Farhod va Shirin (I- qism) Alisher Navoiy


Farhod va Shirin (II- qism)



Yüklə 1,43 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə227/270
tarix05.04.2022
ölçüsü1,43 Mb.
#54728
1   ...   223   224   225   226   227   228   229   230   ...   270
Q-P5Z3jVp1RjnKfKxLaSChq1eRjDUex8

Farhod va Shirin (II- qism) 
Alisher Navoiy 
 
109 
library.ziyonet.uz/ 
 
Kerak rarvona kuygay koʻrguzub shavq.  
Gulikim dahr bogʻin gulshan aylar,  
Nasimi koʻz charogʻin ravshan aylar.  
Nechakim rangu boʻyi jonfizodur,  
Jual xayligʻa atridin vabodur.  
Jual koʻngli uchun bogʻ ichra bulbul,  
Deyolgʻaymuki, ruhafzo emas gulgʻ  
Jual andoqki, loʻliyi siyahroʻy,  
Yasar rayvasta sahro dashtida goʻy.  
Ani elturda naqdi jon masallik,  
Nigun aylar boshin chavgon masallik.  
Bu goʻy oʻlmish duri gʻaltoni goʻyo,  
Dema dur, balki naqdi joni goʻyo.  
Aning tab’i aro boʻlgʻonni margʻub,  
Desunmu soru bulbulkim erur xoʻbgʻ  
Jualgʻa xirmani gul rangu boʻyi,  
Bil andoqkim, aning bulbulgʻa goʻyi.  
Vale har kimsakim tab’i mudiqdur,  
Bilur bu ikkidin qay bir muhiqdur
(9)
.  
Hamul bulbul bukun menmenki, aflok  
Qushe fahm aylamas mendek shagʻabnok
(10)
.  
gʻami ishq ichra ming afgʻoni oning,  
Har afgʻonida ming dostoni oning.  
Bu gulshan bulbuli boʻstonsaroyi,  
Dema boʻstonsaro, dastonsaroyi.  
Navoiy, haddin oshti soʻzda lofing,  
Bilindi ayni voqe’din gazofing.  
Bu da’vi dastgohin bir zamon yigʻ,  
Chu da’vi ichra ma’ni yoʻq, ne osigʻgʻ  
Qoʻyay bir lahza shoirliq shiorin,  
Chin aytay oʻz shiorim yoʻqu borin.  
Men ul tufrogʻmenkim, charxi bebok,  
Natija bermas ondin gʻayri xoshok.  
Yoʻq ulkim garddek el farqin olmish  
Ki, xas yangligʻ ayogʻ ostigʻa qolmish.  
Lagadkoʻbi zamondin yuz maloli,  
Boʻlub olam elining roymoli.  
Nechakim el ayogʻidin topib koʻb,  
Quyundek tushmayin holigʻa oshub
(11)
.  
Mashaqqat xaylidin boʻlgʻon soyi rast,  
Yetib ul xayl-xayli dast-bardast.  
Gahikim sarsari mehnat yetib tez,  
Qilib ajzosin oning vahshatangez.  
Havodis tundbodi qoʻzgʻoloni  
Qazib bir damda bunyodidin oni.  
Ayirib bir-biridin uzv-uzvin,  
Demakim uzv-uzvin, juzv-juzvin.  
Havoyilar kibi bechora aylab,  
Maqomi aslidin ovora aylab.  
Urub gah togʻu gah homungʻa oni,  
Chekib xasdek gahi gardungʻa oni.  
Qilib yel xaylidek bir dam jahongard,  
Buxor ajzosi yangligʻ osmongard
(12)
.  



Yüklə 1,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   223   224   225   226   227   228   229   230   ...   270




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin