Farhod va Shirin (I- qism) Alisher Navoiy


Farhod va Shirin (II- qism)



Yüklə 1,43 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə219/270
tarix05.04.2022
ölçüsü1,43 Mb.
#54728
1   ...   215   216   217   218   219   220   221   222   ...   270
Q-P5Z3jVp1RjnKfKxLaSChq1eRjDUex8

Farhod va Shirin (II- qism) 
Alisher Navoiy 
 
101 
library.ziyonet.uz/ 
 
Faza’ ichra nechukkim mahshar ahli.  
Birovni istadi Bahromi ranjur  
Ki, holat fahm qilgʻay keldi Shorur.  
Eshitmish erdi oning vasfini ham,  
Guzin Farhodgʻa erkanni hamdam.  
Ham eshitmish edi Shoruri miskin,  
Ani Farhodning dardigʻa taskin.  
Torishtilar chu bir-birni soʻrushub,  
Base yigʻlashtilar keb-keb koʻrushub.  
Bilib Bahrom chun soʻrmoq qilib fan  
Ki, ul gunbaz durur yorigʻa madfan.  
Kirib, gunbazgʻa koʻkdin voyi oshib  
Ki, koʻk gunbazlarigʻa oʻt tutoshib.  
Qilib bir nav’ shevanlarki ul bum  
Yerib ohi oʻtidin oʻylakim mum.  
Jahongʻa oʻt solib bir kecha-kunduz,  
Debon Farhod ayogʻigʻa qoʻyub yuz  
Ki: «Yey jondin meni navmid qilgʻon,  
Balou mehnatim jovid qilgʻon.  
Koʻzum chiqsun, seni koʻrguncha mundoq,  
Kesilsun til, soʻzung soʻrguncha mundoq.  
Nelar kelmish boshinggʻa gʻurbat ichra,  
Ne gʻurbatlar chekibsen shiddat ichragʻ!  
Nasibing soʻzu ohe boʻlgʻon ermish,  
Taning koʻhi chu kohe boʻlgʻon ermish.  
Qani ul ajdahogʻa surmak oxirgʻ  
Qani ul Ahraman oʻlturmak oxirgʻ  
Qani ulkim, chu boʻlgʻoch kingʻa moyil,  
Bulutni charx etib olligʻa hoyilgʻ  
Qani tigʻingdin oʻlmoq togʻ aro darzgʻ  
Qani gurzingdin oʻlmoq dasht aro larzgʻ  
Firoq ayyomi tovsholgʻon emishsen,  
Bas ogʻir uyqugʻa qolgʻon emishsen.  
Koʻzung ochib, koʻtargil boshing oxir  
Ki, kelmish bir hazin qoʻldoshing oxir!  
Ne uyqudurki yetti koʻkka hoʻyum,  
Jahongʻa oʻrt soldi guftu goʻyum.  
Yetib gardungʻa un seskanmaging yoʻq,  
Tushub olamgʻa oʻt tebranmaging yoʻq.  
Koʻz ochmassen, debon: «kelgan qulumdur»,  
Masal chin boʻldikim: «Uyqu – oʻlumdur!  
Meningdek qul sanga olamda mavjud,  
Sen a’do zulmidin bu nav’ nobud.  
Bu ishning toqati mendin yiroqdur,  
Muni koʻrguncha oʻlsam yaxshiroqdur.  
Sening qoninggʻa tortib tigʻi kinni,  
Teng etsam yer bila Magʻrib zaminni.  
Qazib togʻini daryosigʻa solsam,  
Tengiz suyini sahrosigʻa solsam.  
Bilodi bahr ichinda boʻlsa noyob,  
Minoridin nishonlar boʻlsa girdob.  
Tuman ming qonning oʻlsam razmsozi,  
Sening qoninggʻa boʻlgʻaymu muvozigʻ!  



Yüklə 1,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   215   216   217   218   219   220   221   222   ...   270




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin