Demak oʻz aybini xud, ayb ekandur.
Bu dam hamkim yetubtur hukmi shohiy,
Erurmen ulcha mumkindur mubohi.
Agar shah koʻnglida yoʻqtur kudurat,
Qilurbiz xizmatin jondin zarurat.
Vale voqe’ boʻlubtur bir ajab ish
Ki, andindur manga ranju taab ish
Ki, bu muddatki darbandonliq erdi,
Falakdin bizga sargardonliq erdi.
Haroratdin havo erdi shararrez,
Yubusatdin yel erdi otashangez.
Xaloyiq kasratigʻa yoʻq taayyun,
Tushub qoʻrgʻon aro andin taaffun.
Latofat joʻyborining tazarvi,
Malohat gulshanining zod sarvi.
Jamol ayvonida mohi dilorom
Ki, boʻlsun shahgʻa oning vaslidin kom.
Boʻlub ozurda ul noxush havodin,
Nishoti bulbuli qolmish navodin.
Haroratdin tushubtur bistar uzra,
Nechukkim axgare xokistar uzra.
Qavidur ul sifat ranju maloli
Ki, bordur har zamon bir oʻzga holi.
Magar shah lutfi-oʻq yovarliq etgay,
Mening jurmumgʻa uzrovarliq etgay.
Yiborgay lutf birla nomai afv,
Xato xattigʻa surgʻay xomai afv
Ki, el ozod oʻlub mahbusliqdin,
Qutulgʻay qal’a ham madrusliqdin».
Ufunatdin qutulsa sarvi gulrux,
Boʻlub xurram havodin shodu farrux.
Atibbo necha kun aylab taraddud,
Kam oʻlsa dardu ranjidin tashaddud.
Shah ar koʻrsa, aziz oʻlgʻay azizi,
Vagar xud qilsa xor oʻlgʻay kanizi.
Eshitganlar bu harfi jonfizoni,
Borib Xusravdin olib mujdagoni.
Nishotu aysh fartidin deolmay,
Eshitgach Xusrav oʻz holida qolmay.
Bashorat fartidin aylab ishorat
Ki, cholgʻaylar ravon koʻsi bashorat.
Tarabdin hoʻyu gʻavgʻo boʻldi har yon,
Qiyomat oshkoro boʻldi har yon.
Yarash birla solib ovozalarni,
Ochib, rust aylagan darvozalarni.
Qabolgʻon el kezib har yon havasdin,
Tamom andoqki qush chiqqay qafasdin.
Tuzub oncha nishot asbobi Rarvez
Ki, hayrat aylabon charxi sabukxez.
Yasab bir mahdi oliy xusravona,
Qilib arkoni davlatni ravona
Ki, Bonu mahd ichinda maskan etgay,
Aning oliy bisotin ravshan etgay.