Farhod va Shirin (I- qism) Alisher Navoiy


XXI  Farhod va Shirin (II- qism)



Yüklə 1,43 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə247/270
tarix05.04.2022
ölçüsü1,43 Mb.
#54728
1   ...   243   244   245   246   247   248   249   250   ...   270
Q-P5Z3jVp1RjnKfKxLaSChq1eRjDUex8

XXI 


Farhod va Shirin (II- qism) 
Alisher Navoiy 
 
129 
library.ziyonet.uz/ 
 
Bu sarlavhada Farhodning maqsadlariga yoʻl topish uchun Xoqonning Yunonga qoʻshin surgani 
va u yerda mamlakat donishmandlari bilan birgalikda Suhaylo hakim gʻoriga va barchalari 
Suqrot gʻoriga yetishganlarini ma’lum qiladi. 
 
1. Suhaylo – bu ism Suhayl nomli yorugʻ yulduz nomidan olingan (ast. Konopus). Oʻrta asr 
munajjimlari bu yulduz yaxshi ta’sir koʻrsatadi, deb biladilar. Bu yerda Yunondagi mashhur 
donishmand hakimning nomi. U ham Suqrot kabi gʻorda yashaydi. 
 
2. Jomosp – qadimgi Eronning afsonaviy donishmandi va munajjimi. Uni Luqmonning shogirdi 
deb biladilar. Kelajak voqealaridan xabar qiluvchi «Jomospnoma» nomli kitobni shu 
donishmandga nnsbat- beradilar. Navoiy Suqrot gʻoriga ketayotganlarga Suhaylo «Jomosp»dan 
Farhodga yulduzi baland degan xushxabar yetkazganini bayon qiladi. 
 
3. Baytning mazmuni: maqsadim mamlakatlarni fath etish emas, balki tahlikali joylarni yengish 
edi. 
 
4. Baytning mazmuni: abadiy saodat hamrohlik qilib Atorid yoniga oy bilan quyosh keldilar. Bu 
yerda Navoiy istiora san’atini ishlatadi. U Suhaylo hakimni Atorid, Farhodni oy, Xoqonni esa 
quyosh deb atamoqda. 
 
5. Bu va keyingi baytlarda Suhaylo tilidan – Jomospning oʻlimidan keyin hakimlar uning 
aytganlarini yozib qoldirishlaridan menga ayonki, ming yildan soʻng Chindan Yunonga bir 
Farhod degan yigit keladi. U ancha qiyinchiliklardan soʻng Iskandar tilsimini ochadi. Ammo 
ungacha Farhod ajdarni oʻldirishi kerak, shunda bebaho xazina chiqadi. Soʻngra devni (ya’ni 
Ahramanni) qatl etishi kerak, buni bajarganda Sulaymon paygʻambarning uzugini qoʻlga 
kpritadi. Tilsimni ochganida Jamshid jomiga ega boʻladi. Bularnn Farhod Xoqonga bagʻishlasin, 
unga esa Suqrotni koʻrishi va Iskandar oynasi kifoyadir, – deydi. 
 
6. Sulaymon hotami – Sulaymon – Tavrot boʻyicha Solomon podshoh, islomda Sulaymon 
paygʻambar. Diniy rivoyatlarga qaraganda, unga xudoning muqaddas, yashirin va sirli ismi 
ma’lum boʻlgan va bu soʻz (ismi a’zam) uning hotamiga – uzugiga naqshlangan – oʻyib yozilgan 
ekan. Bu uzuk vositasida Sulaymon faqat odamlarga emas, balki hayvonlar, hasharotlar, insu 
jinslarga ham oʻz hukmini oʻtkaza olar ekan. Sharq adabiyotida uning Sabo (Navoiyda Saibo) 
diyori malikasi Bilqis bilan oshiq-ma’shuqligi hamda sehrli uzugi qalamga olinadi. Navoiy 
oʻzining «Tarixi anbiyo va hukamo‖ asarida Sulaymon haqidagi rivoyatlarga keng oʻrin ajratadi 
(q. Alisher Navoiy. Asarlar. 15-tom, 224–231-betlar). 
 
7. Samandar – mayda bir jonivor. Afsonalarga koʻra, u olovda tugʻilib, olov ichida yashar emish. 
Bu yerda Suhaylo hakim Farhodga ajdar bilan olishuv paytida oʻt-olovdan saqlanish uchun bir 
idishda samandar yogʻini beradi. Undan badan va qoʻllarga surkalsa, oʻt ta’sir qilmasligi bayon 
etilgan. 
 
8. Bu va keyingn 5 baytning mazmuni: tilsimni qanday ochish haqidagi barcha aziz chin soʻzlar 
bir kumush taxta ustiga yozilgan boʻlib, u dev boʻyniga osigʻlik turadi. Undagi tilsimdan 
Jamshid jomini topasan. Jom atrofidagi Iskandari Rumiy naqshlab ketgan yozuvlarni oʻqisang 
Suqrot hakim haqidagi ma’lumotlarni bilib olasan. 
 
9. Baytning mazmuni: Unga (ya’ni Farhodga) bu xil ishlarni tushuntirgach, Suhaylo jonini 
Tangriga topshirdi. 

Yüklə 1,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   243   244   245   246   247   248   249   250   ...   270




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin