Farhod va Shirin (I- qism) Alisher Navoiy


Farhod va Shirin (II- qism)



Yüklə 1,43 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə249/270
tarix05.04.2022
ölçüsü1,43 Mb.
#54728
1   ...   245   246   247   248   249   250   251   252   ...   270
Q-P5Z3jVp1RjnKfKxLaSChq1eRjDUex8

Farhod va Shirin (II- qism) 
Alisher Navoiy 
 
131 
library.ziyonet.uz/ 
 
inson bolasi koʻrmagan bir uyga yuzlanishi haqida yozib, gʻoyat goʻzal tashbih ishlatadi – 
uyning orasta, tozaligini ginasiz odamlarning koʻngliga oʻxshatadi. 
 
Keyingi baytlarda Navoiy uyda Farhodning yoqutdan ishlangan qandil koʻrganini, uning ichiga 
yashirilgan Sulaymon uzugini topganini va qandilga «kimgaki bu uzuk muyassar boʻlsa, unda 
yozilgan ismni oʻqiganida gʻoyibdan ovoz kelib Iskandar tilsimi sirlaridan xabardor etadi», – deb 
hikoya qiladi. 
 
5. Bu baytda Navoiy tashbih san’atini ishlatib qandil shu’lasini Mushtariyga, yorugʻini esa 
sham’i xovariy – sharq sham’i, ya’ni quyoshga oʻxshatadi. 
 
6. Bu va keyingi baytning mazmuni: osmon Rustami quyosh qilichini koʻtardi va zamon Oq 
devining boʻyniga soldi. Uni mushkul holga solib, halok etdi, devning ohi – faryodi esa jahonni 
qorongʻi qildi. Shoir bu baytda: xudo quyoshning nurlari bilan kunduzni tugatdi, gʻira-shira 
tushdi va hamma yoqni tunga choʻktirdi, degan oddiy fikrni istiora san’ati vositasida juda obrazli 
qilib bildiradi. 
XXIV 
Bu bob sarlavhasi Farhodniig Suqrot togʻi tilsimini ochishga otlangani, bir buloq boshida Xizr 
bilan uchrashgani va uning ta’limi natijasida dunyoni koʻrsatadigan jomni qoʻlga kiritgani haqida 
ma’lumot beradi. 
 
1. Bu va keyingi ikki baytning mazmuni: (Farhodning) qarshisida osmondek keng koʻkalamzor 
koʻrindi, uning oʻrtasida quyosh yangligʻ buloq obi hayot chiqarib turar, bu suvning har qatrasi 
jondek (yoqimli) edi. Qirgʻogʻida koʻk bilan teng bir daraxt bor edt. (Buloq) suvinn tiriklik suvi, 
(daraxtni) Xizr paygʻambar desa boʻlar edi. Shoir bu yerda Xizrning obi hayvon – tiriklik suvi 
topgani haqidagi rivoyatga ishora qiladi. 
 
2. Navoiy xalq kitoblari, sarguzasht adabiyot an’anasiga koʻra Xizr tilidan Farhodga tilsimni 
ochish uchun qayerga, qanday qilib necha ming qadam yoʻl bosish, yoʻlda nimalarni yengnb 
oʻtish lozimligini bayon etib kelib, bu baytdan boshlab temir jismli paykar – haykalni tasvirlaydi. 
Navoiy yozadi: u odamga juda ham oʻxshar, qoʻlida oʻtkir oʻq tortilgan temir yoyni ushlab turar 
edi. Boshidan oyoq sovutga oʻralgan bu temir odam ich-ichidan yonib turardi. 
 
Koʻrinadiki, qanchalik hayratlanarli boʻlmasin XV asr Navoiysi hozirgi davr tushunchasidagi 
robot tasvirini yaratgan. 
 
3. Bu va keyingi baytning mazmuni: eshik ochilgan zamoniyoq, sado oʻchdi (Farhod koʻrgan 
darvozasinn ochish uchun Xizr oʻrgatganidek belgilangan bir toshni qattiq tepganida baland sado 
chiqqan edi) haligi sovutli haykal yoyiga oʻq tortib chiqib kela boshladi. Buning ustiga yana 
yuzta sovut kiygan (haykallar) oʻq otmoqqa tayyor edi. 
 
4. Shid – xurshed, quyosh demakdir. 
 
5. Bu va keyingi toʻrt baytning mazmuni: (Farhod) eshik ochib-ichkariga qadam qoʻygan edi, 
uyning toqida porlab turgan bir jom koʻrindi. Yorqinlikda quyoshdek, balki Jamshid jomidek edi. 
U goʻyo jahon ichidagi quyoshdek porlab, jahonni oʻzida aks ettirib turgan koʻzgu edi. Unda sirli 
hayot va dunyoning holati ravshan koʻrinib turardi. Tashqari tomonida yerning markazi, ichida 
esa toʻqqiz falak aylanasi jilva etardi. 
 



Yüklə 1,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   245   246   247   248   249   250   251   252   ...   270




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin