juft koʻzlay, ul borib toqgʻ  
Vafo ahli ishi mundoq boʻlurmugʻ  
Vafo aylar kishi mundoq boʻlurmugʻ  
Firoqida bukunluk-tonglaliqmen,  
gʻamidin oʻylakim, suvsiz baliqmen.  
Baliq holi bu boʻlgʻay suvdin ayru  
Ki, tolrinmoqdin oʻlgʻay istabon suv.  
Aning hajrida tolrinmoq ishimdur,  
Chu tolrindim, oʻlub tinmoq ishimdur.  
Manga chun yoʻq tiriklikning falohi,  
Siz aylang ulcha boʻlgʻay el salohi.  
Ulusgʻa koʻp shikanju ranj berdim,  
Men archi bermadim, bois men erdim.  
Tiriklikda xud ettim elni noshod,  
Oʻlarda bori etmay zulmu bedod».  
Mihinbonu chu torti boʻyla ruxsat,  
Chiqib xushdil, gʻanimat koʻrdi fursat.  
Saloh amrida bogʻlab chust belni,  
Tilab Xusrav qoshidin kelgan elni,  
Dedi: «Shoh olligʻa ayting salomim,  
Yana bu nav’ arz aylang rayomim  
Kim, ul kundinki doroyi zamona  
Ki, boʻlsun toju taxti jovidona,  
Qilib rayvand e’lomin sarogʻoz,  
Meni bu soʻz bila qildi sarafroz.  
Oʻpub maktubni qoshimgʻa qoʻydum,  
Sudo’ afsunidek boshimgʻa qoʻydum.  
Qilib qosidgʻa oyini muroot,  
Chiqordim charx uza koʻsi mubohot.  
Va lekin koʻrguzub dilreshliq ham,  
Qilib oyini durandeshliq ham.  
Oʻzum-oʻq qildim oʻz aybimni izhor,  
Shikasti gavhari jaybimni izhor.  
Ne bildimkim bu soʻzda rayb ekandur,  



Yüklə 1,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   203   204   205   206   207   208   209   210   ...   270




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin