Farhod va Shirin (I- qism) Alisher Navoiy


Farhod va Shirin (II- qism)



Yüklə 1,43 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə211/270
tarix05.04.2022
ölçüsü1,43 Mb.
#54728
1   ...   207   208   209   210   211   212   213   214   ...   270
Q-P5Z3jVp1RjnKfKxLaSChq1eRjDUex8

Farhod va Shirin (II- qism) 
Alisher Navoiy 
 
93 
library.ziyonet.uz/ 
 
Falak chun zohir etti boʻyla san’at,  
Qilib Sheruya birla borcha bay’at  
Tutub Xusravni mahbus ayladilar,  
Yuziga raxna madrus ayladilar.  
Chu ul boʻldi muqayyad qildilar jahd  
Ki, qilgʻaylar ani tufroqqa hammahd  
Ki, nogah uzmagay ul qush bu domin,  
Alargʻa zohir aylab intiqomin.  
Nayomidin chiqorgʻay tigʻi bebok,  
Alardin yer yuzini aylagay pok.  
Oʻgʻul qatl etgali ohang qildi,  
Ato qonigʻa tigʻin rang qildi
(1)
.  
Oʻgʻul qilmadi oning qasdi joni  
Ki, davron istadi Farhod qoni.  
Agar Farhodqa zulm etti Xusrav,  
Yevaz bot ayladi charxi sabukrav.  
Anga gar bu yeturdi tigʻi bedod,  
Munga davron keturdi tigʻi roʻlod.  
Toʻkub qon xalq bagʻri yorasidin,  
Ham oqti qoni bagʻri rorasidin.  
Agar qotil gado, gar komrondur  
Ki, shar’i ishq aro ham qongʻa-qondur.  
Falak cholok erur gar zulm chogʻi,  
Erur chobuk mukofotida dogʻi.  
Birovgʻakim, birovdin yetti ofot,  
Hamonokim qatigʻroqdur mukofot.  
Birovkim rishtaye uzdi jafodin,  
Yevaz tutmoq kerak koʻz ajdahodin.  
Kim etti kul bir uchqunni nihoni  
Ki, barqi qilmadi kul oxir onigʻ!  
Qasos amrida davron keldi cholok,  
Dema davronki, soyir toʻqquz aflok.  
Sitamdin bas ilikni chekmak avlo,  
Vafou mehr tuxmin ekmak avlo.  
Chu mazra’ ichra sochting har ne dona,  
Hamul dona, koʻtargung jovidona.  
Chu mahsulidin oʻlmas kimsa qochmoq,  
Keraktur yaxshiliq tuxmini sochmoq  
Ki, Xusrav zulm tigʻin urdi chun tez,  
Ham urdi zulm tigʻi charxi xunrez.  
Agar Sheruya dogʻi etti bedod,  
Anga dogʻi falakdin yetti bedod.  
Chu ul bu ishni qildi bemadoro,  
Xilofat koʻsin urdi oshkoro.  
Chiqib taxt uzra qoʻydi boshigʻa toj,  
Qoshida tojvarlar boʻldi muhtoj.  
Chekib Bonuni oʻtkan mojarogʻa.  
Sanam aqdida soʻz soldi arogʻa.  
Dedi Bonuki: «Mahvash notavondur,  
Mizojida takassurdin nishondur.  
Agar zotigʻa sihhat qilsa yori,  
Erur oʻz ilgida oʻz ixtiyori.  
Necha ul oydin ayru kishim yoʻq,  



Yüklə 1,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   207   208   209   210   211   212   213   214   ...   270




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin