Farhod va Shirin (I- qism) Alisher Navoiy


Farhod va Shirin (II- qism)



Yüklə 1,43 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə238/270
tarix05.04.2022
ölçüsü1,43 Mb.
#54728
1   ...   234   235   236   237   238   239   240   241   ...   270
Q-P5Z3jVp1RjnKfKxLaSChq1eRjDUex8

Farhod va Shirin (II- qism) 
Alisher Navoiy 
 
120 
library.ziyonet.uz/ 
 
(Koshgʻar) va Chin (Xitoy)ga ham yetib borgan edi, ya’ni Gʻarbda ham Sharqda ham ma’lum 
edi, demoqchi boʻladi. 
 
5. Baytning mazmuni – menda bu gʻamdan aqlu hush qolmagan bir paytda gʻoyibdan nido 
(orig.– surish) keldi, deydi. Keyingi baytlarda ana shu nidoni sharhlab shoir: Axir sen bu 
gʻamlarga giriftor boʻlishdan avval qalaming oʻtkirlashib qolgan, Xizrga oʻxshab, qorongʻi 
zulmatdan tiriklik suvini xalqqa sochgan eding ya’ni yaxshi asarlar bilan xalqni bahramand 
qilgan eding, deb yozadi. 
 
6. Bu baytda «Hayrat ul-abror‖ rejalanib, yozib tugatilgani aytiladi. Keyingi baytlarda 
Navoiyning mashaqqat bilan mehnat qilib, dur va javohirlarga toʻla xazinaga erishgani, ya’ni ter 
toʻkib ijod qilib, bebaho asarlar yaratgani ta’riflanadi. 
 
7. Baytning mazmuni: gʻoyibdan kelgan nido shoirni telbalikni vayronalarda qoldirib, yana bir 
ganj sori qoʻl sunishga, yana bir kon qazishga, ya’ni yangi bir asar yozishga kirishishga da’vat 
etadi. Keyingi baytlarda kon qazish uchun Farhod bilan hamsuhbat boʻlish, uning qayroq toshida 
teshani tezlab olib, ish boshlash lozimligi maslahat koʻriladi. 
 
8. Bu baytda soʻz «Xamsa» dostonlaridan biri («Hayrat ul-abror») yozilgani, endi ikkinchisiga 
(«Farhod va Shirin») kirishishi haqida bormoqda. 9. Hotif– gʻoyibdan ovoz beruvchi. 
 
10. Pir – aynan: Qari, keksa; maj. biror diniy – ruhoniy guruhning boshligʻi, rahbari, soʻfiylar 
boshligʻi. Bu yerda shoir Jomiyni koʻzda tutadi. 
 
11. Bu va keyingi baytlardan Jomiy ham birinchi hotif aytgaklarini ta’kidlagani, ularni shoir 
qabul qilgani va duo olib oʻz hujrasiga ravona boʻlgani anglashiladi. 
IX 
1. Bu bob sarlavhasida Navoiy dostonini yozishga kirishar ekan, asarning rejasini tuzib olgani, 
turli afsonalar, tarixiy manbalarnn koʻrib chiqqani, shu mavzuda yozilgan dostonlarda yoʻl 
qoʻyilgan xatolarnn tuzatib, oʻz gʻoyalarini qay tarzda ifoda etimoqni niyat qilganini yozadi. 
Bunda u gʻoyat obrazli qilib: «Ma’no nafosatlari mato’ini gʻoyibdan kelgan savdogarlardan 
hayotim naqdini berib, latofat uyining kelinchaklari uchun sotib olmoq va jon ipi va kiprik ignasi 
bilan namoyish va oro libosini tikib, bu bokiralar qadlariga solib jilvalantirmoq»,– deya bayon 
qiladi (Navoiy. Farhod va Shirin. Nasriy bayon muallifi Gʻafur Gʻulom, matnni ayrim 
toʻldirishlar bilan qayta nashrga tayyorlovchi Hayitmetov A. 13-bet). 
 
2. Bu baytning mazmuni: menga yulduzdek kulib turgan toleim yuqori manzil – «Xamsa»chilik 
yaratishdek yuksaklikdan joy tayyorladi. Keyingi baytlarda bu joyni farishtalar kelib oʻz parlari 
bilan supurgani, osmon yulduzlaridan koʻz yoshi toʻkib, u yerga suv sepgani haqida soʻz yuritar 
ekan, shoir Sharq she’riyatidagi yopiq istiora san’atidan foydalanadi. 
 
3. Sharqda maxsus majmar (mijmar) deb atalgan manqalga qora rangli daraxt choʻplari – udni 
tashlab, yoqimli hid taratish odati qadimdan mavjud. Hindistonning Qumor degan shaharida esa 
eng yaxshi ud boʻlar ekan. Bu baytda shoir ana shunga ishora qilmoqda. Keyingi baytlarda 
Navoiy qalamni yoʻnib, yozishga kirishar ekan, saodat va iqbol kirib kelib uni muborakbod 
etganlari ta’riflanadi. 
 
4. Bu baytda shoir «tuproq koʻtarsang, katta tepadan koʻtar», keyingi baytda esa «tuproq olsang 
oltin boʻlsin» kabi xalq maqollarini ishlatib, she’riyatdagi «irsoli masal» san’atini qoʻllagan. 
 



Yüklə 1,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   234   235   236   237   238   239   240   241   ...   270




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin