Ne mulk ichraki bir farmon yibordim,
Aning zabtigʻa bir devon yibordim
(20)
.
Bu devon tutti ul kishvarni andoq
Ki, devon tuzmagay daftarni andoq.
Necha daftar qaro qilgʻaymen oxir,
Jihatsiz mojaro qilgʻaymen oxir.
Navoiy necha degung soʻzni hazyon,
Bu hazyonlarni qoʻy, bir Tengriga yon.
Soʻzing hazyon, magar uyqudadursen
Ki, ma’ni qasdidin osudadursen.
Bu gʻaflat uyqusidin bir koʻz ochqil,
Yuzungga ashk – uyqu daf’i sochqil.
Urub yuzga nadomat ashkidin suv,
Magar ketgay koʻzungdin boʻyla uyqu.
Bu suv yoʻq koʻzni qilgʻay uyqudin pok,
Koʻngulni dogʻi qilgʻay qaygʻudin pok.
Demon koʻzu koʻngul hangomasin ham
Ki, pok etgay amalning nomasin ham.
Nadomat ashkidin har zori gʻamnok,
Yub etsa nomai a’molini pok.
Ul ashkin abri rahmat yomgʻuri bil,
Ne yomgʻur, fazl bahrining duri bil.
Ilohiy, soʻzni chektim rech darrech,
Hijo tumori yangligʻ sarbasar hech.
Kimon qilmon xatokore oʻzumcha,
Xato ham sarbasar tormon soʻzumcha.
Oʻtub umr etmayin bir safha oro
Ki, boʻlmay yuz varaq jurm oshkoro.
Chu mushkafshon boʻlub xomam qarosi,
Boʻlub ul mushklar nomam qarosi.
Va lekin men necha boʻlsam xatokor,
Bihamdillah, sen ermassen jafokor.
Manga garchi xato sondin fuzundur,
Sanga bahri ato ondin fuzundur.
Chu tushsa bahri afvungga talotum,
Ajab yoʻq yuz jahon jurm oʻlmogʻi Kim.
Kishi oʻz jurmidin ne uzr qoʻlgʻay
Kim, ul daryo aro bir qatra boʻlgʻay.
Agarchi qatra boʻldi ersa nopok,
Boʻlur ul damki, tushti bahr aro pok.
Chu bahri afvung oʻlsa uzrxohim,
Nedur men-menki, ne boʻlgʻay gunohim.
Karamdin aylasang jurmumni nobud,
Sanga yoʻqtur ziyon, koʻrtur manga sud.
Soʻzum xoʻb ersa rahmat ayla hamroh,
Vagar dedim yomon: astagʻfirulloh.
Bihamdillahki, bu gʻam dostoni,
Firoq ahligʻa motam dostoni.
Tugatmay nomai umrumni ayyom,
Visol ayyomi yangligʻ torti itmom.
Chu tarixi yilin onglay dedim tuz
(21)
,
Sekiz yuz sekson erdi dogʻi toʻqquz.
Navoiy sayr etib soʻz boʻstonin,