Anga bogʻlab sinon yangligʻ xadangi
(2)
.
Aningdek ochti ajdar ogʻzigʻa shast
Ki, dedi gurdi anjumboʻs: «Bardast!»
Chu ajdar xam-baxam erdi ravona,
Oʻqigʻa har xam oʻldi bir nishona.
Agarchi ajdaho bor erdi darron,
Vale ul oʻq yiloni oʻtti rarron.
TEshib behad tani osudasini,
Kabob etkan kibi qoʻy roʻdasini.
Kabob oʻtin yoqib, boʻlmoq uchun toʻq,
Ul oʻt ichra kabob aylab oʻzin-oʻq.
Anga chunkim bu yangligʻ keldi tuz zaxm,
Dema tuz zaxmni bir, balki yuz zaxm.
Boʻlub zoyil taarruz ehtimoli,
Oyogʻi sustayib, sa’b oʻldi holi.
Dilovar sekritib markab, chekib tigʻ,
Qilib bir hamla tund ul nav’kim migʻ.
Anga tigʻ urmogʻidin tormayin farq,
Sirehr andinki togʻ uzra tushar barq.
Chu mundoq barqi tigʻin zohir aylab,
Ishin bir tigʻ ila-oʻq oxir aylab.
Fano gʻorigʻa chun oni kiyurdi,
Aning gʻorigʻa ajdarvashni surdi.
Yetishgach gʻor ichiga bemahobat,
Koʻziga uchradi mundoq kitobat.
Musayqal taxta tosh uzra qozilgʻon,
Nihoni ganj ahvoli yozilgʻon
Ki: «Yey ulkim solib ofoq aro shoʻr,
Berib Tengri sanga tavfiq ila zoʻr.
Chu oʻlturgung durur bu ajdahoni,
Aning gʻorida ganjidur nihoni.
Aning chun rishtai umrini uzdung,
Erur bu ganji maxfiy dastmuzdung.
Erur bu gʻor gardundek mudavvar,
Chu markaz nuqtasin torting muqarrar
(3)
.
Koʻmukluk yerga toshidur shabahgun
Ki, bor vazn ichra ming botmondin afzun.
Qilich noʻgi bila davrini yorgʻil,
Solib sarranja oʻrnidin qoʻngʻorgʻil.
Chu qilding raf’ ul tosh zahmatini,
Kirib koʻr, Haq taolo qudratini».
Oʻqub shahzoda ul farxunda tahrir,
Bitilganni bajo kelturdi bir-bir.
Qilib bori yozilgʻonni rioyat,
Topib ganji oningdek benihoyat
Ki, gardun xozini darkida ojiz,
Koʻzi koʻrmay mingidin birni hargiz.
Necha ming xum nihon qilgʻon Faridun,
Vale har bir nechukkim xumi gardun.
Boʻlub oltun-kumush ba’zida zohir,
Vale ba’zida qiymatligʻ javohir.
Toʻrida ganjning bir oli ayvon