Farhod va Shirin (I- qism)
Alisher Navoiy
45
library.ziyonet.uz/
Surub soʻl yonidin farxunda dastur,
Savodi mulk royi birla rurnur.
Yurub oʻng yonidin shahzoda Farhod,
Boʻlub shah shod, bal shahzoda ham shod.
Guzar aylab burungʻi ravza sori,
Shahu shahzodau dastur bori.
Tushub chun qildilar azmi tamosho,
Desang firdavs oʻlur ul nav’ hosho.
Koʻrub bogʻida yuz turluk ajoyib,
Topib qasrida ming oncha gʻaroyib.
Ikinchi xud jinondin bul-ajabroq,
Uchunchi qasr ondin bul-ajabroq.
Boʻlub toʻrtunchida baskim latofat,
Bu uchdin dogʻi ortuqroq gʻarobat.
Bu andin yoʻqki, ul mundin kelib xoʻb,
Biri-birdin kelib matbuu margʻub.
Boʻlub darkida ojiz aqlu jon ham,
Muqir ajzigʻa fahmi xurdadon ham.
Muni har kim Koʻrub ra’nou cholok,
Ani koʻrgach ketib bu yodidin pok.
Anga har kim qilib fikru taammul,
Muni koʻrgach unutub oni bilkull.
Berib ustodlargʻa oncha in’om.
Ne oncha yuz tama’ qilgʻoncha in’om.
Biyikroq chekti Mulkoro maqomin,
Burungʻicha yuz aylab ehtiromin.
Tutub shahzodagʻa borin musallam,
Hamul huru qusuru ravzani ham.
Solib jashnu tarab tarhini bir yil
Ki, sharhidin aning ojiz boʻlub til.
Dedi dasturi Mulkorogʻakim: «Bot
Ki, ta’xir ichra keldi biymi ofot.
Tuzat har yerda onglab fasl chogʻin,
Uch oyliq ayshu ishratning yarogʻin.
Hamul uch oyki faslining havosi
Qilur ul qasr lavni iqtizosi».
Eshitgach hukm dasturi xiradmand,
Buyurgʻon ishga boʻldi sa’yrayvand.
Ochib har sori maxzanlargʻa abvob,
Tuzotti aysh uchun bir yilliq asbob
Ki, boʻlgʻay har uch oy bir ravzada toʻy
Ki, oʻlgay har kuni yuz otu ming qoʻy.
Munga loyiq bari ma’kulu mashrub
Ki, ham koʻrdin-koʻru ham xoʻbdin-xoʻb.
Sochiq birla navou sozi oning,
Xitoyi jins royandozi oning.
Adadsiz mevai ishratfizoyi,
Nihoyatsiz yana xoni xitoyi.
Ketur, soqiy, sharobi chini oyin
Ki, jonim qasdi etmish bir buti Chin.
Chu qildi Chin shahi may bazmigʻa azm.
Yasoli biz dogʻi may azmigʻa bazm.
|