Meni qilmosa ul ishda muxotab.
Boʻlub mundoq gʻamu ranjimdin ogoh,
Tarahhum aylasa ahvolima shoh.
Nishotim bogʻida bir fikr qilsa
Ki, gohe gʻunchadek koʻnglum ochilsa.
Yigirmi toʻrt soat kecha-kunduz,
Yigirmi toʻrt dam ursam nafas tuz
Ki, andin vaqtima yetsa huzure,
Birovdin tormasa koʻnglum future.
Raqam qilgʻon Parishon nomalardin,
Yozilgʻon rabti yoʻq hangomalardin.
Hamono teztak aylab qalamni,
Ravonroq torta olgʻaymen raqamni.
Ham oʻlgʻay bu raqamdin san’ati koʻr,
Ham oʻlgʻay san’atida diqqati koʻr.
Vagar tole’ boʻlub kulliy madadgor
Ki, boʻlmay axtari baxtim hasadgor.
Farogʻat kunjida bir goʻsha tutsam,
Meni el, men dogʻi elni unutsam.
Bori ashgʻoldin shah tutsa ma’zur
Ki, boʻlsam soʻz demok shugʻligʻa ma’mur.
Yana shoh iltifoti boʻlsa goh-goh
Ki, boʻlsa nazm yo nozimdin ogoh.
Soʻzumga gah berib islohdin zeb,
Gahi in’omi etsa soʻzga targʻib
(14)
.
Deyolmasmenki, Xusrav yo Nizomiy,
Va yo nazm ahlining sarxayli Jomiy
Nechukkim chektilar til xanjarini,
Sarosar oldilar soʻz kishvarini.
Alar oʻtrusida men ham chekib tigʻ,
Chekarga soʻz sinonin qilgʻamen bigʻ.
Vale Haq lutfigʻa eltib ranohi,
Shah iqbolidin istab takyagohi.
Deyolgʻaymenki, koʻp aylab tazarru’,
Bulargʻa aylay olgʻaymen tatabbu’
Ki, arz etsam manga yetmay malolat,
Havodorimgʻa yuzlanmay xijolat.
Boʻlub ahsanta lafzi elga oyin,
Yetishgay shahdin ehson, dogʻi tahsin.
Nizomiy olsa Barda’
(15)
birla Ganja,
Qadam Rum ahligʻa ham qilsa ranja.
Chekib Xusrav dagʻi tigʻi zabonni,
Yurub fath aylasa Hindustonni.
Yana Jomiy ajamda ursa navbat
(16)
,
Arabda dogʻi cholsa koʻsi shavkat.
Agar bir qavm, gar yuz, yoʻqsa mingdur,
Muayyan turk ulusi xud meningdur
(17)
.
Olibmen tahti farmonimgʻa oson,
Cherik chekmay Xitodin to Xuroson.
Xuroson demakim, Sherozu
(18)
Tabrez
(19)
Ki, qilmishdur nayi kilkim shakarrez.
Koʻngul bermish soʻzumga turk jon ham,
Ne yolgʻuz turk, balkim turkmon ham.