6. Koʻhi-Qofi – butun yer yuzini oʻrab turadigan afsonaviy togʻning nomi.
7. Shoir bu va keyingi baytlarda Farhodning Qoranning san’atiga qoyil qolib, uning tesha va
toshga pardoz beruvchi metini nima sababdan hech bir zarar topmay osonlikcha toshlarni yoʻnib,
oʻyib gul va naqshlar solayotgani haqidagi savoliga Qoranning bergan javobini bayon etadi.
Hamma gap ularni yasashda suv berishga bogʻliq ekan, bu sirni esa dono usta hech kimga oshkor
qilmas ekan. Farhod katta ishtiyoq va zavq bilan Qoran san’atini kuzatib turib oʻrganib oladi
hamda oʻzi uning yonida astoydil ishga tushib ketadi.
XVI Bu bob sarlavhasida Farhodning Qorandan toshyoʻnarlik, Moniydan naqqoshlikni, boshqa hunar
va san’atlarni butun nozikliklari bilan oʻrgangani, toʻrt qasr qurilishi tugallanib, ularda Xoqon
Farhod uchun bazmlar tuzgani haqida soʻz ketadi.
1. Bu va avvalgi baytning mazmuni zilzila paytida togʻ ostin-ustun boʻlib ketganidek, tun
qorongʻuligi chekinganida, qizil quyosh togʻ ustida taxt qurdi. Subh – tong falakni marmarrang
qildi. Quyosh osmon choʻqqisiga koʻtarilganda tomosha qilgani Jamshid (shoir Farhodni koʻzda
tutadi) otlandi, ya’ni ertalab tong otgach, Farhod (yana Qoran san’atini koʻrgani) qurilishga
otlandi.
2. Bu bayt mazmunidan: Farhod tosh yoʻnish san’atini shu qadar egallab oladiki, yuzta Qoran
uning qoshida shogirddek tuyilardi, – degan ma’no anglashiladi.
3. Qalamzan – naqqosh Moniy koʻzda tutiladi.
4. Korfarmo – aynan: ish buyuruvchi; bu yerda Farhod koʻzda tutiladi.
5. Navoiy har bir qasr bogʻida bir havz (hovuz) bunyod etilgani, ular har faslga monand qilib
bezaklanganini yozadi.
6. Bayt ul-haram – aynan: xos uy, oʻz ahli boʻlmagan kishilar kiritilmaydigan ichkari hovli; maj.
Ka’ba. Bu yerda qasr Ka’badek pokiza va goʻzal demoqchi shoir.
7. Ma’kulu mashrub – arabcha: yeyiladigan, ichiladigan (ya’ni yemish va ichmish) ma’nosida.
XVII Bu bobda Farhodning toʻrt faslda toʻrt qasrda tuzilgan bazmlarda aslo koʻngli ochilmagani,
Xoqonning unga iloj qila olmagani bayon etiladi.
1. Bu baytda obrazli qilib kunduz va kechaning barobar kelishi, Navroʻz bayrami kunlariga
ishora qilinadi.
2. Shoir bu baytda uning mazmunini toʻlaroq va latofatliroq ochish uchun «gulnor‖ soʻzining
ikki mazmuni, ya’ni anor gul va arabcha «nor» – oʻt, olov soʻzi birikmasidagi «oʻtli gul»
ma’nosidan gʻoyat oʻrinli foydalangan. Bu san’atni Sharq she’riyatida «iyhom» deb ataladi.
3. Bu va keyingi baytda shoir daraxtni tovusga, yaproqlarni esa toʻtining patiga oʻxshatadi, ba’zi
yaproqlar qushning qovursun degan mayda patchalari obkash – eng ingichka tomirlardan suv
shimsa, boshqasi Xizrga oʻxshash yashil rangli shohlik tojini boshi uzra qoʻyganligini ta’riflaydi.