Boʻlub har havzning toshi zabarjad,
Ushoq tosh oʻrnigʻa sochib zumurrad.
Falak yangligʻ yashil qasrida toshi,
Yashil toshi kabi toqida koshi.
Aningdekkim yashil koshiyu xora,
Yashil chini bila farshu izora.
Demay har sarv, balkim har giyohi,
Boʻlub ishratqa anda Xizri rohi.
Yana bir ravzagʻa rangi xazoniy,
Tana’um kulgusiga za’faroniy.
Muzahhab toqi bazmoroyi oning,
Mutallo farshi gardunsoyi oning.
Hunar kilki bila aylab hunarkor,
Ichin zarkoru toshin dogʻi zarkor.
Ichining surati ruhi musavvar,
Tashining shamsasi mehri munavvar.
Boʻlub havzining oltun farshu xishti,
Nechukkim xisht ila farshi bihishti.
Mayi asfar bu havz
(5)
ichra ravona,
Suv ichra mehr aksidin nishona.
Nechukkim havzdin oqib sorigʻ mul,
Xazoniy bargdin yogʻib sorigʻ gul.
Sanamlar jilvagar mehri samovash,
Ayogʻdin-bosh libosi kahrabovash.
Bori ma’shuqu oshubi zamona,
Toʻni rangi borining oshiqona.
Yana bir ravza rangi sarbasar nur,
Bayoz ichra kirib, andoqki kofur.
Boʻlub qasrining ichu toshi marmar,
Ne marmar, yashmi kofuriy sarosar.
Safodin havzi siymi nob yangligʻ,
Tala’ludin suyi simob yangligʻ.
Boʻlub gachkorligʻ siymin ravoqi,
Nechukkim qosh ichinda koʻzning oqi.
Bari oq hulladin oyini oning,
Bari farshi boʻlub oq chini oning.
Yorub har ev xitoyi siymtandin,
Tan uzra hullasi bargi sumandin.
Sadafgun havz aro har yon oqib suv,
Bu suvdin sekregan har qatra inju.
Bu yangligʻ toʻrt suratxonai Chin,
Ichinda toʻrt qasri ravza oyin.
Qayu bir qasr har ayvon sirehre,
Ne suratxonakim, har shamsa mehre.
Tugandi zeb aro Bogʻi Eramdek,
Qayu Bogʻi Eram, Baytulharamdek
(6)
.
Chu Mulkoro shuruu ehtimomi,
Muhayyo qildi ul ishni tamomi.
Kelib Xoqon qoshida qildi taqrir,
Munungdek toʻrt mushkil ishni bir-bir
Dedi chun borchaning kayfiyatin jazm,
Tamoshosigʻa Xoqon ayladi azm.