Qadim yunonlarda muhabbat ma’budasi sifatida tasvirlangan. Zuhra ba’zan Nohid nomi bilan
ham ataladi. Zuhra goʻzallik, muhabbat hamda musiqa homiysi hisoblanadi.
17. Borbad – Borbud – Xusrav Parvezning mashhur hofizi. Badiiy adabiyotda umuman yaxshi
xonandani anglatadi.
18. Bahrom – Mirrih– Mars sayyorasi. Ilmi nujumcha Bahrom harbiy ishlar homiysi sanalgan.
19. Besutun – Bihistun (Bihishtun)–Shimoliy Eronda, Hamadon shahridan 100 km. gʻarbda togʻ
oraligʻidagi qoya. Bu qoya rivoyat va afsonalarda koʻpincha Farhod nomi bilan aloqali holda
tilga olinadi. Farhod shu togʻ etaklarida kanal qazigan, shu togʻni kesib yoʻl ochgan qahramon
sifatida tasvirlanadi.
Shoir oʻz dostoni «Farhod va Shirin»ni minglab mashhur Besutun yodnomalaridan yuksak deb
ta’riflaydi. Bu bilan adabiyotdagi mubolagʻa san’atini qoʻllaydi, ayni choqda ―faxriya‖
san’atidan ham foydalanadi.
III 1. Bu bob «Munojot» deb atalsa-da, unda Navoiy insonni yoʻqlikdagi holati, soʻngra, vujudga
kelishi, goʻdakligi, hayoti toʻgʻrisidagi fikrlarni bayon etadi. Shoirning inson yaratilgach, iloh
ixtiyorida boʻladi, u taqdir belgilagan ishlarnigina bajaradi, bnnobarin, inson yoʻl qoʻygan xato,
gunohlar uchun aybdor emas, unga shularni avvaldan ravo koʻrgan oʻsha yaratuvchi aybdordir, –
deya bildirgan fikrlari uning inson himoyasida nechogʻlik qat’iy turganligini koʻrsatadi
(Qayumov A. «Farhod va Shirin» sirlari, 10-bet).
2. Mustafo – arabcha tanlangan, saralangan, saylangan demakdir. Muhammad paygʻambarning
laqabi. Bu va oldingi misralarda Navoiy ilohga murojaat qilib, shu asarni yaratishda madadkor
boʻlishni iltijo qiladi, bu yoʻlda Muhammad paygʻambardan ham shafoat yetishishini istaydi.
IV Bu bob an’anaviy na’t, ya’ni Muhammad paygʻambar ta’rifiga bagʻishlangandir.
1. «Vashshams bila Vallayl» – Qur’on surasi.
2. ―Va sallallohu alo shamsi jamolihi va zilli kamolihi‖ – arabcha: va Ollohning rahmati uning
jamolining quyoshi va kamolining soyasicha boʻlsin.
3. ―Kofu‖, ―nun‖– va harflarining nomi boʻlib, ular qoʻshilsa, «kun» soʻzi yuzaga keladi. Diniy
ta’limotga koʻra, xudo azalda mavjudotni paydo qilishda shu soʻz bilan buyruq bergan deyiladi.
4. Qurratul-ayn – arabcha: koʻz ravshanligʻi; koʻz qorachigʻi. maj. farzand.
5. «Kavn» – mavjudlik, borlik, dunyo; kavnayn – ikki dunyo (u dunyo va bu dunyo).