4. Baytning mazmuni: noranj daraxti (ya’ni apel'sin daraxti) oltindan xazina yaratib (ya’ni oltin
rang mevalar solib), bargidan sariq libos kiygan edi.
5. Bayt mazmuni: shamol suv ichida oltin sochuvchilik qildi, (ya’ni) suv yuziga sargʻaygan
xazon toʻkdi.
6. Bu bayt mazmuni: xazon naqqoshi bogʻ sahnini oltin bilan qoplash (zarhal qilish) uchun
bogʻdagi (daraxtlarning) barglarini zarga aylantirar (ya’ni xazon qilar) edi.
7. Bu va keyingi 5 baytda Navoiy qish faslining gʻoyat goʻzal tasvirini beradi. Baytlar mazmuni:
yel daraxtlar bargshsh sovurgach, sovuq suv simobini marmarga aylantirdi. Havo ham bulutdan
kulrang poʻstin kiydi, bulut ham havoga simob sochdi. Qahraton qishning zargaridek, tiniq suv
bolalariga kumush lavhalar tayyorlab berdi. Bulutdan tomgan har qatra suv sovuqning zoʻridan
olamga marvarid donalari boʻlib yogʻilar edi. Ariqning suv olinadigan joyi halqumday boʻlib,
sovuq uning ogʻzidan toʻkilgan soʻlakayini xanjarga aylantirdi. Osmon tundan koʻmir qilib,
kechqurunlari unga shafaqdan oʻt yoqib turardi.
7. Bu va keyingi baytning mazmuni: sovuq issiqlikning haroratini kamaytirdi, olovdan uchqun
uchirmay qoʻydi. Oʻtdan qolgan qiziq qoʻrning sinjobchalik (ya’ni silovsin, moʻyi oʻsiq,
olmaxon terisidan tikilgan poʻstin) ham issigʻi yoʻq, yonib turgan shu’la esa oltoyicha (ya’ni,
oltoy qizil tulkisining terisidan ishlangan poʻstin) ham iliqlik bermas edi.
8. Bu va keyingi baytlarda Navoiy Farhodning yana oʻsha kuydiruvchi dardli ohlar tortib, ano –
gʻam-alamlarga toʻla jonni oʻrtovchi nolalar qilgani, birov yigʻlasa u ham zor-zor yigʻlagani, el
ozoridan koʻngli ortigʻroq ozor topgani..., birov ishqdan hikoya boshlasa, u takror-takror
eshitishni istagani, hajrdan soʻz boshlansa, ikki koʻzidan qonli yoshlar oqqani haqida yozadi.
Xullas, Xoqon oʻgʻlini koʻngli uchun nimaiki qilgan boʻlsa, xato ekanini tushunadi va bundan
hayron qolib sarosimaga tushadi.
XVIII Bu bob sarlavhasida shoir Xoqonning podshohlik tojini Farhodga bermoqchi boʻlgani, uning esa
otasidan uzr soʻrab rad etgani bayon qilinadi.
1. Bu baytning mazmuni: bu mamlakat ustida shohlik nogʻorasini chalgan zot soʻz sipohiga
shunday tartib beradi. Bu yerda ushbu dostonni kuylayotgan shoir shunday hikoya qiladi,
demoqchi.
2. Bu va keyingi baytning mazmuni: Burgut va Kuykanak (Ilvasin – mayda parranda ovlaydigan
qushlarning bir turi)ni tutib, ovga solsalar uning ishini bunisi qila olarmidi. Agar arsa – shaxmat
taxtasi boʻm-boʻsh qolsa ham undagi shoh donasi oʻrnini baydaq – piyoda egallay olarmidi?! Bu
soʻzlarni Farhod Xoqonning toj taklifiga javoban aytadi.
3. Bu va keyingi 10 baytda Farhod uzrxohlik bilan: – men hali yoshman, vazifa esa ulugʻ. Shu
choqqacha barcha ishlardan gʻofil, yolgʻiz ayshu-ishrat bilan band edim. Endi shoh inoyat qilsa-
yu men biror kichik xizmatga jiddiyroq mashgʻul boʻlsam, uning rivoji va kasodini tushunib
yetsam, xatolarimni tuzatib turilsa, ma’lum tajriba orttirgach, har qanday hukm boʻlsa, bajonidil
bajarsam, – deydi.