Farhod va Shirin (I- qism) Alisher Navoiy


Farhod va Shirin (II- qism)



Yüklə 1,43 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə239/270
tarix05.04.2022
ölçüsü1,43 Mb.
#54728
1   ...   235   236   237   238   239   240   241   242   ...   270
Q-P5Z3jVp1RjnKfKxLaSChq1eRjDUex8

Farhod va Shirin (II- qism) 
Alisher Navoiy 
 
121 
library.ziyonet.uz/ 
 
5. Nasri toyir–aynan: burgut; maj. burgutga oʻxshab koʻrinuvchi. yulduzlar turkumining nomi. 
Uni «Uqob» ham deb yuritiladi. Bu yerda shoir doston yozishga kirishar ekan, hatto osmondagi 
yulduzlar turkumi – nasri toyir ham himmat qanotini qoqib gardun qorongʻuligida sayr qila 
boshladi, deydi. 
 
6. Bu va keyingi baytlarda Navoiy yozilajak asari yangi boʻlishi lozimligini, avval shu mavzuda 
yaratilgan dostonlarni takrorlamaslik kerakligini ta’kidlaydi. Boshqacha qilib aytganda, shoir 
oʻziga asos maqsad qilib, adabiyotga yangilik berishni niyat qilib olganligini bildiradi. Bu 
sohada qalam tebratganlar nazm dengizidan ajoyib durlar qoʻlga kiritganini, lekin ancha oliy 
qimmat durlar hamon qolib yotganini bayon etib, ularni olib chiqish va oʻz dilrabo asarimga 
bezak qilish menga muyassar boʻldi, – deydi. 
 
7. Bu bayt mazmunida Navoiy oʻz dostonining ranglarga boy, undagi voqealar ham, qahramonlar 
ham gʻoyat otashin bir tarzda, ta’sirchan qilib yaratilganligini bildiradi. 
 
8. Bu va keyingi baytlarda shoir ushbu jomdan may ichganlar, ya’ni shu mavzuda doston 
yozganlarning barchasi Xusravning maddohi boʻlib qoldilar. Ular uning mulkiga, rasm-rusmlari, 
qoʻshiniyu imkoniyatlarini Shabdez otining uchqurligiyu Borbad ismli xonandasining sayrashi, 
Shopur degan yaqinining uzluksiz hiyla-firiblari, Buzurg Ummid nomli vazirining 
xushomadgoʻyligi uning (ya’ni Xusravning) goh Maryam (Rum qaysarining qizi), goho Shakar 
(Isfahon goʻzali) ismli xotinlarn huzurida orom olishiyu Shiringa shohona oshiqlik izhor qilishini 
madh etdilar. Uni haqiqiy muhabbat oyini boʻlgan dardu balo, azobu iztiroblardan begona 
boʻlgan erka bir shoh sifatida talqin qildilar. Toʻgʻri, ular ora-sira Farhod haqida ham soʻz 
yuritdilar. Uni shunchaki togʻlardagi bir toshyoʻnar qilib, Shirin vaslida yelib-yugurgani uchun 
Xusrav tomonidan oʻldirilganini bayon qildilar, – deydi. Koʻrinadiki, ularda Farhod obrazi 
epizodik xarakterga ega. 
 
9. Bu baytda Navoiy oʻz salaflaridan boshqacha yoʻl tutganini, asos e’tibori bilan mehnatnoma 
(mehnat – mashaqqat, ranj, alam ma’nosida) mazmunini sharh etganligini uqdiradi. 
 
10. Navoiy Farhod haqida hazin bir doston yaratib, unda Farhod va Shirinni tarannum etishni 
munosib koʻrgani bu va keyingi baytdan anglashiladi. Binobarin, Navoiy oʻz salaflaridan 
butunlay boshqacha yoʻl tutadi. «Xusrav obrazini tamomil salbiy qilib beradi va hayot logikasiga 
mos deb topadi. Navoiy ekspluatator tabaqalarning kirdikorlarini, ularning ijtimoiy basharasinn 
fosh etishda oʻz salaflariga nisbatan juda oldinga ketdi, adabiyotda xalqchillikni har tomonlama 
chuqurlashtirib,. gumanizm bayrogʻini juda baland koʻtardi» (Hayitmetov A. Navoiyning ijodiy 
metodi masalalari. 68-bet). 
 
11. Ashraf – shu mavzuda qalam tebratgan shoir. Navoiy u haqda oʻzining «Majolis un-nafois» 
asarida quyidagilarni. yozadi: «Darveshvash va nomurodsheva kishi erdi. Va kiyiz boʻrk ustiga 
qurchuq chirmar erdi. Va el bila dagʻi omizishi oz erdi. Koʻprak avqot «Xamsa» tatabbu’igʻa 
sarf qilur erdi, to ul kitobni tugatur tavfiqi topti. Voqian oʻz xurdi holigʻa koʻra yamon 
bormaydur...» (Navoiy. Majolis un-nafois. Ilmiy-tanqidiy matn. 1961. 13-bet). 
 
12. Navoiy bu mavzuda yana bir noma’lum shoir qalam tebratganini yozadi. 
 
Adabiyotshunoslikda Navoiy koʻzda tutayotgan shoir XIV asr yarmilarida Shimoliy 
Ozarbayjonning Ardabil viloyatida yashab ijod qilgan Orif Ardabiliy boʻlishi ehtimol, degan 
(Orasli N. Muxteser Azerbaychan edebiyati tarixi. I. 118 s.) masalani birinchi boʻlib H.Orasli 
koʻtarib chiqqan edi. Keyinchalik Orif Ardabilin va uning «Farhodnoma» asarini maxsus tadqiq 
etgan H. Orasli bu toʻgʻridagi faraziyani tasdiqlovchi va ba’zi shubha uygʻotuvchi faktlarni 
keltiradi (Orasli N. Arif Ardebili va onun «Ferhadname» poyemasi, 157–159-betlar). 



Yüklə 1,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   235   236   237   238   239   240   241   242   ...   270




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin