Tarbiyachi, o‘qituvchi va o‘quvchining o‘zaro hamkorligi



Yüklə 29,1 Kb.
tarix05.12.2023
ölçüsü29,1 Kb.
#173300
3-mavzu


Tarbiyachi, o‘qituvchi va o‘quvchining o‘zaro hamkorligi.

Tarbiyachi, o‘qituvchi va o‘quvchining o‘zaro hamkorligi. Chunki, bugungi kunda


pedagogik jarayon axborotli-yo‘naltiruvchilik quvvatidan axloqiy qadriyatlarga jalb
qiluvchi nafis texnologiyalarni qo‘llashni talab qilishga yo‘naltirilgan pedagogik
jarayonga o‘tishni talab qilmoqda.
Mazkur ikki xil pedagogik faoliyatning o‘zaro bir-biridan farqli jihatlari: a) aniq,
oddiy, biroq, faqatgina tayyor bilimlarni o‘quvchilarga uzatishga xizmat qiladi; b)
ko‘proq darajada dolzarb va samarali, ta’lim-tarbiyaning mustaqil tarzda tashkil
etilishini ta’minlashga qaratilgan. Biroq, u o‘ta murakkab, muayyan va qat’iy
texnologiya ko‘rinishida namoyon bo‘lmaydi. Ushbu texnologiyalarga hamkorlik
asosida yondashuv bir qadar ob’ektiv ahamiyat kasb etadi. Mazkur voqelik muayyan
darajada aniq jarayonlar bilan bog‘liqdir. U o‘ziga xos belgilar, xususiyatlar,
tamoyillar, mazmun, mavjudlik shartlariga ega. Bularning barchasi uning o‘quvchilar
ongida namoyon bo‘lishini ta’minlaydi.
Hamkorlikning pedagogik qimmati shundan iboratki, u o‘quvchiga xos bo‘lgan
o‘lchovlarni bilishning asosiy metodi sifatida o‘quv-tarbiya jarayonida qo‘llash
imkonini beradi. Pedagogik hamkorlikning o‘ziga xos metodlari va tamoyillari
yordamida o‘qituvchi ta’lim jarayonida o‘zining insonparvarlikka asoslangan
pedagogik faoliyatini amalga oshiradi. Shu bilan bir qatorda, u o‘quvchilarni
yaxshiroq tushunishga muvaffaq bo‘ladi. Pedagogik hamkorlik yordamida pedagogik
faoliyatda yangicha instrumentariy vujudga keladi. Bu esa, o‘quvchilarni
tushunishning fikriy izlanuvchi va pedagogik hodisalarni qayta baholash metodidir.
Pedagogik hamkorlik pedagogik madaniyatning yangi, yanada nazokatli o‘lchovlarini
namoyon qilish imkonini beradi.
Hamkorlikka asoslangan do‘stona muhitdagi ta’lim jarayonini interfaol usullar
yordamida tashkil etish samaradorlikni ta’minlashga ko‘maklashadi. Shu maqsadda
biz dastlab o‘qitishning an’anaviy usullari bilan interfaol usullarni qiyoslashga
harakat qildik.
An’anaviy ta’lim bilan interfaol usullar yordamida amalga oshiriladigan
hamkorlikka asoslangan o‘quv jarayonining qiyosiy manzarasi
Dars jarayonining
elementlari
An’anaviy usullar Interfaol usullar
O‘qitish muhiti Rasmiy, musobaqalashuv,
ishonchning to‘liqsizligi, baho berish
Norasmiy, samimiy, hamkorlik,
o‘zaro ishonch ruhida
Rejalashtirish O‘qituvchi mas’ul O‘qituvchi va har bir
o‘quvchi mas’ul
Talablarning
qo‘yilishi
O‘qituvchi talab qiladi O‘quvchi, ota-ona, o‘qituvchi
talabi asosida
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842 October 2021 / Volume 2 Issue 10 www.openscience.uz 568
Masad va vazifalar O‘qituvchi mas’ul O‘quvchilarning
qiziqishlari asosida
O‘qitish O‘qituvchi davlat talablari, o‘quv
dasturi bo‘yicha o‘qitadi
Davlat talablari, o‘quv
dasturi bo‘yicha
o‘quvchilarning ehtiyoji va
imkoniyatlariga muvofiq
O‘qitish metodlari Butun sinf bilan yoki individual
ravishda an’anaviy metodlar orqali
ishlanadi
Guruhlar, uchliklar,
juftliklarda ishlashga
yo‘naltiriladi
Baholash Qat’iy o‘rnatilgan me’yorlar asosida
o‘qituvchi baholaydi
O‘quvchining o‘zi, do‘sti,
«ekspert» o‘quvchi hamda
o‘qituvchi baholaydi.
Yuqoridagi jadvaldan ko‘rinib turibdiki, interfaol usullar qo‘llanilganda,
o‘quvchilarning qiziqishlari, ehtiyojlarining qondirilishi inobatga olinadi. Demak,
o‘quv jarayoni ishtirokchilari o‘rtasida hamkorlik va o‘zaro bir-birini tushunish
muhiti yaratiladi. O‘quvchilarda shaxsiy g‘urur rivojlantirilishi orqali jamoa
shakllantiriladi va natijada ularning yoqimli, quvnoq, ishchan guruhi vujudga keladi.
Bunday guruhlarda barcha teng bo‘lib, har bir o‘quvchining fikri, nuqtai nazarlari
qadrlanadi. Ushbu usullarning boshlang‘ich sinfdan boshlab qo‘llanilishi masadga
muvofiqdir. Chunki, sakkiz yoshdan o‘n to‘rt yoshgacha bo‘lgan o‘quvchilarda turlitumanlikka intilish kuchli bo‘ladi. O‘quvchilar ulg‘ayganlari sari ularda atrofdagilarni
muhokama qilishga bo‘lgan ehtiyoj kuchayadi. Bu esa, sinfdagi muhitning
o‘zgarishiga ta’sir ko‘rsatadi.
Maktabda boshlang‘ich sinfdan boshlab, o‘quvchilarga ko‘proq dunyodagi turlitumanlik haqida tushuncha berish va atrofga diqqat bilan qarash, barchani boricha
qabul qilishga chorlash zarur. Har bir o‘quvchining o‘z orzulari borligi, biroq,
ba’zilarning imkoniyati cheklanganligi tufayli shunday orzulariga ba’zan etisha
olmasliklari va ularga ma’naviy yordam, qo‘llab-quvvatlash zarurligini uqtirish
lozimligini o‘qituvchilar nazarda tutishlari kerak. Do‘stona muhit zamiridagi sinfda
esa, bunday o‘quvchilar uchun ijobiy kayfiyat va o‘zaro hamkorlik ta’minlanadi.
An’anaviy ta’lim jarayoni individual, musobaqa usullari yordamida tashkil etilganda,
har bir o‘quvchi o‘zi g‘olib bo‘lishga intiladi. U imkon qadar o‘z sinfdoshidan o‘zib
ketish, buning uchun esa, sinfdoshining mag‘lub bo‘lishiga sharoit yaratishga intiladi.
Buning natijasida, sinfda salbiy muhit vujudga keladi. O‘zlashtirishi past bo‘lgan
o‘quvchilar esa, sinfdoshlari oldida mulzam bo‘ladilar. Bu holat o‘quvchining o‘z
imkoniyatiga bo‘lgan ishonchini pasaytiradi. Natijada o‘quvchining o‘qituvchisiga
bo‘lgan hurmatiga putur yetadi, ular orasidagi munosabatlar sovuqlashadi. Buning
natijasida o‘quvchining kelajakdagi shaxsiy taraqqiyotiga bo‘lgan ishonchi pasayadi.
Hamkorlikka asoslangan ta’limda esa, o‘quvchilar alohida shaxs sifatida tan
olinadilar. O‘zlashtirishi past yoki imkoniyatlari cheklangan o‘quvchilar ham
do‘stona munosabat o‘rnatilgan sinfda o‘z ovozlariga ega bo‘ladilar.
Yüklə 29,1 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin