Farhod va Shirin (I- qism) Alisher Navoiy


Farhod va Shirin (II- qism)



Yüklə 1,43 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə210/270
tarix05.04.2022
ölçüsü1,43 Mb.
#54728
1   ...   206   207   208   209   210   211   212   213   ...   270
Q-P5Z3jVp1RjnKfKxLaSChq1eRjDUex8

Farhod va Shirin (II- qism) 
Alisher Navoiy 
 
92 
library.ziyonet.uz/ 
 
Aningdekkim falak qoʻrgʻonidin mehr.  
Maqomi boʻldi gulnori amori,  
gʻazoli tegrasida lolazori.  
gʻazole demakim, zarrin gʻazola,  
Shafaqdin har yon atrofida lola.  
Harorat birla titratmak nishoni,  
Quyoshdek rangin aylab za’faroni.  
Surarda Armaniya sori mahmil  
Ki, qilgʻay sihhat ayvonida manzil.  
Chiqib Xusrav sirohining tamomi,  
Tamosho sori borining xiromi.  
Amorisigʻa ul oyning qolib mot,  
Quyosh atrofida andoqki zarrot.  
Magar hodis qilib erdi havodis,  
Ajab shahzoda shah mulkiga voris.  
Sharar andoqki, boʻlgʻay oʻtqa farzand  
Bashoqdekkim, erur temurga rarkand.  
Aning birla atosi tab’i noxush,  
Ato tavri dogʻi kelmay anga xush.  
Ato hargiz oʻgʻul koʻngliga boqmay,  
Oʻgʻulgʻa ham ato af’oli yoqmay.  
Bu kunkim xalq chiqti beshumora,  
Chiqib ul ham qilur erdi nazora.  
Quyosh mahdigʻa boqqach tund bode,  
Amori zayligʻa berdi kushode.  
Bulut chun ketti, zohir boʻldi ul oy,  
Dema oy, oftobi olamoroy.  
Koʻrub Sheruya ul husni jahontob,  
Ichiga ishq oʻti soldi nihon tob.  
Borib manzilgʻa chun tushti dilorom,  
Munung koʻnglidin itti hosil orom.  
Tunu kun zoyil oʻldi xoʻrdu xobi,  
Boʻlub afzun damodam iztirobi.  
Chu bildikim oʻlar bu gʻamda beshak,  
Dedi koʻnglida «oʻlmakdin tirilmak».  
Kerak tadbir ila qilmoq xayoli  
Ki, mumkin boʻlgʻay ummidi visoli.  
Ato qatligʻa bu ish munhasirdur,  
Bu ishga ishq gʻavgʻosi musirdur.  
Chu oshiq bordur oʻz qatligʻa bebok,  
Yanalar qatlidin koʻnglida ne bok.  
Dedi: «Xusrav agar chiqsa arodin,  
Boʻlur komim ravo ul dilrabodin.  
Ani daf’ aylasam olam meningdur,  
Bu mehri olamoro ham meningdur.  
Emas ummid yalgʻuz rodshahliq  
Kim, oning vasliyu yuz rodshahliq».  
Chu fikr etti bu tadbiri xatoni,  
Ulusqa va’dalar aylab nihoni.  
Oʻziga chekti Xusrav qavmu xaylin,  
Oʻzi sori borining torti maylin  
Ki, Xusrav zulmi haddin oshmish erdi,  
Jafosi tund seli toshmish erdi.  



Yüklə 1,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   206   207   208   209   210   211   212   213   ...   270




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin