Ki, ham olimsen ul dam ham xiradmand.
Nazar qilkim ne amru nahy etar Haq,
Haq amru nahyidin bosh chekma mutlaq.
Ne kim qil deb turar favt etmagil hech,
Nelarkim qilma debtur borchadin kech.
Vagar hikmatqa boʻlsa iltifoting
Ki, boʻlsun Nuh umricha hayoting.
Burun qil oʻz mizojinggʻa taammul,
Ne holi bor ekonni angla bilkul.
Chu tahqiq anglading hikmat musirdur,
Mungakim ne mufidu ne muzirdur
(9)
.
Mufid ashyogʻa doyim ishtigʻol et,
Vale bor ishda mayli e’tidol et.
Nekim boʻlsa muzir, boʻlgʻil haroson
Ki, boʻlgʻay tab’inga mushkillar oson.
Nekim boʻlsa mizojinggʻa guvoro,
Anga koʻp mayl qilma oshkoro.
Bu soʻzni ahli hikmat deb durur xoʻb,
«Yamondin oz behkim, yaxshidin koʻr»
(10)
.
gʻizo boʻlsa mufidu tab’ rogʻib,
Bas et tab’ing hanuz oʻlgʻonda tolib.
Bu dogʻi tormagʻuncha hazmi komil,
Badanni qilma ortuq yukka homil.
Agar hayvon suyidur gʻayri maqdur,
Erur gar me’da qilmas hazm, ma’zur.
Bu yangligʻ hikmat oyinida chust oʻl
Ki, doyim komronu tandurust oʻl.
Vagar tarix sori aylagung mayl,
Muni bilgachki ne ish qildi har xayl.
Salotineki boʻldilar jahongir,
Ne yangligʻ qildilar har ishda tadbir.
Qayu zulm ayladi, qay bir adolat,
Ne ishga ayladi har bir dalolat.
Ne ishdin mamlakat obod boʻldi,
Qayu ishdin ulus barbod boʻldi.
Nedin torti mamolik istiqomat,
Ne ishdin elga yuzlandi salomat.
Cherik oyini ne ishdin tuzuldi,
Aduvning xayli ne ishdin buzuldi.
Ne nav’ ish birla torti din ishi sud,
Ne ishdin oxirat torti ziyonbud.
Ne ish har shohning boʻldi sifoti
Ki, qoldi olam ichra yaxshi oti.
Topibdur daf’a-daf’a borcha tahrir,
Chu solgʻungdur nazar borigʻa bir-bir.
Shak ermas anglabon ravshan zamiring,
Anga mayl aylagay royi muniring
Ki, bu olamda borcha sudung oʻlgʻay,
Yana olamda ham behbudung oʻlgʻay.
Nechukkim, shoh tormish dinu dunyo,
Sanga ham yetgay ushbu ikki ma’no.
Bu ikki ishni gar qilsang tavaqqu’,
Ne ishkim shah qilur, qilgʻil tatabbu’.