Vale ul vaqt Bahromi dilovar,
Nahange erdi qon ichra shinovar.
Qilichi suyi daryoyi maxofat,
Boʻlub javharlar anda mavji ofat.
Falak bahromigʻa gar koʻrguzub kin,
Koʻrunub ollida Bahromi choʻbin
(1)
.
Falak raxshin zabun aylab samandi,
Zuhal qaddin nigun aylab kamandi.
Qarongʻu kecha chiqqach oʻqi yodin,
Oʻtub yetti falakdin, yoʻq Suhodin.
Tutub Chinu Xito ahli musallam
Ki, ish vaqti emas Farhoddin kam.
Valek ul soyir eldin jovidona,
SOʻpub Farhod holidin nishona;
Chu ul ish tutti shuhrat Hind to Rum,
Xito ahligʻa dogʻi boʻldi ma’lum.
Bu soʻz yetgan zamon Bahromi bixrad,
Xito xonigʻa bor erdi sirahbad.
Vale Farhodsiz bor erdi ranjur,
Nechukkim yorsiz Farhodi mahjur.
Chu xon ham bor edi Farhodgʻa a’m,
Aning soridin ermas erdi begʻam.
Kelib xon ollida arz etti Bahrom
Ki, bu yangligʻ xabar boʻlmish durur om.
Ki: «Magʻrib sori mulki Arman otligʻ,
Bor ermish yuz Eram andin uyotligʻ.
Bu mulk ichra bor ermish bir Parizod
Ki, boʻlmish ishqidin devona Farhod.
Agar hukm etsa xon lutfu atodin,
Cheriklar jam’ etib Chinu Xitodin
Azimat aylabon Magʻrib zamingʻa,
Yetursam oʻzni Farhodi guzingʻa.
Torilsa, qilsam ul holigʻa tadbir,
Yoʻq ersa, koʻrsam ulkim boʻlsa taqdir».
Ijozat berdi xon, royin Koʻrub xoʻb
Ki, vahmi bor edi Bahromdin koʻr.
Dedi: «Ul xud oʻlubtur, bu ham itsun.
Qayonkim, xotiri mayl etsa, ketsun!»
Ijozat torti chun farxunda Bahrom,
Cherik tortib zamone tutmay orom,
Kelib Magʻrib zamingʻa koʻch-barkoʻch,
Qilib elning iki koʻchicha bir koʻch.
Chu Arman sori soldi zilli iqbol,
Tilab ul elni tahqiq ayladi hol.
Mukarrar koʻp qilib soʻrmakda tadqiq,
Aningdekkim, bor erdi qildi tahqiq.
Urub dard oʻti koʻnglidin zabona,
Hamul madfan sori boʻldi ravona.
Qilib ta’jil, yetti xotiri resh,
Hamul dam goʻyiyo charxi jafokesh.
Ulus Farhod soʻgin qilmay oxir,
Bu ikki motam etmish erdi zohir.
Chekib vohasrato ul kishvar ahli,