Farhod va Shirin (I- qism) Alisher Navoiy


Farhod va Shirin (I- qism)



Yüklə 1,43 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə68/270
tarix05.04.2022
ölçüsü1,43 Mb.
#54728
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   270
Q-P5Z3jVp1RjnKfKxLaSChq1eRjDUex8

Farhod va Shirin (I- qism) 
Alisher Navoiy 
 
68 
library.ziyonet.uz/ 
 
Qoʻlidin kirgusi ilgingga xotam.  
Tilism ochmoq maqolotin tamomi  
Kim, alhaq ul hadisidur kiromi
(8)
.  
Erur bir lavh siym uzra yozigʻliq,  
Toparsen dev boʻynida osigʻliq.  
Koʻrarsen chun tilism ochmoqqa ta’yid,  
Tilism ichra Toparsen jomi Jamshid.  
Raqamlar davrini aylab munaqqash,  
Anga Iskandari Rumiy raqamkash.  
Chu ul arqom gʻavrigʻa yetarsen,  
Oʻqub Suqrot holin fahm etarsen.  
Aning koʻrganda koʻzgudek jamolin,  
Sanga onglatqusidur koʻzgu holin.  
Chu koʻzgu sirrini onglab yugurgung,  
Koʻrub koʻzguni koʻrgung, har ne koʻrgung.  
Emas ruxsat lisoni nuktarardoz,  
Ochorgʻa mundin ortuq rardai roz».  
Dediyu zarfni torshurdi filhol  
Va qoʻrqil, ishta emdi qilma ehmol.  
Manozildin berib bir-bir nishona,  
Dedikim: «Yemdi bot boʻlgʻil ravona.  
Umidim ulki, bot oʻlgʻay kushoding  
Ki, men yakbora qildim xayrboding».  
Anga qilgʻoch bu nav’ ishlarni ta’lim,  
Ravoni jonni qildi Haqqa taslim
(9)
.  
Alar yub ashk suyidin tanini,  
Hamul maskanda aylab madfanini.  
Turub anda guruhi ahli hikmat,  
Ravon boʻldilar ikki ahli davlat.  
Biyobon qat’ etib manzil-bamanzil,  
Anga tegruki aytib erdi komil.  
Chu ul manzilgʻa yoʻl iqbol berdi  
Ki, ondin nari manzil ajdar erdi.  
Tinib aqshomgʻacha farsudaliqdin,  
Tamattu’ tortilar osudaliqdin.  
Chu dud etti ayon tun ajdahosi,  
Yoshundi dud aro olam fazosi.  
Quyosh ganji boʻlub tufroqqa maxfi,  
Qarordi bu buyuk vayrona saqfi.  
Yorutub aysh durri shabcharogʻin,  
Ravona qildilar ishrat ayogʻin.  
Kel, ey soqiy qilib ichmak azimat,  
Tiriklik shomini bilgil gʻanimat.  
May ich bir dam, tuzub ishrat asosi,  
Chekardin burna dam umr ajdahosi. 
XXII 
Farhodning ajdahovash koʻhraykariga minib ajdahokushlik tigʻin chekib, ajdaho vodiysigʻa 
kirib, ajdaho uni oʻq yilonidin damor chiqargʻondek ajdahoni oʻq yiloni bila toru mor qilmogʻi, 
dogʻi ajdaho gʻorgʻa yuzlangandek ajdaho gʻorigʻa yuzlanib, Afridun ganjini tormogʻi va dogʻi 



Yüklə 1,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   270




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin