Ki, bu ishlarda yoʻq oning gunohi.
Vale kelmakda ojizdur bagʻoyat,
Manga qilsang bu kelmakni inoyat.
Nekim holi desang, jon birla qilsun,
Ne soʻngra ahdu paymon birla qilsun».
Koʻrub Shorurgʻa ul qissani kom,
Aning kelmokligidin kechti Bahrom.
Dedi: «Lekin bu kishvar ahli ta’yin
Qila olmosa nekim qilsa taxmin
Ki, to Xusrav cherik chekmish bu sori,
Ne nuqson boʻlmish andin elga tori.
Ham oncha vajh andin elga yetsun,
Ani yetkurgach oʻz mulkiga ketsun.
Vale ahd aylasunkim, yetsa filhol,
Yana bir oncha andin qilsun irsol».
Degach Shorur hukm ul notavongʻa,
Eshitgach hukm, minnat qoʻydi jongʻa.
Nekim el istadi toʻkti xizona,
Xizona sarf etib boʻldi ravona.
Yana oncha yibormakka qilib ahd,
Ani ham yetkurub koʻp aylabon jahd.
Yigʻib Arman elin farxunda hokim,
Qilib Farhod uchun raddi mazolim
Ki: «Xusravdin ne ishkim boʻldi hodis,
Kishikim desa Farhod erdi bois;
Nekim arz etsa nobudu ziyondin,
Olib za’fini, xushnud oʻlsun ondin».
Bu soʻzdin shoʻru gʻavgʻo tushti har yon,
Figʻon birla alolo tushti har yon
Ki: «Haqdin borimizning iltimosi
Bu erdikim, aning boʻlsoq fidosi.
Chu biz yoʻlida soʻz jondin degaybiz,
Ne boʻlgʻay molkim, ondin degaybiz.
Emas el royi birla hukmi taqdir,
Nekim taqdir anga boʻlmish ne tadbir.
Duosigʻa hamisha mushtagʻilbiz,
Ne qilmish har ne qilmish ham bihilbiz».
Muhosiblargʻa ta’yin etti filhol
Ki, ul el ichra qismat torti amvol.
Tuzarga mulk aro hashmat asosin,
Tilab el ichra Bonu aqrabosin.
Birovnikim, topib borigʻa foyiq
Ki, boʻlgʻay saltanat amrigʻa loyiq.
Qilib Arman elining rodshohi
Ki, boʻlgʻay kishvar ahlining ranohi.
Qilib ul adl oyinini bunyod
Ki, adlidin boʻlub vayronlar obod.
Ne yerkim buzdi beandoza Xusrav,
Ani aylab imorat toza xusrav.
Berib Bahrom anga hashmat asosin,
Livou toju ganji beqiyosin.
Topib ham maqdamidin taxt roya,
Solib ham boshi uzra chatr soya.