X Bu bob Sulton Husayn Boyqaro madhiga bagʻishlanadi.
1. Shoh Gʻoziy – bu yerda Sulton Husayn Boyqaro (1438–1506)ning laqabi, boshqa
hukmdorlarga nisbatan ham qoʻllaniladi. 1469 y.dan umri oxiriga qadar Xurosonda hukmronlnk
qilgan Husayn Boyqaro Alisher Navoiyning maktabdosh doʻsti edi. U «Husayniy» taxallusi bilan
she’rlar yozgan, sohibi devon shoir ham boʻlgan. Husayn Boyqaro qalamiga nasriy «Risolai
Husayn Boyqaro» ham mansub. Unda Husayn Boyqaro Navoiyning lirik she’riyatiga va
«Xamsa»siga yuksak baho beradi, shunday ulkan san’atkor, ulugʻ inson bilan bir davr, bir
davlatda yashash baxtiga musharrafligidan, ayniqsa u bilan doʻst boʻlganligidan shukronalar
aytadi. Navoiy ham oʻzining «Majolis un-nafois», «Muhokamat ul-lugʻatayn» va devonlari
debochalarida Husayn Boyqaro ijodini, uning oʻzbek tili va she’riyati ravnaqiga qaratilgan
faoliyatini alohida ta’kidlab oʻtadi.
2. Haydar – ayn. sher demakdir; paygʻambarning kuyovi Alining laqabi. Shoir bu yerda jang
maydonida Husayn Boyqaronn sherga oʻxshatmoqda.
3. Jamshid – Eronning afsonaviy shohlaridan. U qurol-aslaha, ipak va ranglar ixtiro qilgan, ulkan
binolar qurdirgan ekan. Uning davrida odamlar farovon yashagan, xastalik nima, oʻlim nima
bilmagan emish. Bunda kibr-havoga berilib ketgan Jamshidni jazolash uchun xudo istilochi
Zahhokni yuborgan, u Jamshidnn arra bilai ikki boʻlib tashlagan emish. Badiiy adabiyotda
koʻpincha Jamshidning sehrli jomi qalamga olinadi. Goʻyo unda Jamshid oʻz zamonida istagan
odam va joylarni koʻra bilar ekan. Navoiy Husayn Boyqaroni ana shu Jamshid taxtiga oʻtirgan
deb ta’riflamoqda.
4. Kayon – qadim afsonaviy Eron shohlari sulolasining umumiy nomi. Firdavsiy
«Shohnomasi»da qalamga olingan Kayumars, Kayqubod, Kaykovus, Kayxusrav kabi shohlar
shu sulolaga mansubdir. Shoir Husayn Boyqaroni ana shundagi oliy nasab shohlarniig jomidan
may ichgan, – deyish bilan uning oliy nasabiga ishora qilmoqda.
XI Bob Husayn Boyqaroning oʻgʻli Badiuzzamon Mirzo madhiga bagʻishlanadi.
1. «Xalladallohu mulkahu va abbada davlatahu» – «Xudo mulkini va davlatini abadiy qilsin»
(Shoh ismidan keyin aytiladigan yoki yoziladigan ibora).
Badiuzzamon Mirzo – Husayn Boyqaroning katta oʻgʻli. Otasi oʻlgandan keyin (1506) Xuroson
taxtiga oʻtiradi va Shayboniyxon kelganda unga qarshi urushda magʻlubiyatga uchrab (1507 y.
20 may), Shoh Ismoil safaviy huzuriga qochadi. Usmonli turk sultoni Sulton Salim Shoh Ismoil
bilan urushib Tabrizni ishgʻol qilgach (1514), Badiuzzamonni Istanbulga olib ketadi, U yerda
koʻp oʻtmay Badiuzzamon vabo kasalidan vafot etadi. Qabri Ayyub Ansoriy qabristonida.
Alisher Navoiy bu shahzodaga katta umidlar bogʻlagan edi. U bilan Sulton orasida nizolar paydo
boʻlganida Navoiy ularni murosaga keltirish uchun, oʻgʻilning ota izmida boʻlishi uchun tinmay
harakatlar qilgan edi. Navoiyning «Munshaot» tarkibidagi qator maktublari, dostonlaridagi
bagʻishlovlar bu fikrga dalildir.
2. ―Nasrun minalloh‖ – arabcha: yordam Ollohdandir.
3. Birjis (Burjis) – Mushtariy – Yupiter sayyorasi. Bu baytda shoir shahzodani ta’riflab, uning