Farhod va Shirin (I- qism) Alisher Navoiy


Farhod va Shirin (I- qism)



Yüklə 1,43 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə41/270
tarix05.04.2022
ölçüsü1,43 Mb.
#54728
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   270
Q-P5Z3jVp1RjnKfKxLaSChq1eRjDUex8

Farhod va Shirin (I- qism) 
Alisher Navoiy 
 
41 
library.ziyonet.uz/ 
 
Richoq yetkach boʻlur andoqki arra.  
Ne suv birla beribsan teshanga zeb  
Ki, tormas xora yoʻnmoq birla oseb.  
Hamul xomangki aylar xora tanqir,  
Aning kayfiyatin ham ayla taqrir».  
Yer oʻrti kordoni naqshrardoz,  
Soʻzin qildi duo birla sarogʻoz  
Ki: «To boʻlgʻay havodis Koʻhi-Qofi
(6)
  
Chaqilgʻay ildirim xoro shikofi.  
Havodis toshidin osuda boshing,  
Ushotsun dardu gʻam boshini toshing.  
Qatiq xasming nasibi xora boʻlsun,  
Mashaqqat togʻida ovora boʻlsun.  
Chu soʻrdung avval otim shuhratini  
Va soʻngra san’atim kayfiyatini.  
Otim Qoran, ishim xud oshkoro,  
Qoʻlumda teshau ollimda xoro.  
Bukim soʻrdungki metin birla tesha,  
Nechuk sinmay yoʻnar xoro hamesha?
(7)
  
Aning suv bermagida holati bor  
Ki, andin aylamasbiz elga ixbor.  
Su bersa oʻyla afzorigʻa ustod,  
Yuz il xoro demaykim, yoʻnsa roʻlod,  
Sinardin teshavar osuda boʻlgʻay,  
Tugangay baski ishdin suda boʻlgʻay.  
Xito ahli bu san’at aylabon soz,  
Boʻlub olam elidin ishta mumtoz.  
Bu el ham ulcha men bilganni bilmay,  
Dalilim buki: men qilganni qilmay».  
Chu dono surdi mundoq nuktai pok,  
Boʻlub shahzoda bilmakka havasnok  
Dedi: «Ollimda boʻl shugʻlunggʻa mashgʻul,  
Ki, bu san’at erur koʻnglumda maqbul.  
Gahe yoʻngʻil, gahe naqsh ayla xora,  
Men aylay oʻlturub bir-bir nazora».  
Hunarvar yetkurub gardungʻa boshin,  
Muhayyo aylabon afzoru toshin.  
Koʻrub shahzoda koʻnglin shugʻligʻa band,  
Boʻlub xorotaroshu naqshrayvand.  
Qayu bir teshakim xorogʻa solib,  
Bu tahsin aylabu hayratqa qolib.  
Bu erdi shugʻli to ul lahzakim mehr –  
Yashurdi burqai xoro aro chehr.  
Qurub ul xoradin shahzoda nokom,  
Tutub xorosumi ustida orom.  
Savodi shahr sori xoraraymoy,  
Nechukkim togʻ aro mehri falaksoy.  
Ketur, soqiy, manga bir jomi rangin  
Ki, tushmish gʻam toshi koʻnglumgʻa sangin  
Ki, ul sel anda gʻam xorin sururgay,  
Demay gʻam xorikim, xoroni surgay. 



Yüklə 1,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   270




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin