Chekib yel hoʻyidin afgʻonin oning,
Olib sargashtaligʻdin jonin oning.
Havodis tundbodi chun boʻlub sust,
Qaro tufroqqa oni tashlabon rust.
Chu eltib osmon uzra jahondin,
Yana tufroqqa otib osmondin.
Hamono koʻkka chekmaktin xayoli,
Bukim, urgay yana tufroqqa holi.
Tuganmay charxdin bu ranju oshub,
Yana yetib havodisdin lagadkoʻb.
Balo dashtida mundogʻ bir ovuch xok
Ki, muncha kin anga yetkurgay aflok.
Ayogʻ ostida kohi dardrarvard,
Yana bir lahza bosh uzra boʻlub gard.
Chu taskin davlatidin topibon bahr,
Qaro tufroqqa oʻlturtub ani dahr.
Bu tufroq torsa ham bir yerda orom,
Ne torqay xasdin oʻzga andin ayyom.
Bu xas ham yoʻqki, andin zoda boʻlgʻay,
Sukunu sayr aro balkim qoʻshulgʻay.
Natija bersa bu tufroq ila gard,
Xasu xoshok oʻlur, yoʻq sabzau vard.
Boʻlur ul nav’ tufroq hamki dehqon,
Ichi fikrida bogʻlab yuz gireh qon.
Berib surmak bila jismigʻa xorish,
Yuziga bal xututidin nigorish.
Chekib hifzi uchun davrida devor,
Qilib doyin hisori ohanivor.
Sochib har nav’ guldin dona anda,
Chu sochti gom qoʻymay yona anda.
Yetishmay anda yot elning ayogʻi,
Ne yot elkim, uzub yot oʻtni dogʻi.
Oʻturmay
(13)
vaqtidin bir lahza suyin,
Tama’ aylab bu suvdin obroʻyin.
Topib muncha navozish qil taammul
Kim, ul tufroq nevchun bermasun gul.
Muqarrardur ochilmoq qilsa ohang,
BErur bir rang gul yoʻq, balki yuz rang.
Boʻlub olamgʻa ziynat rangu boʻyi,
Chiqib bulbullarining hoyu hoʻyi.
Meni xokiga ham charxi sabukgom,
Sukun manzilgahida bersa orom.
Taraddud mehnatidin shod qilsa,
Ulus bedodidin ozod qilsa.
Mahol ummid ila har bir jafokesh,
Damo-dam urmasa bagʻrimgʻa yuz nish.
Boʻlub ming gʻussa oʻqigʻa nishona,
Zamirim boʻlmasa zanburxona.
Topib taskin jafogarlar hujumi,
Terukdin tinsa koʻnglum marzu bumi.
Chu koʻrmay kom shahdin har tabahkor,
Meni qilmosa ollinda gunahkor.
Birov boʻlsa shah ollinda muotab,