7. Soʻz Nizomiy Ganjaviy haqida boradi. «Ganja orom» iboralari orqali bu buyuk shoir Ganjada
dafn etilganligi anglatiladi. Keyingi baytlarda Navoiy Nizomiyni xazinadorga, uning ma’nolarga
toʻla asarlarini xazinalarga oʻxshatib ta’riflaydi. Kimki bu xazinaga oʻgʻirlik qilmoqchi boʻlsa,
falak uning boshiga toshlar yogʻdiradi. Ular orasidan doʻstlar gavhar, dushmanlar esa chaqirtosh
topadilar. Ana shu gavhar, durlar koʻngilga oʻrnashsa; uni xazinaga aylantiradi, deydi shoir.
8. Hinduyi zod – Navoiy Hindistonda yashab ijod etgan, Nizomiydan soʻng «Xamsa» yaratgan
Xusrav Dehlaviy (1253–1325)ni koʻzda tutadi.
9. Xizr – afsonalarga koʻra, «Obi hayvon» (tiriklik suvi)ni topgan va undan ichib, hamisha tirik
yuradigan sirli karomatlar sohibi. Adabiyotda Xizr gʻoyibdan paydo boʻlib, yoʻldan adashgan
musofirlarga koʻmak etuvchi ham deb tasvirlanadi. Xizr yashillik va idrok timsoli hisoblanadi.
Bu yerda bir necha tashbih ishlatilgan. Shoir Xusrav Dehlaviyni ana shu Xizr paygʻambarga,
Hindistonni qora tunga oʻxshatadi. Bunda xalqining rangi qora boʻlganiga hamda Xizr zulmat
ichida hayot bulogʻini topganlngiga ishora qilinadi. Xusrav Dehlaviyning ravon she’riyati ana
shu afsonaviy hayot bulogʻiga nisbat beriladi.
10. Chashmai hayvon – tiriklik suvi chiqadigan afsonaviy buloq. Uni qora zulmat mamlakatidan
Xizr qidirib topgan, deydilar.
11. Qaqnus – afsonaviy qush. Uning tumshugʻida koʻp teshiklar bor boʻlib, ulardan taralgan
hazin ovozlardan musiqa yaralar emish. Navoiy «Lison ut-tayr» dostonida Qaqnusning goʻzal
tasivirini beradi. Unga koʻra, Qaqnus Hindistonda boʻlar, baland daraxtlar boshiga in solar ekan.
Bu qush umri boʻyi xas-xashak, choʻp, terib, katta xirmon yigʻar, hayotining oxirida shu xirmon
ustida hazin ohang bilan sayrar ekan. Uning dilkash navosini eshitgan butun oʻrmondagi qush va
hayvonlar yigʻilar ekan. Oxiri Qaqnus shunday alamli bir nola qilar ekanki, undan xirmonga oʻt
tutashib ketar va shu oʻtda oʻzi ham yonib ketar ekan. Xirmon kuli ostidan yangn bir Qaqnus
bolasi par yozib chiqar sekin-sekin parvoz qilib, yana oʻsha otasi shugʻullangan ishi – xas-choʻp
terishga unnab ketar ekan. Navoiy bu yerda Xusrav Dehlaviyni Qaqnusga, uning she’riyatidagi
musiqiylikni, dil oʻrtovchi hazinlikni Qaqnusning sayrashiga oʻxshatadi.
12. ―Mah to ba mohi» – aynan: «baligʻdan oygacha» degan mazmunii bildiradi. Bu ibora «erdan
koʻkkacha» ma’nosida ishlatiladi.
13. Bu oʻrinda Navoiy Nizomiy Ganjaviydek ulugʻ shoir dostonlariga javoban «Xamsa»
yozishlik oson ish emas, demoqchi boʻladi. Keyingi baytlarda shoir Nizomiyni filga, Xusrav
Dehlaviyni ham garchi kichikroq esa-da, filga oʻxshatadi. Ularning shavkat va quvvatidan madad
tilaydi. Uzini esa hayqiruvchi filga oʻxshatadi, u soʻz oʻrmonini egallab olishni orzu qiladi.
14. Bu bobdan boshlab, deyarli har bir bob shoirning soqiyga murojaat tarzida yozilgan asosan 2
baytli (ba’zan 3 bayt), agar ta’bir joiz boʻlsa, miniatyur «soqiynoma»lar berib boradi. «Bunday
parchalar shoirning har bir bobda tasvirlangan voqea yoki muammoga munosabati, xulosasi
hamda ichki kechinmalarini ifoda qiluvchi bir vosita – lirik lavhalardir» (Isoqov Yo. Navoiy
lirikasining asosiy janrlari. Oʻzbek adabiyoti tarixi, II tom, 101-bet). Ba’zan esa shoir bu xildagi
lirik chekinishlarda keyingi bobda qalamga olinadigan voqea yoxud masalalarga ishora ham
qiladi. Bu yerda soqiyga murojaat qilib shoir: har ikki shoir (Nizomiy va Xusrav Dehlaviy) yodi
uchun qoʻsh jom – ikki piyola qadah keltir. Uni ichib Jomiy mayining madhiga kirishay,– deydi.
15. Jomiy (1414–1492) – fors-tojik adabnyotining ulugʻ mu-tafakkir namoyandasi Abdurahmon
Jomiyning nisbasi va taxal-loʻsi. Jomiy Navoiyning yaKin doʻstn, hamkori edi. Navoiy undan
faqat adabiy va ilmiy jihatdangina maslahat olmay, balki va-zirlik lavozimi taqozosi bilan davlat